19
ta’lim tarkib toptiruvchi eksperiment jarayonida olib boriladi. U quyidagi
tuzilishga ega: eksperimentator yoki tadqiqot olib boruvchi,
sinaluvchilar, faraz,
reja, yo‘l-yo‘riq, tajribaning bir-biriga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan,
o‘zgaruvchan, nazorat qilinadigan va qilinmaydigan qismlardan iborat.
Eksperimental tadqiqotning asosiy bosqichlari: farazni ilgari surish, metodikani
tanlash,
eksperimentni rejalashtirish, olingan ma’lumotlarni ishlab chiqish, taxlil
etish va izohlashdan iboratdir.
Psixologik-pedagogik
eksperiment uch qismdan
iborat. Aniqlovchi, shakllantiruvchi, nazorat eksperimentlari.
4.
Anketa metodi.
Kishilar psixikasini ommaviy so‘roq asosida o‘rganish
demakdir. Bu metod yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik
xususiyatlari, narsa va hodisalarning munosabatlari o‘rganiladi. Anketa odatda uch
turda o‘tkaziladi.
Ularning
birinchi
turi anglashilgan motivlarni aniqlashga mo‘ljallangan
savollardan tuziladi.
Ikkinchi
turida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi.
Uchinchi
turdagi anketada sinaluvchiga yozilgan to‘g‘ri javoblarni ballar bilan
baholash
tavsiya etiladi. Anketadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan
sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini o‘ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga
munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Tarqatilgan anketalar yig‘ishtiriladi va elektron
hisoblash mashinalarida
hisoblanadi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so‘ngra tadqiqotga yakun yasalib,
ilmiy va amaliy yo‘sinda xulosalar chiqariladi. Anketa
metodi inson psixikasini
o‘rganish uchun boy ma’lumotlar to‘plash imkonini beradi. Biroq unda olinadigan
ma’lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo‘lavermaydi. Bunday kamchilikka
yo‘l qo‘ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi savollarni
puxta ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir
.
Savollar bajaradigan funksiyasiga ko‘ra anketa o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
a)Filtrlovchi-savollar.
M.n: agar o‘qituvchini
oliygohga kirishni
xohlovchilar qiziqtirsa, anketada quyidagicha savollar taklif etiladi: “Sening
yoqtiradigan predmeting?”. Bunga faqat oliygoxga kirmoqchi bo‘lgan
o‘quvchilargina javob beradilar.
b)Tekshiruvchi yoki nazorat qiluvchi savollar. Ularning asosiy funksiyasi –
ma’lumotning to‘g‘riligini tekshirish.
Shakli bo‘yicha anketalar:
a) Ochiq – bunda to‘g‘ri savollar o‘z xohishiga qarab, erkin javob
berish mumkin.
b) Yopiq – bunda savollarga tayyor javob berilgan bo‘lib, o‘quvchi
ulardan birini tanlashi lozim.
Anketa savollariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1.Savollar aniq, tushunarli, sodda va qonkret bo‘lishi lozim.
2.Anketaning
boshida oson savollar, keyin qiyin, undan keyin eng
murakkablari, nihoyasida yana oson savollar berilishi lozim.
20
3. Bitta xususiyatni aniqlashga bir necha savollar, nazorat qiluvchi savollar
berilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: