266
1.Bolaning rivojlanishida uning hayotidagi har bir senzitiv davrni topish va undan
iloji boricha ko‘proq foydalanish muammosi.
Bu masalaning muammoliligi
shundaki, birinchidan, bola shaxsi va intellekti rivojlanishining barcha senzitiv
davrlari ma’lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom etishi va qachon
tugashi noma’lum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti o‘ziga
xos individual
bo‘lib, turli davrda har xil kechadi.
2. Bolaga ongli tashkil etilgan pedagogik ta’sir va uning psixologik taraqqiyoti
orasidagi bog‘lanish muammosi. Bolaga ta’lim va tarbiya ta’sir etadimi, yoki bola
faqat bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lib, intellektual va axloqiy
rivojlanishga ta’sir qilmaydimi? Har qanday ta’lim bolaning rivojlanishiga ta’sir
qiladimi yoki faqat muammoli va rivojlantiruvchi ta’limmi?
3. Ta’lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining har bir
aniq davrida ta’limga yoki tarbiyaga urg‘u berish kerakmi?-
bola hayotining ayni
davrida nimaga ko‘proq ehtiyoj sezadi: kognitiv –intellektual yoki shaxs sifatida
rivojlanishgami?
4.Pedagogik ta’sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining sistemali xarakteri
muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va shaxsiy hislatlarning o‘zgarishi sifatida
tasavvur qilsak, ularning har biri alohida rivojlanishi mumkin, o‘z
navbatida
ularga bog‘liq.
5. Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivojlanishi ta’lim va
yetilishga, layoqat va qobiliyatlar, genotip va muhitga bog‘liqligi muammosi.
6. Bolaning ongli ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorligi muammosi. Bu
muammoni hal qilishda ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorlik deganda nima
nazarda tutilishi: bolada layoqatlarning mavjudligi ma’nosidami yoki ta’lim va
tarbiyaga qobiliyatning rivojlanganligi ma’nosidami, bolada yaqin taraqqiyot
zonasi va rivojlanish darajasi mavjudligi ma’nosidami, intellektual va shaxsiy
yetuklikning ma’lum darajasiga erishilganligi ma’nosidami?
7. Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pedagogik ta’sirlarni
o‘zlashtira olmasligi unga bolaligida yomon ta’lim va tarbiya berilganligi.
8. Ta’limni individuallashtirishni ta’minlash muammosi.Bolalarning
layoqat va
qobiliyatlari asosida guruhlarga bo‘lib o‘qitish, har bior bolaning individual
xususiyatlarga mos ta’lim va tarbiya metodlarini tanlash tushuniladi.
Yuqorida
keltirilgan
psixologik-pedagogik
muammolarni
hal
qilish
o‘qituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, ko‘nikma va
malakalarni talab qiladi.
Bolaga amaliy psixologik-pedagogik ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq ikki
guruh metodlar mavjud.Bu psixologik maslahat va korreksiyadir.
Psixologik
masalahat bolaning rivojlanishi davomida duch kelgan muammolarni o‘rganish
va tanishish asosida unga og‘zaki tavsiyalar va nasihatlar turida yordam
ko‘rsatishdir. Korreksiya psixologning qiziqtirayotgan shaxsga bevosita
pedagogik ta’sir ko‘rsatishidir.
Xususan, pedagogik psixologiya “bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashning
qonuniyatlarini; bu jarayonda namoyon bo‘ladigan
individual farqlarni;
o‘quvchilarda faol mustaqil ijodiy tafakkur shakllanishi qonuniyatlarini; ta’lim va
267
tarbiya ta’siri ostida psixikada yuzaga keladigan o‘zgarishlarni, ya’ni yangi psixik
tuzilmalar shakllanishini o‘rganadi. ”
Pedagogika bilan pedagogik psixologiya o‘rtasida yana ham mustahkam va
ajralmas aloqa bordir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda boshqa ta’lim-
tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-harakatlarining qonkret turlarini
o‘rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanning, ya’ni psixologiya va pedagogika
fanlarining tutashgan joyidan o‘rin olgandir. Pedagogik psixologiya maktabda
bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini o‘rganadi, bu
jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni tekshiradi, o‘quvchilarda
aktiv, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiya ta’siri bilan o‘quvchilar
psixikasida sodir
bo‘ladigan o‘zgarishlarni ham o‘rganadi. Bundan tashqari, o‘quv materiallarining
o‘quvchilarga mos kelishi, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan
samaradorligi, darslik, o‘quv qurollari, asbob- uskunalar
va maktab ishlarining
rejimiga nisbatan bo‘lgan psixologik talablar kabi muammolarning hammasini ham
pedagogik psixologiya o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: