10 Maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash vositalari.
Jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun har bir yoshga mos ravishda jismoniy tarbiya vositalari aniq tanlab olinishi lozim. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya vositalari qo‘yidagilardir: asosiy gimnastika, elementar oddiy uyinlar, velosipeda uchish, sayirlar va ekskursiyalar. Undan tashqari sprotning qo‘yidagi turlari: suzish, kurash, karate, tennis, babiy gimnastika - bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazib turish ma’qul. Sog‘ligi yaxshi bo‘lmagan bolalar uchun davolovchi jismoniy tarbiya mashqlar o‘tkazish.
O‘rta yoshdagi bolalar uchun jismoniy tarbiya vositalari qo‘ydagilar:
- asosiy gimnastika,
- «Alpomish» va «Barchinoy» majmuasiga kiritilgan mashqlar
- Komandalarga bo‘linib o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlariga yaqin bo‘lgan o‘yinlar;
- Ba’zi bir sport o‘yinlari (basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi).
- Sport gimnastikasi, yengil atletika kabi sport turlariga tayyorlash (qisqa masofalarga yugurish balandlikka, uzunlikka sakrash turistik poxodlar).
Katta yoshdagi o‘quvchilar uchun:
- asosiy va yordamchi sport gimnastikasi;
- ishlab chikarishdagi gimnastika (praktika utayotganlar uchun);
- harakatli o‘yinlar sport trenirovkasida yordamlashuvchi mashqlar majmuasi vosita sifatida;
- sport turlari (alohida qoidalar bo‘yicha), sayrlar va ko‘p kunlik poxodlar.
Jismoniy tarbiyaning shakllari. Maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyasi asosan uch yo‘l bilan tashkil etiladi.
1. Umumiy o‘rta talim va o‘quv yurtlari tizimida;
2. Maktabdan tashqari tarbiyani amalga oshiruvchi tashkilatlarda;
3. Oila sharoitida
Har bir ko‘rsatilgan muhit uchun qoida bo‘yicha jismoniy tarbiya mashqlar mashg‘ulotlarini tashkil etishning konkret shakllari turlichadir. Mashg‘ulotlarning dars shakli (maktabda jismoniy tarbiya darslari, BUSMda sportning bir turi bo‘yicha dars mashg‘ulotlari va birinchi darajali ahamiyatiga ega. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, ustoz-instruktorning bevosita. rahbarligida asosiy o‘quv tarbiya ishlari hal etiladi. Mashg‘ulotlarning dars shakllariga zarur qo‘shimcha bo‘lib kichik maktab yoshidan amalga oshiriladigan jismoniy tarbiya (masalan unda olib boriladigan gigiyenik gimnastika, o‘z hohishicha o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar, jismoniy tarbiya bo‘yicha uy vazifalarini bajarish mavjud. O‘rta va to‘liqsiz o‘rta o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya bo‘yicha olib boriladigan ishlar jismoniy tarbiya darslari (o‘quv reja buyicha), maktab sport to‘garak va jismoniy tarbiyaga tayyorgarlik umumiy guruhlari ish rejasi bo‘yicha o‘kaziladigan dars mashg‘ulotlari, shuningdek o‘quv ishlarini boshlashdan oldin o‘tkaziladigan gimnastika, umumiy talim mvktablarda o‘tkaziladigan quvnoq daqikalar. Katta tanaffuslarda va kuni o‘zaytirilgan guruhlar kun tartibida o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar va turli sport o‘yinlari ko‘rinishida tashkil etiladi. Maktabdan tashqari tashkilotlar va muassasalar jismoniy tarbiya bo‘yicha qo‘ydagi ishlarni olib boradi:
a) o‘quvchilarning doimiy kontingenti (BESM, ko‘ngilli sport jamiyatlari sport to‘garak va hakozo) bilan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar shaklida;
b) turli yoshdagi turlicha sog‘liqqa va tayyorlanish saviyasiga ega bo‘lgan bolalarning o‘zgaruvchan kontingenti bilan darsdan tashqari ommoviy olishuv konkurs, o‘yinlar va sayrlar shaklida. Oilada jismoniy tarbiya asosan ertalabki gigiyenik gimnastika, uy vazifasini bajarish jarayonida o‘tkaziladngan quvnok, daqiqalar, jismoniy tarbiya darslarda o‘rganilgan mashqlarni, harakatli o‘yinlar va xavoskorlik musobaqalari (turar joylarda) bo‘yicha mustaqil mashg‘ulotlar, sayrlar, poxodlar va ota-onalar bilan cho‘milish shaklida amalga oshiriladi.
№10 Sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |