Tashqi tuzilishi.
Boshoyoqlilarning tuzilishi boshqa molluskalardan keskin farq qiladi.
Tanasi aniq bosh va gavdadan iborat. Paypaslagich yoki qo‘llarga aylangan oyog‘i,
boshida
joylashgan, og‘iz teshigini o‘rab turadi. Oyog‘ining boshqa bir qismi voronkani hosil qiladi.
Qadimgi boshoyoqlilarning (nautilus) chuvalchangsimon paypaslagichlari ancha ko‘p bo‘ladi
(106-rasm). Kuchli rivojlangan orqa paypaslagichlari chig‘anoq teshigini yopib turadi.
Sakkizoyoqli boshoyoqlilarning paypaslagichlari 8 ta, o‘noyoqlilarniki 10 ta bo‘ladi.
Sakkizoyoqlilar paypaslagichlarining asosi yo‘g‘onlashgan, uchki qismi esa ingichkalashgan.
Paypaslagichlar diskka o‘xshash so‘rg‘ichlar bilan ta‘minlangan. So‘rg‘ichlar ularni substratga
yopishishg yoki o‘ljani tutishiga yordam beradi. O‘noyoqlilarda esa bunday paypaslagichlar
bilan bir qatorda ikkita uzun tutuvchi paypaslagichlar ham bor. Tutuvchi paypaslagichlar uchki
qismi kengaygan. Boshoyoqlilar boshining ikki yonida yirik ko‘ zlari joylashgan.
Boshoyoqlilar tanasini har tomondan qalin mantiya o‘rab turadi. Qorin tomonida mantiya
tanadan ajralib, mantiya bo‘shlig‘ini hosil qiladi. Boshi yaqinida
joylashgan ikkita mantiya
teshigi mantiya bo‘shlig‘ini tashqi muhit bilan bog‘lab turadi. Mantiya bo‘shlig‘ining qorin
tomonida bir juft yarimoysimon chuqurcha joylashgan. Bu chuqurchalarning qarama-qarshisida
mantiyaning ichki devorida tog‘ayli ikkita qattiq bo‘rtmachadan iborat yopqich tugmachalar
bo‘ladi (107, 108-rasmlar). Mantiya muskullari qisqarganida
mantiya tanaga yopishib,
tugmachalar yarimoysimon chuqurchalarga kiradi va mantiya teshikchalarini mahkam bekitadi.
Mantiya teshiklarining ustida, ya‘ni boshi asosida muskulli qonussimon voronka bor. Mantiya
muskulari qisqarganida
mantiya teshiklari yopilib, mantiya bo‘shlig‘idagi suv voronka orqali
katta kuch bilan siqib chiqarilishi tufayli reaktiv harakat paydo bo‘ ladi. Muskullar bo‘
shashganida esa suv mantiya bo‘shlig‘ini to‘ldiradi. Mantiyaning damba-dam qisqarishi va suvni
mantiya bo‘shlig‘idan otilib chiqishi, bir tomondan boshoyoqli molluskalarni orqa tomoni bilan
oldinga suzishga yordam bersa, ikkinchidan nafas olish uchun zarur bo‘lgan
suvni yangilanib
turishiga imkon beradi.
Boshoyoqlilarning oyog‘i ularning paypaslagichlari va voronkasiga mos keladi.
Evolyutsiya davomida boshoyoqlilar paypaslagichlari oyoqning oldingi qismidan kelib chiqqan.
Embrional rivojlanishda paypaslagichlar og‘izdan orqaroqda shakllana boshlaydi, lekin keyinroq
boshiga ko‘chadi. Paypaslagichlarni oyoq gangliylari tomonidan innervatsiya qilinishi ham
ularni oyoqlan kelib chiqqanligini isbotlaydi. Bundan tashqari sodda tuzilgan nautilusning
voronkasi
voronka shaklida emas, balki tarnovga o‘xshash bo‘lishi bilan suzib yuradigan
qorinoyoqlilarning oyog‘iga juda o‘xshab ketadi.
Chig‟anog‟i.
Faqat sodda tuzilgan boshoyoqlilar, masalan, kemacha (Nautilus)ning
yaxshi rivojlangan ohak spiral chig‘anog‘i bo‘ladi. Chig‘anoq bo‘shlig‘i ko‘ndalang to‘siqlar
yordamida bir necha kameralarga bo‘nadi. Nautilus tanasi eng yirik oxirgi kamerada joylashgan.
Boshqa kameralar gaz va bir oz suyuqdik bilan to‘lgan. Chig‘anoq gidrostatik apparat vazifasini
bajaradi. Chunki kameralardagi gaz bilan suyuqdik hajmining o‘zaro nisbatini o‘zgarishi
hayvonni suv yuziga ko‘tarilishiga yoki pastga tushishiga yordam beradi.
Hozirgi
boshoyoqlilarning chig‘anog‘i reduktsiyaga uchrashi, ularni mantiya burmalari o‘rab olishi
tufayli ichki chig‘anoqqa aylangan. Dengizning ancha chuqur joyida
uchraydigan spirulaning
spiralga o‘xshash chig‘anog‘i juda kichik bo‘lganidan tanasining faqat bir qismi chig‘anoqqa
joylashadi. Tananing qolgan qismi esa chig‘anoqni har tarafdan o‘rab oladi.
Karakatitsa va kalmarlar chig‘anog‘i plastinkalar shaklida molluskaning orqa tomonida
mantiyaning ostida saqlanib qolgan. Ko‘pchilik sakkizoyoqlilar chig‘anog‘i esa butunlay
yo‘qolib ketgan. Argonavt sakkizoyoqlisining faqat urg‘ochisida chig‘anoq bo‘ladi. Uning spiral
chig‘anog‘i kameralarga bo‘linmagan. Bunday chig‘anoq ikkilamchi kelib chiqqan bo‘lib,
tuxumini olib yurish uchun xizmat qiladi (109-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: