Gijja asosan bolalarning ingichka va yo‘g‘on ichagi bo‘shlig‘ida yashaydi. Urg‘ochisi
urug‘langandan so‘ng orqa ichakning keyingi qismiga chiqib oladi.
Tuxu-mini orqa chiqaruv
teshigi atrofidagi teriga qoyadi. Tuxum ichida tez kunda lichinkalar rivojlanadi. Ana shunday
tuxumlar iflos qo‘l va oziq-ovqat bilan yana ichakka tushib qolganida ulardan lichinkalar
chiqadi. Bolalar gijjasi orqa chiqaruv teshigi atrofidagi terini qichitib, kishini juda bezovta qiladi.
Qilbosh gijja - Trichocephalis trichiurus
uzunligi 35—50 mm, ko‘richakda, ba‘zan
yo‘g‘on ichakda yashaydi. Tanasining ipga o‘xshash ingichkalashgan oldingi qismi orqali ichak
devorining shilimshiq qavatiga kirib oladi (66-rasm). Odam qilbosh chuvalchang tuxumlari bilan
ifloslangan suv va oziq-ovqatdan zararlanadi. Bu chuvalchang ayrim mamlakatlarda (masalan,
Italiyada) ancha keng tarqalgan, lekin odam sog‘lig‘iga katta ziyon keltirmaydi.
O’n ikki barmoq ichak qiyshiqboshi yoki svaynik-Ancylostoma duodenale
mayda (10-18
mm), qizg‘ish chuvalchang, subtropik va tropik o‘lkalar va Janubiy Yevropada tarqalgan. Parazit
ta‘sirida organizmda anemiya paydo bo‘ladi, svaynikning og‘iz bo‘shlig‘ida xitin tishchalari
bo‘ladi. Parazit tishchalar yordamida ichak devoriga
yopishib, ichak epiteliysi bilan oziqlanadi.
Tuxumlari axlat bilan zax joylarga yoki suvga tushganida ulardan bir sutka davomida lichinkalar
chiqadi. Lichinkalar ikki marta tullagach, invaziyali bo‘lib, qoladi.
Trixina- Trichinella spiralis
hayotining bir qismini ichakda, qolgan qismini muskul
to‘qimasida o‘tkazadi. Trixina ko‘pchilik sutemizuvchirni zararlaydi. Voyaga yetgan trixina
ingichka ichakda yashaydi. Urg‘ochisi ichak bo‘ shlig‘iga tirik lichinkalar tug‘adi.
Lichinkalar
limfa, so‘ngra qon tomirlari orqali tananing har xil joylariga borib qoladi. Lichinkalar ko‘
ndalang targ‘il muskul tolalariga o‘tib, 2 haftagacha oziqlanib, spiral buraladi va kapsulaga
o‘raladi. Bir yildan so‘ng devoriga ohak modda to‘plangan kapsula oqish tusga kiradi. Odam va
hayvonlar kapsulali go‘ shtni yeb zararlanadi. Odam trixina uchun yopiq xo‘jayin hisoblanadi.
Cho‘chqalar kasal kalamushlarni, kalamushlar esa boshqa kasal kalamushlarni yeb zararlanadi.
Rishta- Dracunculus medinensis
tropik va subtropik o‘ lkalarda tarqalgan. Tanasi ipga o‘
xshash, uzunligi 32-100 sm. Rishta oyoq, ba‘zan qo‘ l terisi ostidagi biriktiruvchi to‘qimada
parazitlik qiladi (67-rasm). Terining rishta bilan zararlangan joyida ho‘l yara paydo bo‘ladi.
Yaradan rishtaning bir uchi chiqib turadi. Tanasining qolgan qismi yara ostida kalavaga o‘ xshab
o‘ ralib yotadi. Rishta tirik lichinkalar tug‘ib ko‘ payadi. Rishta bilan zararlangan odam yarasini
suvda yuvadigan bo‘ lsa, lichinkalar suvga tushib, ularni sikloplar yutib yuboradi.
Odam yoki
hayvonlar siklopli suvni ichganida rishta lichinkasini yuqtiradi. Odam tanasida lichinka bir yil
davomida voyaga yetadi.
Aholini vodoprovodlar orqali ichimlik suv bilan ta‘minlash va boshqa ko‘rilgan chora-
tad-birlar tufayli O‘zbekistonda rishta aholi o‘rtasida tugatilgan. Rishta bilan zararlanish yovvoyi
hayvonlar o‘ rtasida saqlanib qolgan.
Bankroft ipchasi- Wuchereria bancrofti
subtropik va tropik o‘lkalarda tarqalgan.
Odamlarda
elifantiazis - fil kasalligi
paydo qiladi. Voyaga yetgan parazit limfatik bezlar va
tomirlarda yashaydi. Limfa yo‘li bekilib qolishi tufayli limfa to‘xtab qolib, zararlangan joy juda
yo‘g‘onlashib ketadi (67-rasm). Urg‘ochi nematoda limfa tomirlarida juda ko‘p tirik lichinkalar
tug‘adi. "Kechki mikrofillariy" deb ataladigan lichinkalar kunduzi ichki organlarga o‘tib oladi,
faqat kechasi periferik tomirlarda paydo bo‘ ladi. Kechqurun yoki kechasi chivinlar qon so‘
rganida lichinkalar ularning oshqozoniga va undan tana bo‘shlig‘iga o‘tib olib,
chivin xartumi
asosida to‘ planadi. Chivin qon so‘rish uchun terini teshganida ular teri ustiga chiqadi. So‘ngra
o‘ zlari xo‘ jayin tanasiga kiradi.
Bo’rtma nematodalari (Meloidogyne)
- o‘simliklarning yerostki qismlari (ildizi,
tuganagi)da parazitlik qiladi (68-rasm). O‘simlikning nematoda zararlagan qismida har xil
bo‘rtmalar paydo bo‘ladi. Bo‘ rtma nematodalarida jinsiy dimorfizm juda yaxshi rivojlangan,
voyaga yetgan erkagi ipsimon, uzunligi 1,5—2 mm bo‘lib, oziqdanmaydi, tuproqda yashaydi.
Urg‘ochilari noksimon shaklda, maxsus stilet yordamida o‘simlik hujayralarini so‘rib
oziqdanadi. Urg‘ochi nematoda maxsus tuxum xalta - ootekaga yuztaga yaqin tuxum qoyadi.
Tuxumdan
lichinkalar tuproqqa chiqib, o‘simlik ildizini zararlaydi. Qulay sharoitda yil davomida
nematodalarning bir necha nasli rivojlanadi.
Bug’doy nematodasi - Anguina tritici
bug‘doy va ayrim boshoqli ekinlarga ziyon
keltiradi. Zararlangan bug‘doy boshoqlarida don o‘rniga nematodaning bo‘rtmasi hosil bo‘ladi.
Bo‘ rtma ichida 15-17 minggacha anabioz holatidagi lichinkalar bo‘ladi. Quruq donda lichin-
kalar 20 yilgacha tirik saklanishi mumkin.
Kartoshka nematodasi - Ditylenchus destructor
kartoshkaning ildizi va tuganagiga ziyon
keltiradi. Zararlangan o‘simlik hosili kamayib ketadi; tuganagi qorayib, po‘sti ko‘chadi
va tez
chiriy boshlaydi. O‘simliklarning parazit nematodalari tuproq, turli ko‘chatlar va suv orqali
tarqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: