О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 Maxsus maktabda sinf rahbarining korreksion ish tizimi bо‘yicha



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/36
Sana22.07.2021
Hajmi1,35 Mb.
#126034
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
maxsus maktabda sinf rahbarining ish tizimi

3. Maxsus maktabda sinf rahbarining korreksion ish tizimi bо‘yicha 
pedagogik tavsiyalar 
Sinf  rahbari  о‘quv-tarbiyaviy  jarayonning  tashkilotchisi  pedagogik 
mahoratning yuksak namunalarini о‘rnak qilib kо‘rsatuvchi ustoz demakdir. 
Shunday  ekan,  sinf  rahbarining  muhim  fazilatlaridan  biri  uning  yaxshi 
о‘qituvchi  bо‘lishidadir.  О‘z  ishida  asosiy  narsani  kо‘ra  bilishi  mahorati  har 
qanday rahbar uchun muhimdir. Biroq sinf rahbariga bunday qobiliyat va fazilat 
g‘oyat  yuksak  darajada  xos  bо‘lishi  zarur.  Chunki  uning  mas’uliyatli  lavozimi 
о‘zida  bir  emas,  balki  kо‘plab  ixtisosni  birlashtiradi.  Sinf  rahbari,  dars  olib 
borishi, о‘quv-tarbiya va xо‘jalik ishlarini yurituvchi, talabchan bо‘lishi hamda 
о‘quvchilarning dilkash murabbiysi bо‘lishi kerak. Bunday kо‘p qirrali fazilatni 
tarbiyalashga  hech  qanday  oliy  о‘quv  yurti  qodir  emas.  Rahbarlik  iste’dod  va 
fazilati  hayotning  о‘zida,  maktabdagi  ish  amaliyotida  shakllanib  kishidan  keng 
kо‘lamdagi  bilim  va  tajribani,  muallimlikka  xos  fidokorlikni,  tanlangan  ishga 
cheksiz sodiqlikni talab qiladi.  
Sinf  rahbari  dadil,  tashabbuskor,  bilimdon,  madaniyatli,  halol  va  vadasiga 
vafodor  bо‘lishi  kerak.  Bunday  oqil  rahbar  har  qanday  vaziyat  va  sharoitga 
tо‘g‘ri yondosha oladi, voqealarga va turmush hodisalariga dadil, odil baho bera 
oladi, haqiqiy talab va adolatli ish uslubini vijudga keltira oladi, mehribon inson 
sifatida katta mavqega ega bо‘la oladi. 
Obrо‘-e’tibor xodim xarakterining ichki belgilariga bog‘liq bо‘ladi. Tashqi 
vaziyatlar uning  rivojlanishiga  kо‘maklashishi va  uni  rag‘batlantirishi  mumkin. 
Agar  rahbarning  amaliy  va  siyosiy  xususiyatlari  о‘zi  egallab  turgan  lavozimga 
mos  kelmasa,  u  oqibat  natijada  о‘ziga  topshirilgan  ish  sohasini  uzoq  vaqt, 
malakali  va  samarali  idora  qila  olmaydi.  Har  bir  kishi  о‘z  obrо‘-e’tiborini  о‘z 
mehnati bilan yaratadi. 
Sinf  rahbari  esa  о‘z  obrо‘-e’tiborining  birinchi  va  asosiy  ijodkoridir.  Sinf 
rahbari  mavqeini  uning  egallab  turgan  lavozimi  va  boshliqlarning  qо‘llab-
quvvatlashi  emas,  balki  uning  о‘z  ishiga  munosabati,  bо‘ysinuvchilar  va 


97 
 
mehnatkashlarning  unga  munosabati  belgilaydi.  Obrо‘-e’tiborli  rahbar  sinfning 
g‘oyat hurmatli rahbari, jon-tani va aql idroki, ustozi va murabbiysidir. 
Jamiyatdagi  boshqaruv  tizimni  ma’lum  boshqarish  vazifalari  asosida 
tashkil  qilish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shunga  kо‘ra  uni  alohida  kо‘rsatib 
о‘tish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 
- О‘quv jarayonini optimal tashkil qilish vazifasini bajaradi; 
- Mustaqil  davlatimizga  munosib  о‘quvchilar  tayyorlashda  asosiy 
javobgarlardan biri va undagi о‘z о‘rnini aniqlab olish; 
- О‘z  faoliyati  rejalarini  aniq,  о‘z  vaqtida  va  izchillik  bilan  bajarishga 
erishish; 
- Vazifani  о‘ta  mas’uliyatli  bо‘lishini  sezish  bilan  birga  unga  mos  ilmli 
madaniyatli,  oqil,  adolatli,  tadbirkor,  tashabbuskor  bо‘lishga  doimo  harakatda 
bо‘lish; 
- О‘z ishini bilish, mas’uliyatni va javobgarlikni his qilish lozim; 
- Yoshlarni  milliy-ma’naviy  qadriyatlar  asosida  tarbiyalashga  muntazam 
ravishda e’tibor berish; 
- О‘zi  ishlayotgan  sinf  va  maktab  nufuzini  oshirishga  doimo  e’tiborda 
bо‘lish; 
- «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»ning  ikkinchi  bosqichini  amalga 
oshirishda faol ishtirokchi bо‘lish; 
- Sinf  rahbari  о‘quvchilar  bilan  ishlashda  о‘ta  sinchkov,  uddaburon 
bо‘lmog‘i  va  tadbirkorlik  bilan  ish  yuritmog‘i  lozim  va  u  har  bir  vazifani 
bajarishda  о‘qituvchilar  bilan  muloqotda  bо‘lishi  hamda  ulardan  kelib 
chiqadigan munosabat natijalarga farq bо‘lmasligi kerak; 
- Sinf  rahbari  ota-onalar  bilan  muntazam  ravishda  aloqada  bо‘lib  turishi 
lozim  va  bu  orqali  har  bir  о‘quvchining  hulq-atvorini  о‘rganish,  uning  uyidagi 
va maktabdagi faoliyatini bilishi, hamda о‘quvchining о‘qish va hulq-atvoridan 
ota-onani xabardor qilish, ya’ni ikki tomonlama tarbiyaning bir maqsadga-yetuk 
mutahassis va barkamol shaxs bо‘lib yetishishga doimo e’tibor berish kerak va 
shu kabilar; 


98 
 
- О‘quv jarayoniga mas’ul; 
- О‘quv  jarayonining  samarali  bо‘lishini  о‘z  zimmasida  ekanligini  doimo 
his etish; 
- Jamiyat  taraqqiyotiga  mos  mas’uliyat  negizida  javobgarlik  doirasi 
kengayib borishini doimo his qilish; 
- Sinf  rahbari  tashabbuskor  bо‘lishi  kerak  va  u  ish  yuritishda  fidoiy 
bо‘lmog‘i lozim; 
- Ilmga  intiluvchi  yoshlarga  rahbar  va  ularni  mazkur  yо‘nalish  bо‘yicha 
yetaklovchi ekanligini doimo his qilish; 
- Sinf  rahbari  о‘quvchi:  yosh  yigit  va  qizni  о‘z  farzandi,  о‘sib  kelayotgan 
avlod,  g‘uborsiz,  sofdil,  yangilikka  intiluvchan  qalb  egasi  va  nihoyat  ota-ona, 
murabbiylar  kо‘rsatgan  yо‘lidan  borishga  astoydil  bel  bog‘langan  farzand 
ekanligini doimo esda tutish kerak; 
- О‘quvchilarning  о‘z-о‘zini  boshg‘arishga  sharoit  yaratish  va  bunda  faol 
о‘quvchilardan foydalanish; 
- О‘quvchilarni kasbga tayyorlashda о‘sha sohaning mashhur kishilari bilan 
uchrashuvlar о‘tkazish hamda sinf rahbarining asosiy burchlaridan biriga kiradi.  
Tarbiyada 
rag‘batlantirish 
va 
jazolash 
о‘qituvchi 
bolalarni 
rag‘batlantirishda bu usulning psixologik asoslarini bilishi shart. Rag‘bat sifatida 
keng tarqalgan narsa pedagogik talab ekandir. 
  Pedagogik  ta’lim  eng  muhim  usul  bо‘lib  hisoblanadi.  Talab  bu 
tarbiyalanuvchining  turli  vazifalarni  bajarish;  ijtimoiy-hulq  atvor  mezonlarini 
ifodalashi; u yoki bu faoliyatini bajarilishi zarur bо‘lgan aniq bir vazifa sifatida 
namoyon  bо‘lish;  turli  kо‘rsatma  sifatida  namoyon  bо‘lishi;  u  yoki  bu 
harakterda  rag‘batlantiruvchi  yoki  uni  tо‘xtaluvchi  bо‘lishi;  oqilona 
harakterlarga undovchi bо‘lishi mumkin. 
Biz  maxsus  maktabda  sinf  rahbarining  aqli  zaif  о‘quvchilariga  nisbatan 
e’tibori, 
g‘amxо‘rligi, 
mehr-muruvati, 
ma’suliyati, 
sabr-qanoatliligi, 
bolajonliligi,  pedagogik  savodxonligi  о‘z  burchini  ongli  anglaganligi,  о‘z 
kasbini  moxir  ustasi  ekanlini  kabi  sifatlarining  taraqqiy  etganligini  yuqori 


99 
 
baholadik. 
Tajriba-sinov  natijalari  asosida  quydagi  pedagogik  tavsiyalar  ishlab 
chiqildi: 
 1.  Sinf  rahbarining  ishini  tashkil  etish  metodikasiga  doir  nazariy 
masalalarni о‘rganish, shunga taaluqli adabiyotlarni о‘qish va muxokama etish. 
2.  Sinf  rahbarini  ishini  tashkil  etish  bо‘yicha  metodik  tavsiyalar,  
ma’ruzalar,  esdaliklar,  tо‘garak  ishlari,  tadbirlar  rejasini  tayyorlash  va  ishlab 
chiqish lozim. 
3.  О‘quvchilarning  tarbiyalanganlik  darajasini  о‘rganish,  tahlil  qilish, 
sinfdagi  tarbiyaning  monitoringi  haqida  ma’lumot  tо‘plash,  aqli  zaif 
о‘quvchilarni  ishtimoiy  moslashuvini  ta’minlash  va  tarbiyalash  maqsadida 
tavsiyalar ishlab chiqish. 
4.  О‘quvchilarning  psixologiyasini  о‘rganish  bо‘yicha  tavsiyalar  ishlab 
chiqish. 
5.  Sinf  rahbarlariga  о‘quvchilar  bilan  birga  olib  boriladigan  tarbiyaviy 
ishlarni takomillashtirish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. 
6. Har bir sinf о‘quvchilarining yosh va о‘ziga hos xususiyatlarini hisobga 
olgan  xolda  tarbiyaviy  ishlarning  mazmunini  aniqlashda  sinf  rahbarlariga 
yordamlashish. 
7.  Sinf  rahbarlariga  tarbiyaviy  tadbirlarning  ishlanmasi,  reja  konspektni 
tuzishni о‘rganish. 
8.  Maktabdagi  tarbiyaviy  tadbirlarni  pedagogik  tahlil  qilishga  quyilgan 
yagona talabni ishlab chiqish.  
9. Har bir о‘quvchiga berilgan jamoat topshirig‘ining mazmunini va unga 
qо‘yilgan talabni ishlab chiqish va bunga sinf rahbarlarini tayyorlash. 
10.  Ota-onalar  bilan  muntazam  ravishda  ishlash  va  ish  turlarini 
takomillashtirish lozim. 
11.  Namunaviy  tarbiyaviy  tadbirlar  rejasini  ishlab  chiqish,  samaradorli 
qо‘llash.  


100 
 
12.  Sinf  rahbarligi  bо‘yicha  ilg‘or  pedagogik  tajribalarni  aniqlash, 
о‘rganish,  umumlashtirish  hamda  shu  ish  tajriba  asosida  ishlarni  tashkil  etish 
bо‘yicha tavsiya ishlab chiqish. 
13.  Sinf  rahbarligi  bо‘yicha  о‘z  ustida  ijodiy  ishlash  metodikasi  bilan 
tanishtirish, mustaqil bilim olishga о‘rgatish. 
14.  Sinf  rahbarligining  hisobotini  eshitish,  hamda  hisobotga  baho  berib, 
sinflar о‘rtasida musobaqa natijasini eshittirish. 
15. Yosh sinf rahbarlariga metodik yordam, konsultatsiya berish ular uchun 
о‘qituvchilar bilan ishlash bо‘yicha esdaliklar ishlab chiqish. 
16. Yakka tartibdagi murabbiylikni tashkil etish. 
17.  Tarbiyaga  alohida  yondoshish  ya’ni  о‘quvchilar  dunyokarashini 
ma’naviy,  ma’rifiy,  ahloqiy,  huquqiy  shakllantirish,  komil  inson  qilib 
tarbiyalash  masalalariga  alohida  yondoshish  muammolarini  yechish  yо‘llarini 
ishlab chiqish. 
18.  Barcha  fan  о‘qituvchilari  uchun  sinfdan  tashqari  tadbirlarni  tashkil 
etish, о‘tkazish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va x.k. 


101 
 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish