Tadqiqotning asosiy metodi sifatida tarixiy, psixologik, pedagogik va joriy
adabiyotlardan, amaldagi dasturlar, darsliklar va matematikaga oid o‘quv
qo‘llanmalar tahlilidan, pedagogik kuzatuv va tajribalar, suhbatlardan foydalandik.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati:
- boshlang‘ich sinflarda tarixiy materiallar bilan bog‘lab o‘qitish asosida
tarbiyalashga yangicha yondashuv aniqlanadi;
- boshlang‘ich sinflarda tarixiy materiallar bilan bog‘lab o‘qitish yordamida
tarbiyalashga yo‘naltiradigan tadbirlar mazmuni ishlab chiqildi va nazariy
asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |