O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/55
Sana29.04.2020
Hajmi0,86 Mb.
#48185
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslarida orta osiyolik olimlar ijodidan foydalanish metodikasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
50 
3. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda ta’limni 
insonparvarlashtirishni shakllantirishda maxsus kurs imkoniyatlari. 
 
«Bugungi  kunda  hur  va  ozod  xalqimiz,  -  deb  yozadi  Yurtboshimiz  Islom 
Karimov,  «O‘zbekistonning  o‘z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo‘li»  kitobida,-  ―barcha 
xalqlar  va  davlatlar  tomonidan  yaratilgan  ma‘rifatda,  fan  va  texnikada, 
insonparvarlashtirish  va  san‘atda  nimaiki  yangi  va  ilg‘or  jihatlar  bo‘lsa,  shunga 
dadillik bilan intilmoqda.  
Ta‘lim  O‘zbekiston  xalqi  ma‘naviyatiga  yaratuvchilik  faoliyatini  baxsh 
etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon 
bo‘ladi,  kasb-kori,  mahorati  uzluksiz  takomillashadi,  katta  avlodning  dono 
tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi
18

Oldimizda  amalda  jahon  fani  va  insonparvarlashtirishning  eng  ilg‘or 
yutuqlarini  o‘zida  mujassamlashtirgan,  inson  aql-zakovati  bilan  yaratgan 
boyliklardan  barhamand  bo‘lgan  yangi  avlodni  shakllantirish  vazifasi  turibdi. 
Faqat  shu  asosdagina  millatning  taraqqiyot  sari  shiddatli  intilishini  ta‘minlovchi 
insonparvarlik va yakdillikni vujudga keltirish mumkin. 
MDH olimlari va chet el mutaxassislarining ta‘limni insonparvarlashtirishga 
oid  nazariy  konsepsiyalarini  tahlil  qilish  va  ularni  maktabda  amalga  oshirish 
uchun  tegishli  tavsiflar  tayyorlash  ilmiy  jihatdan  asoslangan  metodikani  yaratish 
zarurati vujudga kelmoqda. 
Ilmiy  adabiyotlarda  turli  millatli  shaxs  konsepsiyalari  uchraydi.  Ularning 
insonparvarlashtirish  bilan  uzviyligi  bevosita  ta‘limni  insonparvarlashtirish 
muammosining dolzarb ekanligidan dalolat beradi. 
Ta‘limni  insonparvarlashtirish  shakllanishidagi  yangi  yo‘nalishlar  va 
ularning  yoshlariga  ta‘sirini  qayd  etishga  bo‘lgan  intilish  keyingi  yillarda 
bajariladigan  ko‘plab  tadqiqotlarda  o‘z  aksini  topmoqda.  Ushbu  muammoning 
                                                           
18
 I.A.Karimov. «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li»  -Т.: ―Ўзбекистон‖, 1992
.
 


 
51 
turli jihatlarini o‘rganish katta hajmdagi axbopotlarni beradi, uning nazariy tahlili 
esa yangicha fikrlash sharoitlarida o‘qitishni o‘zgarishining asosiy yo‘nalishlarini 
ko‘rsatib berishi mumkin. 
Keyingi  yillardagi  matbuot  orqali  chiqishlar,  ilmiy  -  metodik  adabiyotlar, 
maktab  masalalariga doir hujjatlarni tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, mutaxassislar 
tayyorlash  sifatini  oshirish  ta‘limni  insonparvarlashtirishini  takomillashtirish 
hozirgi kunning dolzarb masalalariga aylanmoqda.  
Darqaqiqat,  bugungi  kunda  insonparvarlashtirish,  madaniy  texnologiya, 
ijtimoiy  rivojlanishni  madaniy  ta‘minlashning  qator  vazifalarini  hal  etishda 
birinchi darajali hisoblansa-da, amaliy bilimlar doirasida hozircha ham o‘rganilgan 
soha  bo‘lib  qolmoqda.  Ayni  vaqtda  tarbiya  va  ta‘lim  -  insonparvarlashtirishning 
muhim  tarkibiy  qismi,  insonparvarlashtirishning  o‘zi  esa  ular  zamiridagi  shart-
sharoitidir.  Ba‘zi  tadqiqotchilar  bugungi  kunda  ta‘lim  va  insonparvarlashtirish 
o‘rtasidagi  o‘zaro  hamkorlik  borasidagi  ziddiyatlar  o‘tmishdan  meros  bo‘lib 
qolganligini  ta‘kidlashadi.  Ana  shu  sababdan  ta‘lim,  shu  jumladan, 
insonparvarlashtirish  taqchilligini  saqlab  qolgan.  Yangicha  tafakkur  sharoitida 
insonparvarlashtirishni  izchil  va  aniq  maqsadga  yo‘naltirilgan  ustuvor  soha 
sifatida rivojlantirish bilangina bu taqchillikni bartapaf etish mumkin. 
Tahlil 
qilish 
jarayoni 
ta‘lim 
sharoitida 
insonparvarlashtirishni 
shakllantirishning  birmuncha  juz‘iy  muammolarini  o‘ptaga  qo‘yish  tartibini  ham 
belgilab  beradi.  Bunday  tahlilning  asosiy  maqsadi  -  hozirgi  zamon  maktabining 
holatini,  uning  o‘z  ijodiy-madaniy,  tarbiyaviy  vazifalarini  amalga  oshirishga 
tayyorligini ko‘rsatishdan iboratdir. 
Maktab  ma‘lum  doiradagi  aniq  bir  bilimlar  asosini  beribgina  qolmasdan, 
balki mutaxassisning umumiy insonparvarlashtirishi poydevorini ham qo‘yadi. 
Ilmiy bilimlarning turli tarmoqlarida ta‘limni insonparvarlashtirish o‘zining 
maxsus 
xususiyatlariga, 
binobarin, 
farqlariga 
egadir 
masalan, 
qishloq 
maktablaridagi  Ta‘limni  insonparvarlashtirish  farq  qiladi.  Aqliy  ta‘lim 
didaktikasining 
insonparvarlashtirishini 
rivojlantirish 
va 
takomillashtirish 


 
52 
muammosini  predmetli  darajada  tadqiq  etishi  mumkin  bo‘lgan  nazariy  ba‘zani 
yaratish asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Ta‘limni  insonparvarlashtirishini  rivojlantirishning  asosiy  sharti  sifatida 
uning  insonparvarlik  tayyorgarligini  rivojlantirish  tarbiyaning  madaniy-ijodiy 
funkatsiyalarini  rivojlantirish  bilan  mustahkam  bog‘liqdir.  Bu  yoshlarning  ayrim 
qismi  o‘rtasida  umumiy  insonparvarlashtirish  rivojlanishidan  orqada  qolishda, 
madaniy  ehtiyojlardagi  kamchiliklar  va  ularning  rivojlanmaganligida  ko‘rinadi. 
Hozirgi 
vaqtda 
gumanitap 
ta‘lim 
taqchilligi 
insonparvarlashtirishni 
rivojlanishidagi to‘siqning muhim omiliga aylandi.  
Sanoat jihatidan eng ko‘p rivojlangan AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk 
Britaniya  kabi  mamlakatlarning  ilmiy-temnik  imkoniyatlari  o‘rtasida  mulohaza 
o‘tkazish  muayyan  qiziqish  tug‘diradi.  Masalan,  Yaponiyada  Oliy  o‘quv  yurti 
majburiy ta‘limining kursi gumanitar tsiklning 25% o‘quv vaqtini o‘z ichiga oladi, 
bu miqdorlar AQSHning ko‘pchilik xususiy va Davlat kollejlari va universitetlari 
uchun majburiy hisoblanadi. 
Imom  al-Buxoriyning  ta‘lim-tarbiya  xususidagi  ta‘limotida  axloqiy 
qarashlari muhim o‘rinda turadi. Uning o‘qtirishicha, baland tovush bilan o‘rinsiz 
nojo‘ya  kulish  boshqalar  diliga  ozor  beruvchi  xislatdir.  Xalqqa  yoqimli  va 
ehtiromli  bo‘lib, uning muhabbatiga sazovor bo‘lishni go‘zal axloqlik deb biladi 
alloma.  Imom  at-Termiziyning  ma‘naviy  qadriyatlar  merosini,  uning  ma‘rifiy 
qarashlarini,  dunyoqarashini  o‘rganishda  va  ulardan  hozirgi  yoshlar  ta‘lim-
tarbiyasida  foydalanishda  alloma  yaratgan  ―Sunan‖  kitobining  ahamiyati  g‘oyat 
katta. 
Muqammad  ibn  Muso  al-Xorazmiy  bilim  berishda  uning  shaxsiy 
kuzatishlariga hamda olgan bilimlaridan foydalanishga katta e‘tibor bergan. Bunda 
u bilim izlovchilarning ilmiy tadqiqot manbalarini to‘plash, ulardan foydalanish va 
kuzatganlarini  tushuntira  olish,  ko‘nikma  va  malakalarini  hosil  qilishlariga  katta 
ahamiyat beradi.  


 
53 
Abu  Nasr  Forobiy  fikricha,  yer  yuzida  faqat  inson  bilish  qobiliyatiga  ega. 
Haqiqatni  bilish  esa,  insonning  tabiiy  rivojlanish  holati  ta‘lim-tarbiya  orqali 
orttirilgan  xususiyatlardan  biridir.  Ma‘rifat  -  tarbiyalanuvchining  hohish  va 
irodasini kerakli yo‘nalishda boshqarish san‘atidir.  
Abu  Rayxon  Beruniy  inson  kamolotida  uch  narsa muhimligini ta‘kidlaydi. 
Bu hozirgi ma‘rifat ilm-fanini ham e‘tirof qiluvchi irsiyat, ijtimoiy muhit va to‘g‘ri 
ta‘lim-tarbiyadir.  
Umuman,  O‘rta  asrda  yashab  ijod  etgan  alloma  fozillar,  mutafakkiru 
ulamolar ma‘rifiy ta‘lim-tarbiyani insonparvarlashtirish bilan bog‘laydi.   
Insonparvarlik ta‘limning barcha tizimi orqali joriy etiladi. U tabiiy, ilmiy, 
texnikaviy,  qishloq  xo‘jaligi  va  boshqa  fan  sohalariga  ham  kirib  boradi. 
Insonparvarlashtirish esa faqat o‘qitish jarayoniga tegishlidir. 
Insonparvarlashtirish  -  vaqt  hosilasi,  zamonaviy  ta‘lim  tizimining 
voqeligidir. Ha doim ha bir xilda va aniq tushunarli emas, biroq bu nafaqat amaliy 
muammo, balki u ilmiy asoslanishni talab etadi va ta‘lim soxasini isloh qilishning 
asosiy priniplaridan biri bo‘lib ta‘lim nazariyasining dolzarb muammolaridan biri 
sanaladi. 
Ta‘limni  insonparvarlashtirish  bevosita  fanlarni  insonparvarlashtirishni 
taqozo  etadi.  Insoniy  bilimlar  tabiati,  ularning  umumiy  ilmiy  xaritadagi  o‘rni  va 
roli  haqida  muhokamalar  XIX  asr  oxiri  -  XX  asr  boshlarida  Baden  maktablarida 
boshlanganligi  va  «  insonparvarlashtirish  haqidagi  fan„  G.Rikkert),  «ma‘naviyat 
haqidagi  fan„  V.Diltey)  tarzda  talqin  etilganligi  ma‘lum.  Keyinroq  bu  sohada 
ijtimoiy, sotsial, gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar va hokazo 
atamalar  keng  yoyildi.  Hozirgi  kunda  bu  fanlarni  ijtimoiy-madaniy  doirasi 
tekisligida rivojlantirishni ta‘minlash juda muhim. 
Ta‘lim sohasidagi fanlarni insoniylik nuqtai nazaridan «o‘lchashdan olingan 
natijalarni  kiritish  lozim.  Bunday  yondoshuv  istiqbolli  bo‘lishi  mumkin:  Ta‘lim 
mazmuniga  qandaydir  yangi  o‘quv  fanini  joriy  etish  o‘rniga  o‘quv  predmetlarini 


 
54 
o‘tishni  shunday  tashkil  etish  kerakki,  natijada  ularning  barchasiga  insoniy 
«o‘lchash„ tegishli bo‘lsin.  
Gumanitar  fanlarning  imkoniyatlarini  inkor  etmagan  holda  ixtisoslik 
predmetlarini  ham  insonparvarlik  g‘oyasi  bilan  sug‘orilishini  ta‘minlash  kerak. 
Boshqacha  qilib  aytganda  quyidagicha  ketma-ketlikda  harakat  mavjud  bo‘lishi 
kerak: ixtisoslashtirish - insonparvarlashtirish - madaniylashtirish. 
Bu  tizim  bo‘yicha  mazmuni  quyidagicha:  birinchidan,  o‘qitish  tuzilmasida 
asosiy  e‘tiborni  kasbiy-ixtisoslik  jihatlarga  qaratish  kerak.  Bu,  bir  tomondan, 
pedagogika, psixologiya, xususiy didaktika fanlari va xokazo, ikkinchi tomondan - 
fizika, biologiya, matematika, tarix va xokazo fanlar kabi predmetlardan iborat. 
Ikkinchidan,  o‘quv  predmetlarini  shunday  rejalashtirish  kerakki,  natijada 
kasbiy-maxsus  tayyorlashning  insoniy,  shaxsiy  «o‘lchovlari„  aniqlansin.  Ta‘lim 
filosofirsi,  Ta‘lim  sosiologirsi,  Ta‘lim  tarixi  kabilar,  shuningdek,  maxsus  kurslar 
tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 
Uchinchidan,  Ta‘lim  fazosi  aniqlanadigan  chegaradagi  umumiy  gumanitar 
fanlarni  erganish  kerak.  Ularning  qaysi  birini  o‘quv  rejaga  kiritish  kerak  degan 
muammo, bu aloxida mavzu xisoblanadi. 
Ta‘limning insonparvarlashtirilishi eng kamida uch jihatni o‘z ichiga oladi:  
1.  umumiy  insonparvarlashtirishini  rivojlantirish  ehtiyojini  shakllanishi; 
 
2. gumanitar savodmonligini ta‘minlash;  
3.Ularda axloqiy-etika, ma‘naviy fazilatlarini shakllantirish.  
Insonparvarlashtirishning asosiy shartlari quyidagilar hisoblanadi: 
1.  ijtimoiy  munosabatlar  tizimini  takomillashtirish:  o‘quvchilar  bilan 
o‘qituvchilar  o‘rtasidagi,  ma‘muriyat  va  jamoat  tashkilotlari  orasidagi 
munosabatlar; 
2. maktab ta‘limini va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati tizimiga jalb etish; 
3. o‘qitish davrida va undan tashqarida ularning insonparvar tayyorgapligi; 
Ushbu 
sohadagi 
gumanitap 
tayyorgaplik 
psixologiya-pedagogika, 
matematika fanlari kurslarining ma‘naviy, axloqiy, madaniy-estetik mazmun bilan 


 
55 
to‘ldirilishini  taqozo  etadi.  Bunday  to‘ldirish,  birinchidan,  fanlarini  o‘qitishning 
hayoti  bilan,  zamonaviy  ijtimoiy-madaniy  va  axloqiy  muammolar  bilan  real 
aloqasi o‘rnatilishini; ikkinchidan, fanlarini o‘qitish jarayonida  yangi va ijtimoiy 
tafakkuri  shakllanishini  nazarda  tutadi.  Bu  o‘z  navbatida  matematika  fani  o‘quv 
kurslari  yo‘nalishi  va  mazmunini  ma‘lum  darajada  qayta  qurishni  talab  etadi; 
uchinchidan,  ularning  madaniy  qadriyatlarini  egallab  olishlariga  doir  o‘quv  va 
o‘qishdan  tashqari  mustaqil  faoliyatini  mustahkam  birlashtirish.  Tayyorlashning 
insonparvarlashtirish  markazi, insonparvarlik va gumanitap tayyorgarligi markazi 
sifatida  amalga  oshiruvchi  aniq  yo‘llar  va  vositalarning  to‘liq  bo‘lmagan 
ro‘yxatidan ibopat. 
Masalaning  qo‘yilishidagi  yangilik  shundan  ibopatki,  matematika 
o‘qituvchilarining  javobgapligi  oshirilibgina  qolmasdan,  balki  ularning  qabul 
qilingan  qaror  uchun  javobgarlikni  o‘z  zimmalariga  olishi  masalasi  o‘rtaga 
qo‘yiladi.  Masalaning  bunday  qo‘yilishi  insonparvarlashtirishni  shakllantirish,  
o‘qituvchining  ijtimoiy  mas‘uliyatini  oshirish  bo‘yicha  yangi  muammoni  keltirib 
chiqaradi.  Matematika  fani  dasturlarining  ijtimoiy  mas‘uliyatini  shakllantirishga 
yo‘naltirilishi, bilan bog‘liq masalalarni yetarlicha va to‘liq hal etish imkoniyatini 
bepadi.  Bu  uning  ta‘limni  insonparvarlashtirishni  oshirishning  so‘z  siz  shartiga 
aylanadi. 
Ushbu  fazilatlar  to‘plami  va  ularning  takomillashtirilishi  -  Ta‘limni 
insonparvarlashtirish  muhim  qismini  tashkil  etadi.  Buni  rivojlantirish  uchun 
maktabda aniq maqsadga qaratilgan ish olib borilishi hamda har bir ishning ilmiy 
ijodkorligi shakllantirilishi lozim. 
Insonparvarlashtirishi  -  bu  shunday  intellektual  imkoniyatidirki,  usiz 
madaniy qadriyatlarni va madaniy-ijodiy tajribani o‘zlashtirib olish mumkin emas. 
Shuni 
aytish 
kepakki, 
ilmiy-tadqiqot 
faoliyatini 
rivojlantirish 
va 
takomillashtirishga  rivojlangan  mamlakatlarda  katta  ahamiyat  berilmoqda. 
Mutaxassisning  ilmiy-tadqiqot  darajasi  uning  tadqiqotchilik  faoliyatini,  bilimlari 
chuqurligi va dunyoqarashi kengligi sifatini belgilab beradi. 


 
56 
Insonparvarlashtirishining  shakllanganligi  o‘zining  ta‘limni  faoliyatida 
bilimlardan samarali foydalanish o‘quvi bilan belgilanadi. 
Yuqorida  bildirilgan  fikrlarga  qo‘shilib,  quyidagicha  mulohaza  chiqarish 
imkonini bepadi: ilmiy-tadqiqot faoliyatini qanday tashkil etilishi, tadqiqotlarning 
ijodiy  mohiyati  qanday  aniq  ishlarda  namoyon  bo‘lishini  ro‘yobga  chiqishi, 
yuksak ta‘limni insonparvarlashtirish maqomiga bog‘liq bo‘ladi. 
Uzluksiz  ta‘lim  tizimini  takomillashtirishni,  balki  ko‘plab  mahalliy  va 
madaniy  shart-sharoitlarni,  milliy  anketalarni,  insonparvarlashtirish  qatlamlarini 
hisobga  olishni  ham  taqozo  etadi.  Qoniqarli  tashxislash  metodikasi  tashkil  etish 
masalalari  muayyan  qiyinchilik  tug‘diradi,  insonparvarlashtirishning  shakllanishi 
sifatidagi  hodisa  haqida  ishonchli  va  hammabop  ma‘lumotlar  olish  esa  amalda 
mumkin  emas,  chunki  tadqiqotning  tegishli  metodikasi  hozircha  ishlab 
chiqilmagan.  Shu  sababli  zamonaviy  bosqichda  muammoning  holatini  aniqlash 
uchun  biz  tomonimizdan  ishlab  chiqilgan  metodika  bo‘yicha  tadqiqot  o‘tkazish, 
uni hal etishning tutilgan yo‘llarini ehtimol belgilash zaruriyati tug‘ildi.  
Jamiyatni  ijtimoiy  va  ma‘naviy  isloh  qilish,  insonparvarlik  g‘oyalariga 
boqliq  ekanligini  belgilab  berdi.  Ularni  xalq  Ta‘limi  sohasiga  ko‘chirish  esa 
ta‘limni  takomillashtirishning  asosiy  yo‘nalishlarini  belgilab  beradi.  Ta‘limini 
tubdan qayta qurishning samarali jarayoni ta‘limni mazmun, shakl va metodlariga 
butunlay yangicha yondoshishini talab qilmoqda. 
Biz  muammo  ustida  ishlash  jarayonida  matematika  fannini  o‘rganish 
jarayonida  ta‘limni  insonparvarlashtirish  shakllanish  metodikasini  ishlab  chiqish 
maqsadlarida  atroflicha  sosiologik  tadqiqot  o‘tkazdik;  matematika  fani  bo‘yicha 
o‘quv  mashg‘ulotlari  o‘tkazishning  turli  variantlari  sinab  ko‘rildi  hamda  ularni 
maqbul chag‘ishtirish yo‘llari aniqlandi. 
Matematika  fani  o‘rganilgandan  keyin  IV  kurs  talabalarii  bilan  "Yangicha 
fikrlash 
sharoitlarida 
ta‘limni  insonparvarlashtirishi"  nomli  20  soatga 
mo‘ljallangan ( 12 soat ma‘ruza, 8 soat seminar) maxsus kurs 2000 -2005 yillari 


 
57 
davomida  M.Jumaev  tomonidan  o‘qildi.  Maxsus  kurs  mazmunini  saralashda 
quyidagi holatlar e‘tiborga olindi: 
-  ta‘limni  metodologik  asoslari  haqidagi  zamonaviy  tasavvurlar  asosida 
yangicha fikrlashni shakllantirish; 
-  o‘zida  inson,  uning  kasbiy  xususiyatlarini  aks  ettiradigan  predmetli 
bilimlar tizimini shakllantirish
-  boy  ta‘limni  merosdan,  ta‘limni  tajribalarda  o‘z  ta‘limni  imkoniyatlarini 
joriy etishda ijodiy foydalanish
Maxsus kurs rejasi: 
1.Xalq  Ta‘limining  zamonaviy  bosqichida  Ta‘limni  insonparvarlashtirish 
roli va ahamiyatini belgilash. 
2.Ta‘limni  insonparvarlashtirish  komponentlarining  roli  va  ahamiyatini 
ochib bepish. 
3.Ta‘limni insonparvarlashtirish metodologik va ijtimoiy asoslapi to‘g‘risida 
tasavvur berish. 
4.Ushbu muammo bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rganish va uni tahlil qilish. 
5.O‘qituvchi  ta‘limni  insonparvarlashtirishini  shakllantirishga  oid  turli 
shakllar  va  usullardan:  amaliy  o‘yinlar,  tanlovlar,  viktorinalar,  munozaralar, 
konferensiyalar, ekskursiyalardan foydalanish. 
6.O‘quv jarayonida tarixiy materaiallardan foydalanib insonparvarlashtirishi 
metodikasi to‘g‘risida tasavvur berish va ushbu metodikadan matematika fanlarini 
o‘rganishda amalda foydalanish. 
Quyida maxsus kurs bo‘yicha mavzularning mazmunini keltiramiz: 
1-Mavzu:  O‘zbekistonda  ta‘limning  shakllanishi  va  rivojlanishi  tarixiy 
nazar. 
O‘zbek  xalqi  ta‘limni  insonparvarlashtirishining  tarixiy  ildizlari;  sharq 
mutafakkirlari  merosidan  oqilona  foydalanish  davrida  ta‘limni  nazariya  va 
amaliyotining yanada rivojlanishi


 
58 
O‘rta asr Sharq mutafakkirlarining asarlarida yosh avlodga Ta‘lim va tarbiya 
berishga  bo‘lgan  qarashlar;  bu  qoidalardagi  demokratizm,  insonparvarlik  va 
dolzarblik;  Abu  Nosr  Forobiy,  Abu  Ali  Ibn  Sino,  Nasriddin  Tusiy,    shaxs  va 
ta‘limni faoliyatning ijtimoiy ahamiyati haqidagi qarashlari. 
Jamiyat  taraqqiyotining  keyingi  bosqichlarida  xalq  ta‘limi,  va  o‘qituvchi 
xodimlar tayyorlash tizimini rivojlanishi. 
Respublikada  hozirgi  zamon  ta‘lim  tizimini  qayta  qurishning  ob‘ektiv 
zarurligi, uni qayta qurishning asosiy yo‘nalishlari, uzluksiz ta‘lim jarayonini sifati 
va  samaradorligini  oshirish,  uni  demokratlashtirish  va  insonparvarlashtirish, 
ta‘limni  tizimining  ilmiy-metodik,  moddiy  texnikaviy  va  kadrlar  bazasini 
mustahkamlashdir. 
2-Mavzu: O‘zbekistonda ta‘lim rivojining asosiy yo‘nalishlari. 
O‘zbekistondagi  ta‘limni  xozirgi  zamon  ijtimoiy  jarayondagi  eng  muhim 
bo‘g‘inlardan hisoblanadi.  
Ta‘limning tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xususiyatlari respublikada 
butun ta‘limni yanada rivojlantirish asosi sifatida. 
Jamiyat,  jamoa  va  shaxs  manfaatlari  birligi  va  o‘zaro  boqliqligining  ilmiy 
asoslangan tamoyilining  tarbiyalash va ta‘lim berishdagi o‘rni. 
3-Mavzu: Respublikada ta‘limni insoniylashtirish va ijtimoiylashtirish. 
Ta‘limni  insonparvarlashtirish  muammosining  xozirgi  davrda  dolzarbligi; 
ta‘lim  muassasalarining  ijtimoiy  vazifalarini  bajarishning  xal  qiluvchi  sharti, 
ta‘lim va tarbiyani insoniylashtirishga yo‘naltirishni amalga oshirish omili, uning 
shaxsiy va kasbiy rivojlanishi bo‘lib xisoblanadi. 
Insonparvarlik g‘oyalari  kasbiy vazifalarini bajarishda ustuvor asos sifatida 
qaraladi.  Ta‘limni  ijtimoiylashtirish  shaxsni  insonparvarlashtirishning,  olamga 
ma‘naviy-amaliy munosabatda bo‘lishning asosiy vositalaridan biridir. 
Kasbiy  bilimlarni  shakllantirish  jarayoni  shaxsni  shakllantirish  muammosi 
bilan  chambarchas  boqliqdir.  O‘qituvchi-tarbiyachi  ongini  insoniylashtirish. 


 
59 
O‘qituvchining  insonni  har  tomonlama  bilishga  asoslangan  insoniylik  o‘rnining 
ilmiy asoslari. 
4-Mavzu: Matematika fanini o‘qitish mazmunini ijtimoiylashtirish. 
Barcha  ijtimoiy  jarayonlarni  insoniylashtirish  zaruriyati  butun  ta‘limni 
tizimning qayta qurilishini boshlab berdi. 
Ta‘lim maqsadlari, matematika fanini o‘qitish mazmunini qimmatli jihatlari 
xaqida,  o‘z-o‘zini  rivojlantirishga  mo‘ljallangan  faol  shaxs  xaqida  va  hamkorlik 
metodi xaqida gumanistik tasavvurlash. 
5-Mavzu:  o‘quv  jarayonini  insoniylashtirishning  samarali  shakl  va 
metodlari. 
O‘z  o‘qituvchisi  bilan  hamkorligi,  ham  ijodkorligi  jarayonida  shaxsining 
sub‘ektiv jihatdan rivojlanishi. 
o‘quvchi va uning didaktik munosabatlarini insoniylashtirish. 
6-Mavzu: o‘quvchini tarbiyalash jarayonini insoniylashtirish. 
-  ta‘limni  nazariy  asoslari  to‘g‘risidagi  tasavvur  orqali  yangi  ta‘limni 
tafakkurni shakllantirish; 
-  inson  to‘g‘risidagi  bilimlarni  uning  kasbiy  maxorati  asoslarini  o‘zida 
mujassamlashtirgan bilimlar tizimi; 
- ta‘limni amaliyotda kasbga psixologik xayrixoxlikni shakllantirish; 
-  ta‘limni  amaliyotda  avlodlarning  boy  ma‘naviy  meroslaridan  ijodiy 
foydalanish; 
- ta‘limni bilimlarning mazmunan boy asosi inson tabiatini tushunish, uning 
borliqdagi faoliyati kasbiy faoliyati bilan bog‘langan. 
- shaxsni ongli rivojlanishining yo‘llari, kasb faoliyati 
-  o‘qituvchi  va  bilan  muloqot  jarayoni  ichki  va  tashqi,  tashqi  va  ichki 
uslubida munosabatda bo‘ladi. 
Ta‘limni  insonparvarlashtirishi  bilim  va  o‘quvlarni  chuqurlashtirishga,  o‘z 
shaxsiy  fazilatlarini  takomillashtirishga  da‘vat  etibgina  qolmasdan,  balki 


 
60 
shaxsning  inson  turmushi  va  ongining  birlamchi  masalalari  va  qiyinchiliklariga 
e‘tiborni qaratadi, o‘zida madaniy-tarixiy tajribani jamlash ehtiyojini uyg‘otadi.  
Nizomiy  nomidagi  Toshkent  Davlat  pedagogika  universiteti  boshlang‘ich 
ta‘lim  metodikasi  fakultetining  4-kurs  talabalari  pedagogik  amaliyot  davrida 
tajriba  guruhida  matematika  tarixidan  olib  borilgan  seminar-amaliy  ishlar  biz 
ishlab  chiqqan  insonparvarlashtirishlar  muloqoti  metodikasi  uchun  sinov  ob‘ekti 
bo‘ldi. 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish