O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


Yosh va pedagogik psixologiyaning empirik metodlari



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/336
Sana08.02.2022
Hajmi5,33 Mb.
#435143
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   336
Bog'liq
fayl 781 20210505

 
Yosh va pedagogik psixologiyaning empirik metodlari
 
Asosiy metodlar 
Kuzatish 
Psixologik holatlarning sabablarini 
ilmiy tarzda tushuntirib beruvchi 
tadqiqot metodi. 
 
Eksperiment 
Psixologik 
ma’lumotlarni 
aniqlashga 
qaratilgan sharoitlarni yaratish maqsadida 
tadqiqotchining 
tekshiriluvchi 
faoliyatlariga faol aralashuvi 
Hayotiy 
kuzatish 
ma’lumotlari-ni 
qayd 
etish 
bilangina 
cheklanib, 
tasodifiy 
xarakterga ega

Ilmiy 
kuzatish 
ma’lumotlar-ni 
qayd 
qilishdan 
ularning 
ichki 
mohiyatini 
tushuntirib 
berishga o‘tish, 
uning 
zaruriy 
sharti – aniq reja 
va 
natijalarni 
maxsus kundalik 
yoki 
bayonnomalarda 
Laboratoriya 
eksperimenti 
maxsus 
yaratilgan sharoitlarda, 
maxsus (apparaturalar) 
asbob 
uskunalar 
yordamida o‘tkaziladi. 
Tekshiriluvchi 
xatti-
harakatlari 
ko‘rsatma 
orqali belgilanadi.
 
Tabiiy 
eksperiment 
oddiy 
hayotiy 
sharoitlarda 
o‘tkazilib, turli 
yosh davrlarida 
bilish 
imkoniyatlarini 
o‘rganish uchun 
qo‘llaniladi. 
 


16 
qayd etishdir

 
 
Psixologik-pedagogik eksperiment 
Aniqlovchi 
 
Shakllanti-
ruvchi 
 
Nazorat 
 
 
 
Yordamchi metodlar 
Faoliyat mahsulini tahlil qilish
Tarjimai hol metodi 
Sotsiometriya
Anketa
Suhbat 
Egizaklar metodi
Test 
 
 
1.
 
Kuzatish metodi. 
Kishining har kungi psixik faoliyatini odatdagi hayot va
 
sharoitlarida tahlil qilishdan iboratdir.
 
 
Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyada bu metodning ob’ektiv 
(tashqi) va sub’ektiv (o‘zini-o‘zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi 
o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 
 
a)kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;
b) kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; 
 
v) sinaluvchining yoshi, jinsi haqida ma’lumotlar to‘planadi; 
g)tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalapggiriladi; 
d)kuzatish qancha davom etishi qat’iylapggiriladi; 
 
ye
) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat, 
sportda) amalga oshirilishi tavsiya etiladi; 
yo) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa) tayinlanadi; 
 
j) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat 
daftari, kuzatish varaqasi, magnitofon, videomagnitofon va 
boshqalar) taxt qilinadi. 
Kuzatish intervallari yoshga bog‘liq bo‘lishi kerak. 
Tug‘ilgandan 2 - 3 oygacha – har kuni 
2 - 3 oydan - 1yoshgacha – har hafta 
Ilk bolalik ya’ni 1 – 3 yoshda – har oyda 
3 yoshdan 6 – 7 yoshgacha – yarim yilda 1 marta 
7 – 11 yoshda – 1 yilda 1 marta kuzatish o‘tkazilishi zarur. Kuzatish — universal 
metod bo‘lib, turli vaziyatlarda ishlatiladi. Ilmiy kuzatish hayotiy (ilmiy 
bo‘lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Hayotiy kuzatish – kundalik hayotda, 
rejasiz amalga oshirilib, turli tasodiflarga bog‘liq bo‘ladi. Kuzatish ilmiy bo‘lishi 
shu bilan bir qatorda psixologik-pedagogik kuzatish bo‘lishi uchun bir qancha 
talablarga amal qilishi lozim: 


17 
1. Maqsadga yo‘nalganlik. Umuman o‘quvchini emas, balki uning shaxsiy sifatlari 
qonkret namoyon bo‘lishini turli vaziyatlarda va faoliyatning har xil turlarida – 
o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqat jarayonida kuzatish. 
2. Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan vazifalar belgilanishi (nimani 
kuzatish), reja tuzilishi (vaqti va vositalari), ko‘rsatkichlari aniqlab olishi (nimani 
qayd etish), bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar va ularni oldini olish yo‘llari, taxmin 
qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim. Bunda kuzatilayotgan xususiyat aniq 
belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur). Kuzatishdan maqsad xulq-
atvordagi topilgan kamchiliklarni to‘g‘irlash yo‘llarini ishlab chiqish bo‘lmog‘i 
lozim. 
3. Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo‘lgan emas, balki 
mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vazifa bo‘lmog‘i lozim. 
4.Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish o‘quvchilar uchun tabiiy sharoitlarda 
o‘tkazilishi lozim. U o‘qituvchining ishtirokisiz o‘tkazilishi zarurki, o‘quvchi 
kuzatilayotganini sezmasin. 
5. Tizimlilik. Kuzatish o‘qituvchining xohishi bilan emas, balki doimiy reja 
asosida, tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan ma’lum oraliqdan so‘ng o‘tkazilishi 
zarur. 
6. Ob’ektivlik. Kuzatish jarayonida o‘z taxminlarini emas, ob’ektiv fakt, harakat, 
o‘quvchilar xulq-atvorining ob’ektiv xususiyatlarini qayd etish va shu asosda 
xulosa chiqarish lozim. 
7. Qayd etish. Olingan barcha ma’lumotlar ma’lum tizimda qayd etilishi lozim. 
Olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki uni o‘tkazilgandan so‘ng darhol qayd 
qilishi kerak. 
Kuzatish orqali turli odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, nerv sistemasining tashqi 
ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, nutq faoliyati va 
hokazolari o‘rganiladi. Ammo, o‘ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, 
yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu 
metodning imkoni yetmaydi. 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   336




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish