30
2.2-§. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tutashmalar” mavzusini
o‘qitishga oid metodik tavsiyalar
Avval ta’kidlaganimizdek, geometrik chizmachilik bo‘limi fanning boshqa
bo‘limlarini o‘qitish uchun asos vazifasini o‘taydi. Masalan, bolt kallagi
chizmasini chizishda aylanani teng 4 yoki 6 bo‘lakka bo‘lishni, konturi sirkul yoki
lekalo egri chizig‘idan tashkil topgan detal chizmasini chizishda egri chiziqni
chizish qoidalarini bilish talab etiladi. Shuning uchun buyum chizmasini chizishda
qo‘llaniladigan quyidagi geometrik yasashlarni bilish talab etiladi:
- o‘zaro parallel to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazish;
- kesmani teng bo‘laklarga bo‘lish;
- to‘g‘ri chiziqqa perpendikular chiziq o‘tkazish;
- burchak bissektrissalarini o‘tkazish;
- turli qiziqarli geometrik yasashlar;
- aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish va muntazam ko‘pburchaklar yasash;
- qiyalik va konusliklarni bajarish;
- tutashmalarni bajarish qoidalari va ularni amalda qo‘llash;
- sirkul egri chiziqlarini chizish qoidalari va ularni amalda qo‘llash;
- lekalo egri chiziqlarini chizish qoidalari va ularni amalda qo‘llash va
hokazolar.
Geometrik chizmachilikda “Tutashmalar” mavzusi mavjud bo‘lib, u
ta’limning barcha bosqichlarida o‘qitiladi. Alqissa, umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida ham “Tutashmalar” mavzusi VIII sinf o‘quvchilariga o‘rgatiladi.
“Tutashmalar” mavzusi mazmuni maktab darsliklarida yoritilgan. 2006-
2010-yillarda amalda foydalanilgan «Chizmachilik 8» darsligi (A.Umranxo‘jaev,
2006 y.) dasturga amal qilinmagan holda yozilgan, ya’ni, dasturga mos ketma-
ketlikda yozilmagan. Mazkur darslikda ikkita aylanani uchinchi yoy orqali
tutashtirish, to‘g‘ri chiziqni aylana yoyi orqali tutashtirish ko‘rsatilmagan. Ammo
grafik vazifalarda bu ma’lumotlar o‘quvchidan talab qilingan.
31
2010- yildan hozirgi kungacha I.Rahmonov muallifligida yozilgan
“Chizmachilik 8” darsligidan foydalanilmoqda. Mazkur darslik o‘zining ilmiy va
metodik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi, fan dasturiga mosligi, mutaxassislar
tomonidan ijobiy baholanganligi bilan ajralib turadi.
Amaldagi
maktab
chizmachilik
dasturi
va
darsligida
“Tutashmalar”mavzusiga 3 soat ajratilgan. Ushbu mavzular nomi va mazmuni
quyida keltirilgan.
1-soat
. “
Tutashmalar. To‘g‘ri, o‘tmas va o‘tkir burchak tomonlarini
tutashtirish”
5
.
Unda tutashma ta’rifi va uning elementlari bayon etilgan.
Shuningdek, “Aylanaga urinma to‘g‘ri chiziq o‘tkazish”, “Ikkita to‘g‘ri chiziqqa
urinma aylana yoyini o‘tkazish”, “To‘g‘ri, o‘tkir va o‘tmas burchak tomonlarini
tutashtirish” kabi materillar yoritilgan.
2-soat
. “
Aylana va to‘g‘ri chiziqni tutashtirish”
6
.
Unda “Ikkita aylanani
to‘g‘ri chiziq bilan tutashtirish”, “Aylana va to‘g‘ri chiziqni aylana yoyi bilan
tutashtirish”, “Aylanaga aylanani urintirish”, “Aylanaga aylanani tashqi urintirish”,
“Aylanaga aylanani ichki urintirish” kabi materillar yoritilgan.
3-soat
. “
Ikkita aylanani uchinchi aylana yoyi yordamida o‘zaro
tutashtirish”
7
.
Unda “Ikkita aylanani uchinchi aylana yoyi bilan tashqi
tutashtirish”, “Ikkita aylanani uchinchi aylana yoyi bilan ichki tutashtirish kabi
materillar yoritilgan.
O‘quvchilarning “Tutashmalar” mavzusiga oid bilimi va ko‘nikmasini
shakllantirish va mustahkamlash uchun grafik vazifa bajartirish rejalashtirilgan. Bu
to‘g‘ri bo‘lib, unda o‘quvchining egallagan nazariy bilimi amalda tekshiriladi,
mustahkamlanadi va grafik savodxonligi rivojlanadi.
Biz maktab darsligidagi materiallarni o‘qitish jarayonida quyidagilarga e’tibor
berishni tavsiya qilamiz.
5
Rahmonov I
. Chizmachilik 8. –T.: “O‘qituvchi”, 2014- y.36-38- betlar.
6
Rahmonov I
. Chizmachilik 8. –T.: “O‘qituvchi”, 2014- y.39-40- betlar.
7
Rahmonov I
. Chizmachilik 8. –T.: “O‘qituvchi”, 2014- y.41-43- betlar.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |