O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 3,13 Mb.
bet128/176
Sana24.04.2022
Hajmi3,13 Mb.
#579418
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   176
Bog'liq
УМК 601 11200 ЖМН ва М 1 курс22222

O‘zlashtirishni hisobra olish. Jismoniy tarbiya jarayonida o‘quvchilar, o‘zlashtirishni hisobga olish samaradorlikni hal etuvchi shartlardan biridir. O‘zlashtirish harakat ko‘nikmalari va maxsus bilimlarni egallash rejasini baholash asosida, shuningdek, maktab dastur talabi hajmida o‘quv meyorlarining hisoboti asosida aniqlanadi. Hisobga olish uch xil: dastalbki, oqimli va yakuniy bo‘ladi.
Dastlabki hisobga olishning asosiy vazifasi o‘quvchilarning dastur materiallari navbatdagi bo‘limlarini o‘zlashtirishga tayyorgarligini tekshirishdir. Bu o‘quv ishlarini to‘g‘ri rejalashtirishga imkon beradi.
Dastlabki hisobga olish tarbiyaviy ahamiyatga ega: bolalarning o‘quv yil davomida jismoniy rivojlanishini aks ettiradi. Oqimli hisobga olish o‘zlashtirishni tekshirishning asosiy shakli bo‘lib hisoblanadi. Uning yordamida o‘qituvchi dactyp materialini o‘zlashtirishni va jismoniy tayyorgarlik darajasini aniklaydi. Bu xisobot ham tarbiyaviy axamiyatga ega. Shuning uchun bu hisobotni doimiy olib borish zarur. Baho 5,4,3,2,1. Yakuniy hisobot har chorak uchun yoki yarim yillik uchun hamda umumiy yillik baxolashni o‘z ichiga oladi. Bu baholash oqimli hisobotga aaoslanadi, o‘quv ishlarini hisobotga olishining asosiy hujjati sinf jurnali hisoblanadi, unda o‘quvchilarning o‘zlashtirishi, davomati va o‘tilgan o‘quv materiali o‘z aksini topadi.
«Alpomish» va «Barchinoy» majmuasi meyorlarining toshpirganligi haqidagi malumot maxsus ajratilgan varaqa betlariga yoziladi. O‘qituvchi sinf jurnaliga yoki qo‘shimcha boshqa daftarlarni ham tutishi mumkin. Misol: kundalik daftar, hisobot kartochkasi va boshqalar.
9.Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasiga umumiy xarakteristika.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi o‘quv fan sifatida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda hamda maxsus bilim va ma’lumot olishda asosiy fan bo‘lib xisoblanadi. Pedagogika institut va universitetlarida, jismoniy tarbiya fakultetlarining o‘quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat va sport haqidagi bilimlarning to‘la o‘tish kursini ta’minlaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi pedagogik fan bo‘lib, u insonning barkomolligini, boshqarishning umumiy qonunlarini, shuningdek bu qonuniyatlar asosida O‘zbekisgon fuqorlarining jismoniy tarbiyasi vazifalarini, metodlarini va ish shakllarini aniqlaydi: jismoniy tarbiya nazariyasining mazmuni jismoniy kamol toptiradigan va Vatan mudofaasiga tayyorlaydigan tarbiya to‘g‘risidagi bilimlarni tashkil kilshi. Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotidagi hamma turlarini hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi.
Jismoniy tmadaniyat nazariyasi va metodikasi fanining bulimlarida jismoniy madaniyatning umumiy ta’lim hamda kasb-amaliy tayyorgarlik ko‘rsatishning tuzilishidagi va kundalik turmushda uning xususiyatlari o‘rganilib boriladi.
Shunday qilib jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kursi jismoniy madaniyat va cport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga karatilgan ilmiy fundamentiga kirituvchi kengaytirilgan bilimlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Uning ahamiyati faqat bu bilimlar qiymati bilan ifsdalanmaydi, u bo‘lg‘usi mutaxassisga jismoniy madaniyatning butun soxalarida kasbiy-faoliyat mazmunining tuchiq tushinishiga imkoniyat beradi, uning dunyo qarashini o‘zgartiradi, jamiyat soxasidagi boshqa kasblarning umumiy ishlari bilan bog‘laydi va shu yangi tipdagi bilim, usul va metodlarni egalashni, zarur bo‘lgan keng kasbiy dunyo qarashini shakllantirishga yordam beradi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani bir kator dastlabki tushunchalarga ega. Har kanday boshqa ilmiy o‘quv fanlari qatori jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanini o‘rganishda eng avvalo fanga tegishli dastlabki tushunchalarni (jismoniy rivojlanish; jismoniy tarbiya; jismoniy kamolat; Jismoniy madaniyat; jismoniy taminot; jismoniy mashqlar; sport va shu kabilar) imkoni boricha aniq ifodalash zarurdir.
Biz bilamiz, jismoniy tarbiya tizimi quyidagi zvenolariga bo‘linadi.
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi.
2. Maktab yoshidagi jismoniy tarbiya.
3. Akademik litseylar va kasb-xunar kolledjlarda jismoniy, tarbiya.
4.Oliy o‘quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya.
5. Qurolli kuchlarda jismoniy tarbiya.
6.Ko‘ngilli sport jamiyatlari va tashkilotlardagi jismoniy tarbiya.
Bu kursda hamma ma’ruzalar va seminar mashg‘ulotlari faqat maktab yoshidagi jismoniy tarbiya to‘g‘risida olib boriladi. Chunki sizlarni keyingi o‘quv yilida akademik litsey va kasb-xunar kollejlar hamda maktablarda olib boriladigan pedagogik amaliyot tayyorlashimiz lozim.
Guruh mashg‘ulatlarida jismoniy tarbiya buyicha o‘quv ishlarini rejallashtirish o‘rganiladi. Rejalashtirish xujjatlari hech qaysi kitobda to‘la bayon etilmagan.. Shuning uchun birorta seminar mashg‘uloti qoldirilsa umumiy rejalashtirish ishlarini tushunish qiyin bo‘ladi, hamda xar bir gurux mashg‘ulotida o‘quv ishlarini rejalapptirish to‘g‘risida uyga vazifa beriladi. Maktab yoshidagi jismoniy tarbiya umuman jismoniy tarbiya tizimida eng asosiy zvenolarining biridir. Chunki maktabdan so‘ng akademik litsey va kasb-xunar kollejlarda davom etib bolalar tarbiya oladilar, xayotda, amaliyotda kerakli ko‘nikma va malakalar xosil bo‘ladi. IIIaxsini har tomonlama yangi jismoniy, aqliy, ahloqiy rivojlanishga qaratilgan bo‘ladi. Albatta hayotda, mehnatda va Vatanni mudofaa qilishda ahamiyati juda kattadir. Xo‘sh, maktabda jismoniy tarbiyaning maqsadi nima?
O‘zbekiston jismoniy tarbiya tizimining umumiy maqsadlariga binoan maktab devrida har bir yosh bosqichlarida jismoniy tarbiya kamolotni ketma ketlikda amalga oshirib, by bilan o‘rta maktab bitiruvchi sinflarda jismoniy tarbiyaga tayyorgarlikning kerakli darajada saviyasini ta’minlash zarur.
Bu maqsad yoshni hisobga olgan holda konkretlashtiriladi hamda bu munosabat bilan 3 ta yirik bosqichlariga bo‘linadi.
I bosqich 6-9 yosh (boshlang‘ich sinf ) -1-4 sinf
II bocqich 10-15 yosh (o‘rta yoshli sinflar) – 5 - 9 sinf
III bocqich 16-18 yosh (o‘rta umumtalim maktab ) - 10-11 sinf
Har bir bosqichning vazifalari qo‘ydagichadir ta’limiy, sog‘lomlashtirish va tarbiyaviylardan mavjud.
Birinchi guruh vazifalari - jismoniy tarbiyaning ta’limiy vazifalari. Bunda qo‘ydagilar hal qilinadi
a) o‘quvchilarga jismoniy tarbiya sport sohasidagi oson tushunarli bilimlarni berish va ular tomonidan bu bilimlarni o‘zlashtirish, jumladan:
uchun ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanmalarda berilgan nazariy bilimlarni egallash talabalarni o‘zlashtirishi.
- kichik yoshda jismoniy tarbiya mashqlarning ahamiyati, ularni bajarish usullari shaxsiy gigiyena qoidalari haqida maktabgacha bo‘lgan davrda olingan elementlar ma’lumotlari kengaytirish va to‘ldirish: hamda 1 – 4 sinf o‘quvchilari.
- o‘rta maktab yoshida talablarga mos bo‘lgan, shuningdek maktab dasturi bo‘yicha bilamlarni to‘ldiruvchi va chuqurlashtiruv, bilimlarni berish va mustahkam o‘zlashtirish va 5 – 6: 7 – 9 sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanmalarida keltirilgan nazariy bilimlarini o‘zlashtirish.
- Katta maktab yoshida talablarga javob beruvchi shuning maktab dasturida ko‘rsatilgan jismoniy tarbiya mohiyati, uning turi vosita va metodlarining amaliy foydasi hamda jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlarida hayotda mustaqil foydalanish xaqidagi bilimlarni berish va mustaqil o‘zlashtirish.
b) Hayotda zarur bo‘lgan harakat ko‘nikma va malakalarning asosiy fundamentini - poydevorini shakllantirish, ular mustahkamlash va takomillashtirish.
Bunda: - kichik maktab yoshida, maktabgacha davrida olingan va ko‘nikmalarni mustahkamlash va takomillashtirish, ularni ayrim harakatlarni boshqarish o‘rgtuvchi gimnastik mashqlar asosida to‘ldirish, amaliy mashqlar texnikasining ayrim shakllarini va ayrim sport turlarini o‘zlashtirish;
- o‘rta maktab yoshida, oldingi bosqichlarda olingan harakat malakalarini takomillashtirish natijasida organizmning funksional imkoniyatlarini hisobga olganda maktab dasturida ko‘zda tutilgan yengil xarakat faoliyatlarini boyitib borish;
- katta maktab yoshida, jismoniy tarbiya o‘rta maktab dasturiga. kiritilgan xarakat faoliyatlari texnikasini chuqur o‘zshtirish, xarakat ko‘nikmalarining sport va bevosita qo‘llanish fondini kengaytirish, ularni murakkab hollarda qullayolish o‘rta maktab uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish:
v) gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirish va mustahkamlash (shaxsiy va jamoat gigiyenasining talablari).
Ikkinchi guruh vazifalari - o‘sayotgan organizmning garmoni rivojlanishiga, sog‘likni mustahkamlashga, jismoniy qobiliyatlarni har tomonlama tarbiyalashga qaratilgan vazifalar. Yosh xususiyatlariga qarab qo‘yidagilar amalga oshiriladi:
a) organizmni chiniqtirish, jumladan jismoniy charchash, tashqi muhitning harorati ta’siri, quyosh radiatsiyasi kabi faktorlarga qarshi kurashishni oshirish;
b) jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash, jumladan:
- kichik maktab yoshida jismoniy tarbiya sifatlarini har tomonlama rivojlanishini ta’minlash. Unda ko‘proq koordinatsiyalash va tezkorlik xususiyatlarni ta’minlash:
- o‘rta maktab yoshida ayrim tezkorlik? kuch qobiliyatlariga aerobli xarakter chidamlilikka yordam beruvchi ta’sirlarni kengaytirish, ish qobiliyatini yuqoriga ko‘tarish, dastur talablariga binoan «Alpomish» va «Barchinoy» meyor talablar majmuasini bajarish.
- Katta maktab yoshida, jismoniy tarbiya qobiliyatlarini (koordinatsiyalash, tezkorlik, tezkor-kuch, kuch, chidamlikni) yuqori darajasini ta’minlash, shuningdek qiziqishga bog‘liq holda sportning biror bir tur V bo‘yicha normativlarni - ta’minlash va umumiy ish qobiliyatlarini rivojlantirish.
v) zarur bo‘lganda harakat faoliyatlarining turli shartlarida, ratsional qaddi qomatini shakillantirish va mustahkamlash,
Uchinchi guruh vazifalari - jismoniy, ahloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasining o‘zaro bog‘likligidan kelib, chiqadigan vazifalar. Bunday vazifalarnint bir qanchalari jismoniy tarbiya jarayonida hal etiladi. Ularga jumladan jismoniy tarbiya va sport faoliyatining keraklikcha taminlash etnik asoslar bo‘yicha shakllantirish, irodalik sifatini tarbiyalash jismoniy tarbiya tashkilotchisi, instruktor va sport hakami sifatida umumiy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalar kiradi. Yuqorida qayd etilgan vazifalar aqliy, ahloqiy, estetik va mehnat tarbiyalar bilan birgalikda hal etiladi.

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish