Ayirish sistemasi. Odatda
hayvonlarda
organizmdan
moddalar
almashinuvi
mahsulotlarini chiqarish va osmotik bosimni boshqarish funksiyasini maxsus ayirish organlari
bajaradi. Bir hujayralilar ayirish organi bitta yoki ikkita qisqaruvchi vakuoladan iborat. Dengiz
va parazit bir hujayralilarda qisqaruvchi vakuolalar bo‘ lmaydi. Yassi va to‘ garak
chuvalchanglar ayirish sistemasi umumiy ayirish nayiga ochiladigan juda ko‘p naychalar va ular
bilan tutashgan hujayralardan iborat. Tana bo‘shlig‘i va qon aylanish sistemasining rivojlanishi
bilan ayirish sistemasi ham murakkablashib boradi. Halqali chuvalchanglar ayirish organlari bir
uchi tana bo‘ shlig‘iga, ikkinchi uchi teri ustiga ochiladigan juft organlardan iborat. Kupchilik
bo‘ g‘imoyoqlilar ayirish sistemasining tuzilishi va funktsiyasi ham halqali chuvalchanglarnikiga
o‘xshash bo‘ladi. Hasharotlar va ko‘poyoqlilar ayirish organi vazifasuini ichak bo‘shlig‘iga
ochiladigan malpigi naychalari bajardi. Umurtqalilar ayirish sistemasi qon aylanish sistemasi
bilan bog‘langan murakkab buyraklardan iborat.