O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Nazorat savollariga Yozma javob bering?



Download 255,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana16.03.2022
Hajmi255,16 Kb.
#498736
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
madaniyat bobur

Nazorat savollariga Yozma javob bering?
(
Izoh

Quyida keltirilgan 3 ta savolga yozma ravshda javob berish kerak
)
1.
Qadimgi Hindiston va Xitoy madaniyati
.
Hind madaniyati butun dunyoda eng jo’shqin va madaniyatlardan biri sifatida tanilgan bugungi
kunda mavjud bo’lgan bu ajoyib osiyo ifodasi turli xil elementlarning birlashishi va
assimiliyatsiyasi natijasidir. Bu qo’shni mamlakatlar tendentsiyalarini o’ziga singdirgan ulkan
heterojan madaniy dindmikani yaratgan ajoyib madaniy aralash bu dindan me’morchilik,san’at,
gastronomiya yoki urf-odatlargacha bo’lgan jihatlarda aks etadi. Uning ko’pligi uni
sayyoradagi eng qiziqarli mamlakatlardan biriga aylantirdi va butun dunyo bo’ylab
sayohatchilar uchun ajoyib sayyohlik markaziga aylandi. Ushbu hind madaniyati ming yillar
davomida o’z an’analarini taklif qilib kelmoqda. Hindistondagi eng qadimgi matn Rig-Veda-
ga, miloddan avvalgi XV asrdan boshlab islomiy bosqinlar va G’arb mamlakatlari Hindiston
ustidan hukmronlik qilgandan so’ng unga turli madaniyatlar ta’sir ko’rsatadi, ammo mohiyati
va an’analarini saqlab qoladi. Ming yillik an’ana va madaniyatni bitta post orqali aytib
berishning iloji yo’q, lekin biz hind madaniyati va bizni o’ziga jalb qiladigan narsalar
to’g’risida keng tasavvur yaratishga harakat qilamiz.Din hind madaniyatining juda muhim
qismidir va bugungi kunga kelib kelib chiqishi hind yoki darmik bo’lgan to’rtta din mavjud.
Uning ichida turli xil maktablar va urf odatlar mavjud va bu kastlarning an’analariga
ergashadigan din. Uning asosiy hudolari – Rama, Shiva, Visnu, Krisna, va Kali.
Xitoy madaniyati sayyoradagi eng qadimiy ekinlardan biridir. Bunday dinlarning dastlabki
boshlanishini Kanfutsiyizm va Buddizm deb belgilangan kishi edi. Xitoyning madaniyati bu
sirli odamlarning o’ziga xos va ajoyib xususiyati. Ushbu mamlakat madaniyati asta sekin
rivojlandi va o’lchandi. U Xitoy tarixi va siyisiy tizimi bilan birga o’zgardi. XX asr o'rtalaridan
boshlab sotsializm va kommunizm kata ta’sir madaniyatida keltirilgan. Qadimgi Xitoy ko’hna
Misr va Mesapotamiya singari o’z yozuvi va adabiyotiga ega bo’lgan. Qadimgi xitoyliklar
hozirgi kunimizdan 3,5-4 ming yil ilgari o’zlarining yozuvlarini yaratgan. Ularning yozuvi ham
misrliklarniki sigari rasm – belgilardan – iyerogliflardan iborat bo’lgan. 
4


2. 
Islom madaniyatining shakllanishi va uning asosiy tendentsiyalari.
Islom jahonda keng tarqalgan uch dindan biri. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar
arabcha ,,muslim’’ deb ataladi. ,,Muslim’’ , ,,muslimum’’ so’zining boshqa xalqlar orasida
o’zgach talaffuz etish (masalan, forslarda – musalmon, o’zbeklarda – musulmon, Ukraina va
Rossiyada – basurman) natilasida bu dinga e’tiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin
bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan. Jahon dunyo aholisining 24,9 foizi,
ya’ni 1,9 milliard kishi islomga e’tiqod qiladi. Islom yettinchi asrda Hijoz (G’arbiy Arabiston)
da paydo bo’ldi. Uning asoschisi Muhammad sanaladi. Islom dininig paydo bo’lishi xususida
islom manbalariga asoslangan diniy an’anada u ilohiy hodisa, insonlarni to’g’ri yo’lga solish
uchun Alloh taolo tomonidan yuborilgan oxirgi ta’limot deb hisoblanadi. Islomning
rivojlanishiga Movarounnahrda yetishib chiqqan allomalar kata hissa qo’shdi. Imom Buxoriy
kitob holiga keltirgan hadislar to’plami - ,,Al-Jomi’ as-Sahih’’ islom dinida Qur’oni karimdan
keying ikkinchi manba hisoblanadi. Islom dini 5 asos yoki ustunga ega. 
Kalimai shahodat;
Namoz o’qish; 
Ro’za tutish;
Zakot berish;
Imkoniyat topilsa haj qilish. 
Somoniylar, saljuqiylar, g‘aznaviylar va qoraxoniylar davrida islomiy madaniyat rivojlandi.
Hadis to‘plash an’anasi yuzaga keldi va bunda turkistonlik buyuk muhaddislarning roli katta
bo‘ldi. Imom Buxoriy va at-Termiziy shular jumlasidandir. Imom Buxoriyning «Al-jome’u-s-
sahih» va Imom at-Termiziyning «Shamoyili Muhammadiyya» asarlari mashhur. IX-X asrlarda
arab tilining madaniy hayotga faol aralashuvi yuz berdi. Islom madaniyati shakllandi va
musulmon intibohi (renesansi) yuzaga keldi. Arab tilidagi adabiyot paydo bo‘ldi. Markaziy
Osiyo buyuk islom allomalari vatanidir. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino
asarlarida adabiyot masalalariga munosabat bildiriladi. Arab tilida badiiy asarlar yaratildi va
tazkirachilik yuzaga keldi. Abu Mansur as-Saolibiy va uning «Yatimat ut-dahr» asari buning
yorqin misolidir. Chag‘oniyon adabiy muhiti yuzaga keldi.
Movarounnahrda arab xalifaligi hukmronligi tugatilgandan so‘ng O‘rta Osiyo xalqlari o‘z
davlatchiligining shakllanish jarayoni ancha tezlashdi. Tojiklar yagona xalq sifatida tanildi.
Movarounnahr, Xuroson va Eronning katta qismini qamrab olgan Somoniylar davlatida dariy
(fors-tojik)ga davlat tili maqomi berildi. XI-XII asrlarda turkiy elatlar, jumladan, o‘zbeklar
Movarounnahr aholisining katta qismini tashkil eta boshladi. O‘z mushtarak tiliga ega
o‘zbeklarning vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy, tarixiy-madaniy shart-sharoiti tufayli adabiy
tilining shakllanish jarayoni kuchaydi. Bu davrda qishloq xo‘jaligining ancha taraqqiy
topganligi manbalarda o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, hunarmandchilikning rivojlanishini
ta’minlashda ham qishloq xo‘jaligidagi samaradorlik o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan.
Ishonchli manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, bu davrda qaysi joyning aholisi 32 hunarni bilsa,
o‘sha yerga shahar maqomi berilgan. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Omul (Chorjo‘y)
kabi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-madaniy markazlar ana Shunday "32 xil hunar" egalari
yashaydigan shaharlar sirasiga kirar edi.O‘rta Osiyo xalqlarining X-XII asrlarga oid arxitektura
va san’atida hukmron mafkuraga aylangan islom dinining asosiy g‘oyalari o‘z ifodasini
topganligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Samarqand, Buxoro, Termiz, O‘zgan, Marv kabi
shaharlarda ko‘plab saroy, masjid, xonaqoh, madrasa, minora, tim, sardoba va boshqa binolar
qadrostladi. Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar davrida qurilib, bugungi kunga qadar
saqlanib qolgan tarixiy obidalar X-XII asrlarning muhim madaniy yodgorligi sanaladi.
Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi O‘rta Osiyo arxitektura san’ati bu davrda yangi
taraqqiyot bosqichiga yuz burganligining yorqin namunasidir. Maqbara kub shaklida barpo
etilgan bo‘lib, tomi gumbaz qilib yopilgan. Gumbazning o‘rtasida kichkina minoracha mavjud.
Binoning bir xilda bezatilgan tashqi manzara bor. Uning ichki va tashqi tomoni naqshlar bilan
bezatilgan. Ismoil Somoniy maqbarasini barpo etishda qadimgi me’morchilik an’analari
saqlanib qolganligi ham sezilib turadi. Binoning tashqi burchaklaridagi ustunlar va unda
ishlatilgan xilma-xil unsurlar shunday xulosaga kelish imkonini beradi.
5


Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davrida qurilgan noyob arxitektura yodgorliklari uzoq yillar
o‘tishiga qaramay, tarovatini yo‘qotmay, hamon salobat to‘kib turibdi. Bulardan Navoiy
viloyati Hazora qishlog‘idagi Dehgaron masjidi (XI asr) va uning yaqinidagi "Raboti Malik"
nomli katta hamda go‘zal karvonsaroyni ko‘rsatish o‘rinlidir. Mazkur me’moriy obidalar o‘z
tarixi va qurilishi bilan san’at darajasiga ko‘tarilganki, ularni hamon hayrat bilan tamosha qilish
mumkin. "Minorai kalon" nomi bilan Shuhrat qozongan Masjidi jome minorasi esa Buxoro
qadimiy binolarinig ahamiyatli yodgorliklaridan biridir. Bu minora 1127-yilda Arslonxon
hukmdorligi davrida qurilgan. XII asrning oxirida Vobkentda ham shunday minora barpo etildi.
1108-yilda g‘oyat pishiq reja asosida Surxandaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida ham ana
shunday noyob me’morchilik yodgorligi hisoblangan minora qad ko‘tardi. Keyinchalik qayta
ta’mirlangan Buxorodagi Namozgoh va Mag‘oqi Attoriy masjidi ham ana shu asrga oiddir.
Qoraxoniy va Xorazmshohlar hukmronligi davrida vujudga kelgan tarixiy obidalar son
jihatidan ancha ko‘p. Urganchdagi Faxriddin Roziy maqbarasi, Amudaryo qirg‘og‘i yaqinidagi
Doyaxotin raboti, Kaspiy dengizining g‘arb tomonidagi Beleuli tosh raboti, Marvdagi Sulton
Sanjar saljuqiy maqbarasi va Talxatan bobo masjidi, O‘zgandagi uchta maqbara va bitta minora
O‘rta Osiyo xalqlari me’morchilik san’atining IX-X asrlardagi go‘zal yodgorliklaridir.
IX-X asrlarda arxitektura bilan bir qatorda san’atning boshqa turlari, jumladan, naqqoshlik,
tasviriy san’at, musiqa ham ancha rivojlandi. Xattotlik ham muhim ma’naviy ahamiyat kasb
etuvchi sohalardan biri bo‘lib, keng tarqaldi va taraqqiy etdi. Yirik feodal davlatlarining
vujudga kelishi ijtymoiy-iqtisodiy taraqqiyot, ilmiy-madaniy, adabiy-badiiy aloqalarning avj
olishi tufayli fanning falsafa, mantiq, riyoziyot, tibbiyot, tarix, tabiiyot, tilshunoslik,
adabiyotshunoslik kabi sohalari rivoj topdi. Arab tili Sharq mamlakatlari orasida ilm-fan tili
sifatida shuhrat qozondi. Buxoro, Samarqand, Termiz, Urganch, Marv, Balx, Bag‘dod, Shom
kabi shaharlar Sharq olimlari hamkorligining markazi bo‘lib qoldi. Bu davrda ilm-fan, adabiyot
va san’atning yuksala borishi uyg‘onish nishonalarini yuzaga keltirgan edi. “Feodal
dunyosining umumiy tarixida favqulodda burilish bo‘lgan va biz Renessans deb ataydigan
davrni yaratgan kuchlar “ xuddi shu asrlarda maydonga chiqdi.(Konrad N. Alisher Navoiy.
Ozbek tili va adabiyoti jurnali. 1969. 1-son. 16-bet). Islom madaniyati to‘la shakllandi va
musulmon intibohi (renesansi) yuz berdi.
Imom Ismoil ibn al-Buxoriyning buyuk xizmatlari musulmon olamida yuksak ehtiromga
sazovor. Mashhur muhaddis olim Imom Ismoil ibn al-Buxoriy hadislarni, ya’ni Muhammad
alayhissalom tomonidan turli munosabat bilan aytilgan gaplardan iborat, ko‘rsatma va
nasihatlarni hamda kishining pok axloqi, ajib xulq-atvoriga doir hikmatlarni yig‘ib, "Al-jomi’
as-sahih" ("Ishonarli to‘plam") nomli to‘rt jildli ulkan kitobni tuhfa qildi. Mazkur kitobdan
muallifning yillar davomida olti yuz ming hadis ichidan tanlab olib, eng ishonchli hadislar
sifatida taqdim etgan 7397 ta hadis o‘rin olgan. Bu kitob Qur’oni Karimdan keyingi muqaddas
islomiy manba sanaladi.
Imom at-Termiziyning “Sunani Termiziy” kitobi “Sahih Buxoriy” va “Sahih Muslim”dan
keyingi o‘rinda turadi. “Kitobu azim” (al-Jomi’ as-Sahih”), Bu “Sahih at-Termiziy” nomi bilan
mashhur, “Shamoili Nabaviya” “Ilalu mufrad”, “Ilalu fiy oxiri jomi’”, «Kitobu Zuhd», «Kitobu
Tarix», «Asmou Sahoba», «Asmo va kuna», «Kitobu fiy asari mavqufa» asarlarini yozgan.
“Shamoili Muhammadiya” asari 40 bobdan iborat. Unda muhri nubuvvat, rasululloh sollalohu
alayhi vasallamning sochlari, sochlarini taraganlari, ularning soqol va sochlariga tushgan oqlar
haqida, surma iste’mol qilganlari, liboslari, uzuklari va uzuk taqishlari, qilichlari, zirra va
qalqonlari, imoma, izor va ridolari, qanday yurish, o‘tirishlari, suyangan narsalari va
suyanishlari, taom tanovul qilishlari va qanday nonga odat qilganlari, taomdan oldin va keyin
o‘qiydigan zikr va duolari, suv ichadigan piyolalari, qaysi mevalarni tanovul qilganliklari,
ichadigan narsalari, xushbo‘y iste’mol qilishlari, xulq bilan so‘z qilishlari, kulishlari, hazillari,
she’r haqida aytgan so‘zlari,uyqulari, ibodatlari, qiroatlari, yig‘laganliklari, va zorilari, to‘shab
yotadigan yotoqlari, tavoze’lari, axloq va odati sharifalari, qortiq bilan qon oldirganliklari, nom
va laqablaridan ba’zilari, hayot kechirishlari, muborak yoshlari, vafotlari, meroslari haqida
bayon etiladi va Payg‘ambarimizni tushda ko‘rmoqlik haqidagi hadislar keltiriladi. Kitobdan.
Ibn Abbos roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari va onalarimiz
6


- hammalari bir-ikki kecha och qolishardilar. Kechqurun yegani bir narsa topmas edilar.
Ko‘pincha tanovvul qiladigan narsalari arpa noni edi. Izoh. Savol paydo buladiki, Rasululloh
solallohu alayhi vasallam uylarida bir narsa bo‘lmasa sahobalar ichlarida davlatmandlar ko‘p
edilar. Hammalari u zotdan jonlarini ham ayamasdilar. Ular bu holni bilib turib nima sababdan
sabr qilgandilar? Javob shuki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday holning ajridan
umidvor bo‘lib, nihoyatda maxfiy saqlar edilar. Onalarimiz ham shunday edilar. Salmon Forsiy
roziyallohu anhu dedilar: Men Tavrotda “taomning barakasi, orqasidan qo‘l yuvishdadir”, - deb
o‘qidim. Bu masalani Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytdim. U zot marhamat qildilar:
Taomning barokatlik bo‘lishi undan avval va undan keyin qo‘l yuvishdadir. Oysha roziyallohu
anhodan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Qachon sizlardan biringiz taom
avvalida "bismilloh”ni unutib qo‘ysa, xotiriga tushgan zamon “Bismillohi avvalahu va oxirahu”
desin. Ya’ni, avvalida ham va oxirida ham xudo nomini tilga oldim.
Umar bin Abi Salama Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirdi. U zot qoshlarida
taom mavjud edi. Dedilar: Yaqin kel, ey o‘g‘ilcham va BISMILLOH degin va o‘ng qo‘ling
bilan yegin. Hamda o‘z oldingdan yegin. Izoh. Umar bin Abi Salama Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamning o‘gay o‘g‘illaridirlar. Bu hadisdagi odoblar hammasi sunnatdur. Taom
yeganda avval BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIM deyilsin va keyin o‘ng qo‘l bilan tanovul
qilinsin va o‘z oldidan olsin. Ba’zi ulamolarning qavllaricha, o‘ng qo‘l bilan yemoq vojibdir.
Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon
taomlaridan forig‘ bo‘lsalar, bu duoni o‘qir edilar. «Alhamdu lillohi allaziy at’amana va soqona
va ja’alana minal-muslimin» (Tarjimasi: Hamd ul xudogaki, bizlarga taom berdi va suv berdi
va bizlarni musulmonlardan qildi).
146. Abu Umoma roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon
huzurlaridan dasturxon ko‘tarilsa, bu duoni o‘qir edilar: «Alhamdu lillohi hamdan kasiron
toyyiban muborakan fiyhi, g‘ayra muvadda’an valo mustag‘nan anhu rabbano» (Tarjimasi:
Hamma hamd Alloh Taologa xosdur. U shunday hamdki, nihoyasi yo‘qdir, pokdur,
barokatlidir. SHunday hamdki, na uni qo‘yib bo‘lur va na undan bexhojat bo‘linur. Ey,
rabbimiz, shukrimizni qabul ayla).
Anas roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Alloh Taolo
bandaning mana bu ishidan nihoyatda xush bo‘lgay: u bir luqma taom yeydi va uning uchun
Allohga hamd aytadi, yo bir qultum suv ichadi va uning uchun Allohga hamd aytadi.
“Allohumma laka-l-hamdu la nuxsi sano’an alayk”.
Imom Hasan ibn Ali roziyallohu anhumo dedilar: Men o‘z tog‘am Hind bin Abi Hola
roziyallohu anhudan savol qildim: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday so‘zlar edilar?
Menga bayon qiling. Tog‘am dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam doim oxirat
g‘amiga mashg‘ul edilar. Hamisha ummat fikrida bo‘lardilar. Shuning uchun u zotda orom va
rohat degan narsa bo‘lmas edi. Aksari, xomush yurar edilar. Hojati yo‘q so‘zlarni gapirmas
edilar va so‘zlarini xudo nomi bilan boshlab, xudo nomi bilan tamom qilar edilar. So‘zlasalar,
butun og‘izlari bilan so‘zlar edilar. Lablarining uchi bilan so‘zlab qo‘ya qolmas edilar.
So‘zlarining lafzlari oz, ma’nolari ko‘p bo‘lar edi. So‘zlari bir-biridan ajralgan bo‘lar edi. Na
unda hojatdan ziyoda alfoz va na kamchilik bo‘lar edi. O‘zlari tez mijoz va boshqani xor
qiladurgan zot emas edilar. Ne’mat qanchalik haqir bo‘lsin, uni hurmat qilar edilar. Uni yomon
demas edilar. Misol uchun, bir taomni na mazammat va na madh qilar edilar. Dunyo yo
dunyoviy narsalar uchun hargiz g‘azablari kelmas edi. Ya’ni, dunyoni hech bir narsa sanamas
edilar, balki, qachon bir kishi haqdan tajovuz qilsa, u holda g‘azablarini hech bir narsa
bosolmas edi. Undan intiqom olmay qo‘ymas edilar. O‘z jonlari uchun bir kishidan xafa ham
bo‘lmas edilar va intiqom ham olmas edilar. Qachon bir tarafga ishora qilmoqchi bo‘lsalar,
barmoqlari bilan emas, balki, butun kaftlari bilan ishora qilar edilar. Qachon bir narsadan
taajjub qilsalar, kaftlarining orqasini ko‘rsatar edilar. Qachon so‘z qilsalar, goho-goho kaftlarini
qimirlatar edilar. Goho o‘ng kaftlarini chap (bosh barmoqlarining ichiga urar edilar va qachon
g‘azablari kelsa, yuzlarini o‘girar va beiltifotlik ko‘rsatar edilar yo afv etar edilar. Qachon xush
bo‘lsalar, hayodan muborak ko‘zlarini yumgan kabi ko‘rinur edilar. Aksari, kulishlari beovoz,
tabassum edi. Kulsalar muborak tishlarining donalari dur kabi oq va jilvalik ko‘rinar edi.
7


Sollallohu alayhi vasallam.
3.
Jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning madaniy-ma’rifiy mohiyati.
Jadidchilik yoki jadidizm – 19 asr oxiri 20 asr boshida Turkistn, Kavkaz, Qrim, Tatariston
hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy harakat. Jadidchilik dastlab 19
asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. 19 asrning 90-yillarida O’rta Osiyoda tarqaldi.
Jadidchilik avvaliga madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan. Bu oqim vakillari
taraqqiyot uchun kurashish, turkey tillarni rivojlantirish, shu tiilardagi adabiyotlarni boyitish,
dunyoviy ilmlarni o’rganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar va erkaklar tengligi
uchun kurashishga chaqirilgan. Keyinchalik jadidchilar panturkizm g’oyalarini targ’ib
qilishgan. Sovet davrida yozilgan adabiyotlarda jadidchilikka ,,burjua-liberal, millatchilik
harakati’’ deb ta’rif berilgan. Bu davrda asosan tanqid qilingan jadidchilik namoyondalari nomi
SSSRI parchalanib ketganidan keyin qayta tiklandi. 
Jadidchilik dastlab 19-asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida
qrimtatarlar o’rtasida vujudga keldi. Jadidchilik harakati namoyondalari ko’pincha o’zlarini
taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. O’sha davrning ilg’or taraqqiyparvar
kuchlari, birinch navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada
qolayotganligini his etib jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushuni yetgandilar. Jadidchilik
mohiyat e’tibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakillanish va mag’lubiyatga uchrash
davrlari bo’lib, ularni shrtli ravishda to’rtga bo’lish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva
hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-1916; 1917-1920; 1921-1929- yillarni o’z ichiga oladi.
Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni o’rta asrlarga xos
qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish,
Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada
konstitutsiyaviy monarxiya va parlamen, keyichalik demokratik respublika tuzumini o’rnatish
orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qo’shin
tuzish. Toshkent, Farg’ona, Buxoro, Samarqand va Xivada xur fikrli va taraqqiyparvar
kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy ma’rifiy yo’nalishdagi jamiyat va
uyushmalardan jadidchilik harakati shakillandi. 

Download 255,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish