1.2.18-rasm
4. Ikkita bir xil radiusli aylanalarni tutashtiruvchi yoyning
O
markazi
aylanalarning
O
1
va
O
2
markazlarini tutashtiruvchi kesmaning o‘rta
perpendikularida yotadi. Ikki aylananing tutashmasi tashqi (1.2.18-rasm,
e
) va ichki
(1.2.18-rasm,
j
) bo‘lishi mumkin.
24
ASOSIY QISM
II BOB. “TUTASHMALAR” MAVZUSINI TA’LIM BOSQICHLARIDA
O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI
2.1-§. Ta’limning uch bosqichi: UO‘TM, KHT, OTM larda “Tutashmalar”
mavzusining o‘qitilish darajalari tahlili
Ta’lim tizimi – yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida ta’lim sohasidagi
davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi
o‘quv-tarbiya muassasalari majmuidir.
O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimi maktabgacha ta’lim,
umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kab-hunar ta’limi, oily ta’lim, oily o‘quv
yurtidan keying ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash,
maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini, ularning faoliyatini nazorat qiluvchi va
tartibga soluvchi boshqaruv organlarini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi.
1. Maktabgacha ta’lim.
2. Umumiy o‘rta ta’lim.
3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi.
4. Oliy ta’lim.
5. Oliy o‘quv yurtidan keying ta’lim.
6. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
7. Maktabdan tashqari ta’lim.
Yuqoridagi ta’lim turlarining davlat ta’lim standartlari (DTS) mavjud.
“Standart” inglizcha so‘z bo‘lib – me’yor, namuna ma’nolarini beradi. DTS –
uzluksiz ta’lim bosqichlarining asosiy ta’lim dasturlari mazmunining zaruriy
minimumini, o‘quvchilarga yuklanadigan o‘quv yuklamalarining maksimal
hajmini, ta’lim muassasasi bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini, ta’lim
25
jarayonini ta’minlash (uning moddiy-texnik, o‘quv-laboratoriya, axborot-metodik,
kadrlar ta’minoti)ning asosiy talablarini aniqlab beradigan me’yor va talablar
sanaladi.
Umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar) va umumiy ta’lim (V-
IX sinflar) kabi bosqichlarda tashkil etiladi. Umumiy o‘rta ta’limning maqsadi
maqsadi o‘quvchilarga fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim berish, ularda
o‘quv-ilmiy, umummadaniy bilimlarni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash
qobiliyatini, atrof-muhitga bo‘lgan ongli munosabatni shakllantirishdan iborat.
Bugungi kunda respublikada faoliyat olib borayotgan umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining soni 9779 tani tashkil etadi.
“2004-2009- yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy
dasturi” va “2009-2014- yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat
umummilliy dasturi”ni amalga oshirish uchun 8500dan ziyod maktab qurildi va
capital ta’mirlandi, 278 ta bolalar musiqa va san’at maktablari, 2ta respublika
ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga
oshirildi, 1074ta Axborot-resurs markazlari tashkil qilindi, 20 tadan ortiq elektron
darslik, 40 tadan ortiq vizual laboratoriya ishlari tayyorlandi. Mustaqqillikk
erishganimizdan so‘ng 20 yil davomida maktab o‘quvchilarining darslik bilan
ta’minlanish darajasi 55,4 %dan 99,4 %ga oshdi.
Chizmachilik fani umumiy ta’limning VIII-IX sinflarida o‘qitiladi. 2010-
yildan buyon amalda dotsent Ikrom Rahmonovning “Chizmachilik 8” va
“Chizmachilik 9” darsliklaridan foydalanilmoqda. Respublika umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida ta’lim 7 tilda – o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman va
tojik tillarida olib boriladi. Mazkur darslik ham 7 tilga tarjima qilingan va
o‘quvchilar kitob bilan to‘liq ta’minlangan.
Ta’limning 3-turi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘lib, uning maqsadi
ishlab chiqarishning birinchi bo‘g‘inidagi tashkilotchi va ish boshqaruvchilarni,
oily toifali mutaxassislarning yordamchilarini, yuqori ko‘nikma, malakalarni talab
26
qiluvchi ma’lum bir turdagi ishni mustaqil bajara oladigan, o‘z ishining ustalari
bo‘lgan – texnik, agronom, boshlang‘ich sinf va jismoniy tarbiya fani
o‘qituvchilari, feldsher, stomatolog, konsertmeyster kabi mutaxassislarni
tayyorlashdan iborat.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi majburiy-ixtiyoriy xarakterga ega bo‘lib,
unga ko‘ra majburiylik - umumiy o‘rta ta’lim maktabini bitirgan o‘quvchi
akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida o‘qishi shartligidan iborat.
Ixtiyoriylik xarakteri - umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchisining o‘z xohishiga
ko‘ra o‘qish yo‘nalishini – akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini tanlashi bilan
belgilanadi. Ayni vaqtda respublikada 141ta akademik litsey va 1396 ta kasb-hunar
kollejlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Har o‘quv yilida deyarli 450000 nafardan ortiq
o‘quvchilar bitiradi va ma’lum kasb yoki hunarning egasi bo‘ladi.
Respublikamizdagi mavjud kasb-hunar kollejlarining qariyb 80 %dan
ortig‘ida chizmachilik fani o‘qitiladi. Mazkur KHKlarining o‘quvchilari uchun
amalda A.Umronxo‘jaev, Sh.Jumanov, A.Norqulovlar hammuallifligida yozilgan
«Mashinasozlik va qurilish chizmachiligi» (2005-y.) o‘quv qo‘llanmasi va
A.Ashirboyevning «Chizmachilik» (2008-y.) nomli o‘quv qo‘llanmasidan
foydalanilmoqda.
Ta’limning 4-turi oliy ta’lim bo‘lib, unda turli yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori
malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasi hal qilinadi. Ayni vaqtda
respublikamizda 59 ta oliy o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek,
respublikada Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining 11 ta
hududiy va xorijiy mamlakatlar yetakchi oliy o‘quv yurtlarining 6 ta filiallari
faoliyat olib bormoqda.
Oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash oliy o‘quv yurtlari (universitet,
akademiya, institut va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalari)da amalga
oshiriladi. Ushbu oliy ta’lim ikki bosqich (bakalavriat va magistratura)da tashkil
etiladi.
27
Bakalavriat (lotincha “bachelor’s degree” – birinchi akademik daraja) oliy
ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, o‘qish muddati kamida
to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. Bakalavr (lotinchadan “bachelor’s” –
bo‘ysunuvchilar) o‘zi tanlagan soha bo‘yicha oliy ma’lumotga hamda davlat
klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega mutaxassis.
Magistratura (lotinchadan “magistratus” ikkinchi akademik daraja) – aniq
mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy
ta’lim. Magistr (lotinchadan “magistr” – boshliqlar, murabbiylar, amaldorlar)
ma’lum ixtisoslik bo‘yicha ta’lim olgan yuqori malakali, aspiranturaga kirish
huquqi hamda ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida
faoliyat ko‘rsatish imkoniyatiga ega mutaxassis.
Respublikamizdagi mavjud texnika oliy o‘quv yurtlarida “Chizma geometriya
va muhandislik grafikasi” fani, pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 5110800 –
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishida “Chizma
geometriya”, “Chizmachilik”, “Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi”,
“Kompyuter grafikasi”, “Muhandislik grafikasi fanini o‘qitishning zamonaviy
texnologiyalari”, “Grafik tasvirlash asoslari”, “Arxitektura elementlarini
loyihalash”, “Amaliy perspektiva va soyalar nazariyasi” kabi fanlar o‘qitiladi.
Ushbu fanlarni o‘qitishda chop etilgan turli o‘quv adabiyotlaridan foydalaniladi.
Yuqorida ta’lim turlarining 3 ta bosqichi haqida umumiy ma’lumotlar
keltirdik. Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy
ta’lim muassasa (OTM)laridagi o‘quvchi-talaba yoshlarimizni xalqaro talablarga
mos shaxs va mutaxassis qilib tayyorlash bugungi kunning bosh masalasi bo‘lib
turibdi. Ta’limning yuqorida keltirilgan bosqichlarida har bir fan bo‘yicha o‘quv
jarayonini uzviylik va uzluksizlikka amal qilgan holda tashkil etish pedagoglar
oldidagi muammoli vazifalardan biri hisoblanadi.
Uzv
– arabcha so‘z bo‘lib,
a’zo
,
tana
qismlaridan biri degan ma’noni beradi.
Bundan tashqari
biror butunlikning ajralmas qismi bo‘lagi
ham hisoblanadi.
28
Shuningdek,
uzviy
–
chambarchas holdagi, o‘zaro bog‘langan, ajralmas
degan
mazmunni beradi.
Uzluksiz
– birinchidan,
birin-ketin, ketma-ket, paydar-pay
ma’nolarida
qo‘llanilsa, ikkinchidan,
to‘xtamasdan, tinimsiz, izchil ravishda
mazmunda
ishlatiladi.
Uzluksiz ta’lim – o‘zaro mantiqiy izchillik asosida bog‘langan hamda
soddadan murakkabga qarab rivojlanib
boruvchi va bir-birini taqozo etuvchi
bosqichlardan iborat yaxlit ta’lim tizimi
4
.
Ma’lumki, «Chizmachilik» fani ham maktab, kollej va OTMlarida o‘qitiladi.
Chunki «Chizmachilik» fani o‘quvchining fazoviy tasavvurini o‘stirishga, ularda
loyihachi-ixtirochilik qobiliyatlarni rivojlantirishga boshqa fanlarga nisbatan
ko‘proq xizmat qiladi.
Bizning kuzatishlarimizga ko‘ra bu fanning ko‘plab mavzulari mazmuni
ta’limning har bir bosqichida deyarli bir xil ko‘rinishda takrorlanmoqda. Bu
mavzular takrorlanishi tabiiy, ammo, uning tarkibiy mazmuni, sodda yoki
murakkabligi, ilmiy tomonlari maktab, kollej va OTMlari uchun turlicha bo‘lishi
lozim. Demak, fanning har bo‘limini yoki har bir mavzusini ta’limning turli
bosqichlarida qanday tashkil etish va o‘qitish kerakligini ilmiy jihatdan tahlil qilish
zaruriyatligi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Chizmachilik fani shartli ravishda 5 ta bo‘limga taqsimlangan. Bular,
geometrik, proyeksion, mashinasozlik, qurilish va topografik chizmachiliklardir.
Geometrik chizmachilikda geometrik yasashlarni bajarish qoidalari, proyeksion
chizmachilikda model va detallarning orthogonal proyeksiyalarini bajarish
qoidalari, mashinasozlik chizmachiligida mashina detallari va buyumlarning ishchi
chizmalarini taxt qilish qoidalari, qurilish chizmachiligida fuqaro va sanoat
binolarining chizmalarini taxt qilish qoidalari, topografik chizmachilikda yer sirti
usti tuzilishi va unda qurilish ishlarini olib borishni ko‘rsatuvchi chizmalarni taxt
qilish qoidalari o‘rganiladi.
4
O‘zbek tilining izohli lug‘ati-T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 4- jild, 2008-y. 266-277- betlar.
29
Dastlab, «Chizmachilik» fanining deyarli barcha katta bo‘limlari uchun
mazmunan asos bo‘ladigan «Geometrik chizmachilik» bo‘limini maktab, kollej va
OTMlarida qanday o‘qitish kerak, dasturga qanday mavzularni kiritish maqsadga
muvofiq bo‘ladi, kabi savollarga javob qidirdik. Natijada «Geometrik
chizmachilik»ning har bir mavzusi ustida ushbu savollarga javob berish kerakligi
sezilib qoldi. Bizning ilmiy tadqiqot ishimizda «Geometrik chizmachilik»ning
«Tutashmalar» mavzusini o‘qitish jarayonini tashkiliy masalalari bayon etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |