О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/36
Sana22.07.2021
Hajmi1,35 Mb.
#126034
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
maxsus maktabda sinf rahbarining ish tizimi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


103 
 
Umumiy xulosa 
Shunday  qilib,  olib  borilgan  ilmiy  tadqiqotlar  natijalaridan  quyidagi 
xulosalarga kelindi. 
Maxsus  maktabda  sinf  rahbarining  korreksion  tarbiyaviy  ish  faoliyati 
murakkab va kо‘p qirralidir. Yuqorida kо‘rsatib о‘tilganidek, maxsus maktabda 
korreksion ish faoliyati keng doiradagi vazifalarni qamrab oladi hamda xilma-xil 
shakl va metodlar yordamida amalga oshiriladi. 
Maxsus  maktabda  sinf  rahbari  о‘quvchilar  jamoasi  bilan,  о‘z  sinfida  ish 
olib  boradigan  о‘qituvchilari  bilan,  shifokor-psixonevrolog  mutaxassis,  ota-
onalar va jamoatchilik hamkorlikda ish olib boradi. Bu ishlarning samaradorligi 
va  muvaffaqiyati  kо‘p  jihatdan  maxsus  maktab  о‘quvchilari  maxsus 
psixologiyasini 
tizimli 
tarzda 
о‘rganib  borishi,  g‘oyaviy  yetukligi, 
defektologiyaga  oid  yangi  bilimlar  bilan  doimiy  qurollanib,  о‘z  ustida  tinmay 
ishlashi, siyosiy faolligi va pedagogik mahoratiga bog‘liqdir. Maxsus maktabda 
yaxshi  sinf  rahbari  bо‘lish  murakkab  ishdir.  Ammo  о‘z  ustida  tinimsiz,  tizimli 
va  uzluksiz  ish  olib  boradigan,  va  defektolog  kasbiga,  topshirilgan  ishga 
vijdonan,  aqli  zaif  bolalarga  mehr-muhabbat  bilan  munosabatda  bо‘ladigan, 
yuksak ma’naviy xislati bо‘lgan har bir maxsus maktab defektolog-о‘qituvchisi 
yaxshi  sinf  rahbari  bо‘la  oladi.  Sinf  rahbarining  mehnatdagi,  turmushdagi, 
kundalik  xulq-atvorda  shaxsan  о‘z  namunasini  kо‘rsatishi,  uning  shaxsiy 
e’tiqodi  maxsus  maktabda  о‘sib  kelayotgan  aqli  zaif  bolalarga  korreksion 
tarbiya berishning eng muhim omillaridandir. Maxsus maktabda yuqori sinflarda 
sinf  rahbarining  korreksion  tarbiyaviy  ishni  maqsadli  va  yaxshi  tashkil  qila 
bilishi, balog‘at yoshiga о‘tish davridagi bolalarga, о‘smirlarga, о‘g‘il bolalar va 
qiz  bolalarga  individual,  mohirlik  va  ixlos  bilan  differensial  psixologik 
yondoshish mahorati ham juda katta ahamiyat kasb etadi. Maxsus maktabda sinf 
rahbari  aqli  zaif  bо‘lgan  о‘z  о‘quvchilariga  qanchalik  yaqinlashsa,  ularning 
о‘qituvchi  bilan  kontaktga  kirishi  tezroq  va  osonroq,  sinf  rahbarining  sinfda 
korreksion  tarbiyaviy  ish  olib  borishi,  tarbiyasi  og‘ir  bolalar  bilan  ish  olib 
borishi  shunchalik  muvaffaqiyatli  bо‘ladi.  U  о‘z  tarbiyalanuvchilari  hayotiga, 


104 
 
bilim olishiga, salomatligiga, oilasiga qanchalik yuksak g‘amhо‘rlik bilan singib 
borsa, ular bilan munosabatda qanchalik oddiy hamda samimiy bо‘lsa, avtoritar 
yondoshudan  qochsa,  unga  о‘quvchilar  shunchalik  yuksak  ishonch  bilan 
yondoshadilar,  ular  shunchalik  bu  sinf  rahbariga  mehr  qо‘yadilar,  bog‘lanib 
qoladilar,  о‘zlariga  yaqin  oladilar.  Ular  maxsus  maktabni  bitirib  ketgach  ham 
о‘z  sinf  rahbarlarini  uzoq  vaqt  hotirlab,  eslaridan  chiqarmaydilar.  Maxsus 
maktabda  о‘tkazilgan  bayram  tadbirlari,  qiziqarli  mehnat  ishlari,  ekskursiya  va 
sayohatlar,  quvnoq  yangi  yil,  qizg‘in  turli  qiziqarli  uchrashuvlar,  sinf 
rahbarining qiziqarli о‘tkazgan suhbatlari, о‘quvchining «sirdosh»ga zor bо‘lgan 
vaqtidagi dо‘stona qо‘llab-quvvatlashi esdan chiqmaydi. 
Maxsus  maktabda  sinf  rahbari  о‘z  sinfidagi  о‘quvchilarning  eng  yaqin 
murabbiylaridir.  Ularning  vazifasi  о‘z  sinfi  о‘quvchilar  hayotini  yо‘lga 
qо‘yishdan,  ijtimoiy  hayotga  tayyorlashdan,  ularni  aqliy  faoliyatlarini 
korreksion  rivojlantirishdan,  ularning  kamol  topib  borishlarini  boshqarishdan 
iboratdir.  Sinf  rahbari  bu  yuksak  ishonchni  oqlashi  uchun,  u  kо‘p  narsalarni 
bilmog‘i,  pedagogik  nazariya  va  tarbiya  berish  mahorati  egalamog‘i,  tarbiya 
metodlarini  ijodiy  takomillashtirib  barmog‘i  zarur.  Faqat  shundagina  u  о‘z 
yо‘lida  uchraydigan  qiyinchiliklarni  yengib  о‘tib,  yangi  kishi,  mustaqil 
davlatimizning  mustaqiligi,  ravnaqi  yо‘lida  hamda  jamiyatimizning  faol 
quruvchisini  tarbiyalab  yetishtirishdagi  sharafli  hamda  ma’suliyatli,  murakkab, 
ammo savobli vazifasini muvaffaqiyatli ado etishi mumkin. 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish