O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/229
Sana16.06.2022
Hajmi5,33 Mb.
#678238
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   229
Bog'liq
fayl 781 20210505

 
Psixolog 
I.A.Zimnyaya
bo‘yicha pedagogik psixologiyaning predmeti –inson 
tomonidan 
ijtimoiy-madaniy 
tajribani 
o‘zlashtirishning 
qonuniyatlari, 
mexanizmlarini, shuningdek, bu jarayon natijasida yuzaga keluvchi ta’limning turli 
sharoitlarida pedagog tomonidan tashkil etiluvchi va boshqariluvchi o‘quv faoliyati 
sub’ekti sifatida inson shaxsi rivojlanishi va intellektual darajasidagi o‘zgarishlarni 
o‘rganishdan iborat.
 
 
Pedagogik psixologiya -
ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir 
etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir. Pedagogik 
psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash 
qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni
o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tatqiq 
etishdir. Pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri – maktabdagi ta’lim 
jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan 
iborat bo‘lib,bu hol yangi ta’lim dasturiga o‘tish bilan bog‘liqdir. Pedagogik 
psixologiya uch bo‘limdan iborat: ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va 
o‘qituvchi psixologiyasi. 
Pedagogik psixologiyaning muammolari
quyidagilar: 


266 
1.Bolaning rivojlanishida uning hayotidagi har bir senzitiv davrni topish va undan 
iloji boricha ko‘proq foydalanish muammosi. Bu masalaning muammoliligi 
shundaki, birinchidan, bola shaxsi va intellekti rivojlanishining barcha senzitiv 
davrlari ma’lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom etishi va qachon 
tugashi noma’lum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti o‘ziga xos individual 
bo‘lib, turli davrda har xil kechadi. 
2. Bolaga ongli tashkil etilgan pedagogik ta’sir va uning psixologik taraqqiyoti 
orasidagi bog‘lanish muammosi. Bolaga ta’lim va tarbiya ta’sir etadimi, yoki bola 
faqat bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lib, intellektual va axloqiy 
rivojlanishga ta’sir qilmaydimi? Har qanday ta’lim bolaning rivojlanishiga ta’sir 
qiladimi yoki faqat muammoli va rivojlantiruvchi ta’limmi? 
3. Ta’lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining har bir 
aniq davrida ta’limga yoki tarbiyaga urg‘u berish kerakmi?- bola hayotining ayni 
davrida nimaga ko‘proq ehtiyoj sezadi: kognitiv –intellektual yoki shaxs sifatida 
rivojlanishgami? 
4.Pedagogik ta’sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining sistemali xarakteri 
muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va shaxsiy hislatlarning o‘zgarishi sifatida 
tasavvur qilsak, ularning har biri alohida rivojlanishi mumkin, o‘z navbatida 
ularga bog‘liq. 
5. Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivojlanishi ta’lim va
yetilishga, layoqat va qobiliyatlar, genotip va muhitga bog‘liqligi muammosi. 
6. Bolaning ongli ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorligi muammosi. Bu 
muammoni hal qilishda ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorlik deganda nima 
nazarda tutilishi: bolada layoqatlarning mavjudligi ma’nosidami yoki ta’lim va 
tarbiyaga qobiliyatning rivojlanganligi ma’nosidami, bolada yaqin taraqqiyot 
zonasi va rivojlanish darajasi mavjudligi ma’nosidami, intellektual va shaxsiy 
yetuklikning ma’lum darajasiga erishilganligi ma’nosidami? 
7. Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pedagogik ta’sirlarni 
o‘zlashtira olmasligi unga bolaligida yomon ta’lim va tarbiya berilganligi. 
8. Ta’limni individuallashtirishni ta’minlash muammosi.Bolalarning layoqat va 
qobiliyatlari asosida guruhlarga bo‘lib o‘qitish, har bior bolaning individual 
xususiyatlarga mos ta’lim va tarbiya metodlarini tanlash tushuniladi. 
Yuqorida 
keltirilgan 
psixologik-pedagogik 
muammolarni 
hal 
qilish 
o‘qituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, ko‘nikma va 
malakalarni talab qiladi. 
Bolaga amaliy psixologik-pedagogik ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq ikki 
guruh metodlar mavjud.Bu psixologik maslahat va korreksiyadir. Psixologik 
masalahat bolaning rivojlanishi davomida duch kelgan muammolarni o‘rganish 
va tanishish asosida unga og‘zaki tavsiyalar va nasihatlar turida yordam 
ko‘rsatishdir. Korreksiya psixologning qiziqtirayotgan shaxsga bevosita 
pedagogik ta’sir ko‘rsatishidir. 
Xususan, pedagogik psixologiya “bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashning 
qonuniyatlarini; bu jarayonda namoyon bo‘ladigan individual farqlarni
o‘quvchilarda faol mustaqil ijodiy tafakkur shakllanishi qonuniyatlarini; ta’lim va 


267 
tarbiya ta’siri ostida psixikada yuzaga keladigan o‘zgarishlarni, ya’ni yangi psixik 
tuzilmalar shakllanishini o‘rganadi. ” 
Pedagogika bilan pedagogik psixologiya o‘rtasida yana ham mustahkam va 
ajralmas aloqa bordir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda boshqa ta’lim-
tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-harakatlarining qonkret turlarini 
o‘rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanning, ya’ni psixologiya va pedagogika 
fanlarining tutashgan joyidan o‘rin olgandir. Pedagogik psixologiya maktabda 
bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini o‘rganadi, bu 
jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni tekshiradi, o‘quvchilarda 
aktiv, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini o‘rganadi. 
Pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiya ta’siri bilan o‘quvchilar psixikasida sodir 
bo‘ladigan o‘zgarishlarni ham o‘rganadi. Bundan tashqari, o‘quv materiallarining 
o‘quvchilarga mos kelishi, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan 
samaradorligi, darslik, o‘quv qurollari, asbob- uskunalar va maktab ishlarining 
rejimiga nisbatan bo‘lgan psixologik talablar kabi muammolarning hammasini ham 
pedagogik psixologiya o‘rganadi. 


Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish