Psixolog
I.A.Zimnyaya
bo‘yicha pedagogik psixologiyaning predmeti –inson
tomonidan
ijtimoiy-madaniy
tajribani
o‘zlashtirishning
qonuniyatlari,
mexanizmlarini, shuningdek, bu jarayon natijasida yuzaga keluvchi ta’limning turli
sharoitlarida pedagog tomonidan tashkil etiluvchi va boshqariluvchi o‘quv faoliyati
sub’ekti sifatida inson shaxsi rivojlanishi va intellektual darajasidagi o‘zgarishlarni
o‘rganishdan iborat.
Pedagogik psixologiya -
ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir
etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir. Pedagogik
psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash
qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni,
o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tatqiq
etishdir. Pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri – maktabdagi ta’lim
jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan
iborat bo‘lib,bu hol yangi ta’lim dasturiga o‘tish bilan bog‘liqdir. Pedagogik
psixologiya uch bo‘limdan iborat: ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va
o‘qituvchi psixologiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |