6/Jismoniy tarbiya darsida o‘quvchilarning faoliyatini tashkil qilish metodlari va jismoniy yuklanish boshqarish metodikasi. Jismoniy tarbiya darslarini to‘g‘ri tashkil etish uchun o‘qituvchi turli metodlardan o‘rinli foydalanishi kerak.
O‘quvchilar faoliyatini takil qilishda asosiy metodallardan biri frontal metodi. Masalan: YRM ni bajarish, kalonnada yurish.
Demak bir vazifani hamma o‘quvchilar baravar bajaradilar. Frontal metodini guruhlarga bo‘linib mashqlarni bajarish mumkin (bir vazifani baravar) va individual usulda hamma foydalanish mumkin, masalan: har bir o‘quvchiga to‘p beriladi va hammasi baravar individual mashqni bajaradi. Frontal metodni yutug‘i o‘qituvchi butun sinf ustidan doimo bevosita rahbarlik qiladi.
By metod ayniqsa 1-5 sinflardan darsning tayyorlov va yakuniy qismida qo‘llaniladi, guruhli metodi; bolalarni bir necha guruhlarga bo‘lish bilan xarakterlanadi. Bu metoddan foydalanishda:
a) butun guruh tomonidan bir vaqtda va navbatma navbat (bittadan, ikkitadan) bajariladigan usullarni qo‘llash mumkin;
O‘qituvchi komandasi bo‘yicha guruhlardagi vazifalar almashib turiladi. By metodni yutug‘i o‘qituvchiga kerakli straxovkani taminlovchi murakkab mashqlarni bajaruvchi o‘quvchilarga e’tibor berishga imkoniyat yaratadi. O‘qituvchi yangi mashqlar o‘rganilayottan va straxovka talab etiladigan guruhda bo‘ladi, qolgan guruhlarda maxsus tayyorlangan yordamchi o‘quvchilar boshqaradi.
Individual metodi har bir o‘quvchi o‘z vazifasini olib uni mustaqil bajaradi. O‘qituvchi ayrim shug‘ullanuvchilarning ishiga rahbarlik qiladi.
Aylanma trenirovka metodi jismoniy sifatlarni kompleks rivojlantirishga yo‘naltirilgan vazifalar seriyasini bajarish so‘nggi yillarda uzluksiz va interval metodi asosida aylanma trenirovka metodi shaklida tashkil etilyapti. Bu metod dars zichligini oshiradi hamda jismoniy yuklanishi maksimal holatda bo‘ladi.
Darsda jismoniy yuklanish boshqarish metodikasi qo‘yidagilarga bog‘liq: a) Harakatli va jismoniy mashqlarning sonini o‘zgarishiga
b) Jismoniy mashqlarni qaytarilishiga.
v) Mashqni bajarish vaqtiga (ko‘paytirish, kamaytirish).
g) Mashqni bajarish temp tezligi,
d) harakat amplitudalarning katta kichikligi.
e) Mashq bajarishni murakkablanish yoki osonlashi.
j) Mashqlarni bajarishda har xil vositalarni ishlatish.
Darsda jismoniy yuklanishini boshqarish avvalo uning optimal hajmi va shiddatiga ega bo‘lishdir. Umumiy holda jismoniy yuklanishni optimallashtirish muammosi jismoniy mashqlarni miqdorlash bilan chegaralanmaydi, Shug‘ullanuvchilarga ta’sir kuchi faqatgina mashqlar xarakteriga bog‘liq, bo‘lmasdan boshqa komponentlar: tushuntirish, mashqlarni namoyish qilish, shug‘ullanuvchilar tashkil etish metodlariga ham bog‘liqdir.
Har bir ayrim holatda o‘qituvchi mumkin qadar ko‘proq, foydali jismoniy yuklanishga intiladi. Bunda darsni zichligi hal etiladi.