O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


II-bob.  2-qism.  O’zbekistonda  ma’naviyat  nazariyasining  ishlab



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/60
Sana23.01.2022
Hajmi1,49 Mb.
#404033
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60
Bog'liq
manaviyatning paydo bolishi mohiyati togrisidagi konsepsiyalar

II-bob.  2-qism.  O’zbekistonda  ma’naviyat  nazariyasining  ishlab 
chiqilishi va sohadagi muammolar.  
 
 Insoniyat  tarixida  jamiyat  taraqqiyotiga  xizmat  qiladigan  barcha  omillarga 
katta e’tibor berilib, bunday omillardan foydalanib kelganlar.  
 Jamiyat  taraqqiyotiga  katta  ta’sir  ko’rsatadigan  shunday  omillardan  biri 
ma’naviy omildir.  
 Ma’naviyatning  ijtimoiy  taraqqiyotda  tutgan  o’rni  va  ahamiyati  tarixda 
bo’ladigan  o’zgarishlar  davrida  yaqqolroq  seziladi.  Buning  o’ziga  xos  bo’lgan 
sabablari  bor.  Xar  qanday  mamlakatning  kelajagini,  uning  kuch  qudratini, 
mamlakat  va  millat  taqdirini  ma’naviyat,  jamiyat  a’zolarining  aql  zakovati  hal 
etadi.  Zero  ma’naviyatni  yuksaltirishga  e’tibor  pasayib,  ilm-fan  ma’rifat 
rivojlanmasa jamiyatning kelajagini tasavvur etish qiyin.  
 Ma’naviy  yuksalishni  jamiyat  taraqqiyotida  tutgan  o’rni  haqida  gapirib 
Prezidentimiz I.A. Karimov quyidagi fikrlarni bildirib o’tadilar : ,,Bugungi kunda 
mamlakatimizda  yangi  hayot  ,  yangi  jamiyat  poydevorini  barpo  etishda  erkin 
fuqaro ma’naviyatini shakllantirish masalasi biz uchun g’oyat dolzarb ahamiyatga 
ega”.
113
 
 Biz  uchun  muqaddas  bo’lgan  mustaqillikni  faqat  iqtisodiy  va  siyosiy 
islohotlarga  asoslanib,  jamiyat  a’zolarining  turmush  sharoitlarini  yaxshilash 
bilangina  ta’minlab,  mustahkamlab  bo’lmaydi.  Jamiyatni  yuksalishiga  xizmat 
qiladigan  barcha  omillarni  ma’naviy  va  ma’rifiy  omillar  bilan  bog’lagan 
taqdirdagina oldinga qo’yilgan maqsadlarga erishish mumkin.  
 Jamiyat taraqqiyotini belgilab berishda o’zining alohida o’rniga ega bo’lgan 
ma’naviyatni  yuksaltirishga  bo’lgan  e’tibor  O’zbekistonning  o’z  oldiga  qo’ygan 
maqsadi, tanlab olgan yo’li bilan izohlanadi.  
 Jamiyat  hayotini  yuksaltirishda  faqatgina  iqtisodiy  va  siyosiy  choralarga 
suyanishgina  orqali  oldimizga  qo’yilgan  maqsadlarga  erisha  olmasligimizni 
                                                
113
 I.A. Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2008-yil, 76-bet.
 


65 
 
Prezidentimiz  I.A  Karimov  o’z  asarlarida  nazariy  jihatdan  asoslab  berib 
kelmoqdalar.  
 Ijtimoiy  taraqqiyotda  ma’naviyatning  ahamiyati  juda  katta  ekanligi,  uni 
jamiyat  hayotidagi  boshqa  barcha  omillar  bilan,  shu  jumladan  moddiy  omillar 
bilan  bog’liqligi  taraqqiyotning  mustahkam  mezoni  bo’lishi  muqarrar  ekanligi 
haqida  Prezidentimiz  I.A  Karimov  quyidagi  fikrlarni  bildirib  o’tadilar:  ,,Biz 
istiqlolning  dastlabki  yillaridan  boshlaboq  xalqimizning  asrlar  davomida  intilib 
kelgan  orzu-maqsadlari  va  zamon  talablarini,  dunyoviy  taraqqiyot  mezonlarini 
hisobga  olgan  xolda,  jamiyatimiz  hayotida  ana  shu  ikki  omilning  uyg’un  tarzda 
rivojlanishiga  alohida  e’tibor  qaratdik.  Mustaqillik  biz  uchun  nafaqat  iqtisodiy, 
balki  beqiyos  ma’naviy  imkoniyatlar  manbai  ekanini  anglab,  mamlakatimizning 
ichki  va  tashqi  siyosatini,  iqtisodiy-ijtimoiy  yangilanish  jarayonlarini  aynan  shu 
asosda tashkil etishga ustivor ahamiyat berdik”
114

 Mamlakatimiz rahbari jamiyatimiz taraqqiyoti O’zbekiston xalqlarining boy 
ma’naviy  madaniyatiga,  uning  noyob  tarixiy  o’tmishiga,  tarixiy  tajribasi, 
millatimizning  yuksak g’oyalariga  mos bo’lib tushishi zarurligini doimo ta’kidlab 
kelmoqdalar.  
 Ma’naviyatni  yuksaltirmay,  jamiyat  a’zolari  ongida  ma’naviy-axloqiy 
qadriyatlarni  rivojlantirmay  va  mustahkamlamay  turib  jamiyatni  yangilab 
bo’lmasligi o’z o’zidan aniqdir.  
 Tarix  asoslab  berganidek  xalqi  ma’naviy  pok,  vijdonli,  pok,  diyonatli 
bo’lgan  mamlakat  va  jamiyat  o’z  oldiga  qo’ygan  maqsadlarga  erisha  oladi. 
Ma’naviyat xar bir xalq va millat uchun buyuk ne’matdir.  
 Ma’naviy  jihatdan  barkamollashib  borayotgan  har  bir  inson  qalban  va 
vijdonan  mehnat  qiladi,  aql  idroki  va  tafakkurini  ishga  solib  mamlakatni  obod 
qiladi,  moddiy  va  ma’naviy  boyliklar  yaratadi.  Hech  bir  jamiyatda  inson 
ma’naviyatsiz yashay olmaydi va shu bilan birga xar bir jamiyat ma’naviy jihatdan 
barkamol shaxslarga muhtoj bo’ladi.  
                                                
114
 I.A. Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2008-yil, 67-68-betlar.
 


66 
 
 Ma’naviyat  insonga  xos  bo’lgan  qadriyat  bo’lib,  ushbu  qadriyat  zaminida 
ulg’ayib  borayotgan  xar  bir  inson  ijtimoiy  jihatdan  faollashib  boradi.  Insonning 
insonligi uning buyuk ma’naviyat sohibi bo’lganligidadir.  
 Jamiyatda  bo’layotgan  o’zgarishlar  shaxs  ongi  va  ma’naviyatida  muayyan 
o’zgarishlarni  keltirib  chiqaradi,  ma’naviy  o’zgarish  va  yuksalishlar  jamiyatdagi 
rivojlanishga katta ta’sir ko’rsatadi. Jamiyatdagi o’zgarishlar va ijtimoiy taraqqiyot 
ma’naviyatning tub mohiyati bilan bog’liq hodisadir. Agarda ma’naviyat sohasida 
o’zgarishlar  va  yuksalishlar  bo’lmasa  u  taraqqiyotga  yordam  bermaydigan, 
aksincha taraqqiyotga to’siq bo’ladigan hodisaga aylanib qoladi.  
 Jamiyat  taraqqiyotidagi  tub  burilishlar,  yangilanishlar  jarayonida 
ma’naviyatda  ham  o’zgarishlar  yuz  berib,  ma’naviyatning  jamiyatda  yuz 
berayotgan  jarayonlarga  ta’siri kuchayadi.  Jamiyatda  o’zgarishlar  yuz  berayotgan 
bunday davrlarda ma’naviyatning oldiga qo’yilayotgan ma’suliyat ortib boradi.  
 Mustaqilligimizni dastlabki yillaridanoq milliy ma’naviy merosni tiklashga, 
ma’naviy  barkamol  shaxslarni  tarbiyalab  voyaga  yetkazishga  katta  diqqat  e’tibor 
qaratib kelinmoqda.  
 Ma’naviy  yuksalish  taraqqiyot  mezoni  sifatida  o’z  ta’sirini  kuchaytirib 
borayotgan davrda ma’naviyatga nisbatan bo’lgan e’tiborning biroz pasayishi ham 
ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.  
 Ma’naviyatni  yuksaltirish  borasida  olib  boriladigan  siyosatni  har 
tomonlama chuqur o’ylanganligi va amalga oshirilganligi taraqqiyotga katta ta’sir 
ko’rsatishi  bilan  birga  mamlakatda  ijtimoiy-siyosiy  barqarorlikni  ta’minlashning 
muhim omili bo’lib xizmat qiladi.  
 Bugungi  kunda  ma’naviy  yuksalish  jarayoni,  avvalo  qadriyatlarning 
yangilanishi  ko’rinishida  namoyon  bo’ladi.  Bu  borada  milliy  o’zlikni  anglash, 
ma’naviy  merosni tiklash, ularni avaylab-asrash,  ularni  xar bir jamiyat a’zosining 
qalbiga  singdirishga  harakat  qilish  muhim  ahamiyatga  ega.  Shu  bilan  birga  ezgu 
maqsadlar  yo’lida  mamlakat  hayotini  erkinlashtirish  va  modernizatsiya  qilish, 
ma’naviyatni yuksaltirish taraqqiyot jarayonining tarkibiy qismidir.  


67 
 
 Ma’naviy yuksalish jarayoni ko’p jihatdan bu sohada rejalashtirilayotgan va 
amalga  oshirilayotgan  ishlarga  bog’liq  bo’lib,  ma’naviyatdagi  yuksalishlar 
O’zbekistonda jamiyat taraqqiyotining ustivor yo’nalishiga aylangan.  
 Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning u yoki bu vaqt va makondagi darajasi 
ko‘p jihatdan fuqarolar ma’naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma’naviy-moddiy, 
ijtimoiy  ehtiyojlari  hamda  ularning  qay  darajada  qonlirilishiga  bog‘liqdir. 
Mustaqillik davrigacha  va  undan  keyingi  o‘tgan tarixan  qisqa  muddat ichida ro‘y 
bergan  holatlar,  jamiyat  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  ma’naviy-ma’rifiy  va 
tarbiyaviy-mafkuraviy  sohasidagi  o‘zgarishlar  bizga  sho‘rolar  mustabid  tuzumi 
hamda  istiqlol  yillarida  O‘zbekistonning  real  hayotida  xolisona  javob  izlashga  va 
unga  erishishga  imkon  beradi.  Xususan,  eng  avvalo,  mamlakat  xukumati, 
Prezidentning ma’naviy-ma’rifiy omillarga nisbatan munosabati shakllandi.  
-
 
Jumladan,  ma’naviy-ma’rifiy  islohotlar  davlat  siyosatining  asosiy 
ustivor  yo‘nalishi,  deb  hisoblandi.  Joylarda  ma’naviyat  bilan  bog’liq  ishlarning 
amalga  oshirilishi  uchun  butun  ma’suliyatning  hokimlar,  vazirliklar,  idoralar, 
tashkilotlarning  birinchi  rahbarlari  zimmasiga  yuklatilishi  juda  katta  ijtimoiy 
ahamiyat kasb etdi. 
-
 
 Ikkinchidan,  ma’naviyati  yuksak  millat  va  davlatnigina  kelajagi 
buyuk  bo’lishi  mumkin  ekanligi  to‘g‘risidagi  ijtimoiy  fikr  shakllana  boshlandi. 
Darhaqiqat iqtisodiy-siyosat omillarning har qanday davlat, millat hayotidagi o‘rni 
va  roli  kattadir.  Biroq,  ma’naviy  omillargina  jamiyatda  sodir  bo‘lgan  barcha 
muammolarni hal etishga qodir omil ekanligi endi haqiqatdir.  
-
 
Uchinchidan,  ma’naviyat  va  ma’rifat  jamiyatni  poklantiruvchi  kuch 
ekanligi e’tirof etilmoqda, zero sho‘rolar mustabid tizimi davridan qolgan yaramas 
«ma’naviy»  merosdan  poklanmasdan  turib  istiqlolga  xizmat  qiladigan,  fuqarolik 
qalbi va ongini yangilashga qodir ma’naviyatni shakllantirish mumkin emas.  
-
 
To‘rtinchidan, istiqlol davri O‘zbekiston jamiyati ma’naviyatining eng 
muqaddas maqsadlaridan biri-o‘tmish, tarixiy-madaniy, ilmiy, axloqiy-mafkuraviy, 
ijtimoiy-siyosiy qadriyatlariga sho‘ro davrida tarkib topgan munosabat kabi «illat» 


68 
 
sifatida  emas,  aksincha,  jamiyatni  poklantiruvchi  va  kelajakni  ma’naviy  jihatdan 
mustahkamlovchi omil asnosida qarashdan iborat jamoatchilik fikri shakllandi.  
-
 
Beshinchidan,  istiqlol  davrida  ma’naviyatning  har  qanday  siyosiy 
hukmron  mafkuralardan  holiligi,  muhimi,  shakllanayotgan  milliy  mafkuraning 
ma’naviyat  bilan  uyg‘unligi  ta’minlandi.  Mamlakat  Perizdenti  Islom  Karimov 
qayd  etganidek,  mustaqillik  davrida  bajarilishi  lozim  bo‘lgan  eng  ustivor  vazifa 
«xalqimiz orasida katta  ma’rifiy-amaliy  ishlarni olib borish,  milliy  mafkuramizga 
kuch-kuvvat  beradigan,  keng  ommaga  ta’sir  o‘tkazishga,  xalqni  o‘ziga  tarafdor 
etishga  xizmat  qiladigan  siyosiy,  ijitmoiy,  iqtisodiy,  ma’naviy  manbalarni  to‘g‘ri 
belgilab olishdir. 
 Mustaqil  O‘zbekistonda  istiqlol  ma’naviyat  sohasida  mavjud  bo‘lgan 
vazifalar  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  barqarorlik  sharoitida  muttasil  ravishda 
bajarilib  kelinmoqda.  Chunonchi,  agar  istiqlolning  dastlabki  yillarida  jamiyat 
ma’naviy  hayotida  turgan  eng  bosh  vazifa  fuqarolarda  sho‘rolar  davriga  xos 
tafakkurni  eskicha  fikrlash  sarqitlarini  bartaraf  etish  edi.  Mazkur  masalada  qator 
yutuqlarga  erishildi.  Biroq,  bu  borada  hali  talay  ishlarni bajarish  lozim.  Ikkinchi, 
eng  muhim  vazifalardan  yana  biri  erkin  fuqarolik  jamiyatining  ma’naviyatini 
shakllantirishdir,  zero  «ozod,  o‘z  haq-huquqilarini  yaxshi  taniydigan. 
Boqimandalikning  har  qanday  ko‘rinishlarini  o‘zi  uchun  or  deb  biladigan,  o‘z 
kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o‘z shaxsiy manfaatarini xalq, 
Vatan  manfaatlari  bilan  uyg‘un  holda  ko‘radigan  komil  insonlarni tarbiyalashdan 
iboratdir.  
 Insoniyat  tarixida  o‘z  ijtimoiy  ahamiyati  jihatdan  alohida  e’tiborga  loyiq 
holatlar,  qadriyatlar  mavjudki,  bular  u  yoki  bul  millat,  elat,  xalqning  mavjudlik 
belgisi, taraqqiyot mezoni sifatida baholanishi mumkin. Millat mavjudligining ana 
shunday  muhim  belgilaridan  bir  ta’lim  tizimi  hamda  yuqori  malakali  mutahassis 
kadrlar  tayyorlash  masalasidir.  Darhaqiqat,  ta’lim  tizimi  demokratik  tamoyillar 
bilan  uyg‘unlashgan,  uning  insonparvar  jamiyat  barpo  etish  kabi  zarur  ijtimoiy 
ehtiyoj  talabalariga  javob  bergandagina  u  o‘z  oldiga  qo‘ygan  buyuk  maqsad  - 
barkamol avlodni tarbiyalash va shakllantirish vazifasini ado etishi mumkin.  


69 
 
 Umuman,  1992  yilda  qabul  qilingan  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonun 
O‘zbekiston  ta’lim  tizimini  isloh  qilishda  ma’lum  rol  o‘ynadi.  Mazkur  hujjat 
sho‘rolar  mustabid  tizimi  davridan  «meros»  bo‘lib  qolgan,  kommunistik 
mafkuraga  xizmat  qiluvchi  mafkuraviy  yangi  sharoitdagi  vaziflariga  to‘liq  javob 
bera  olmadi  edi.  Shuning  uchun  ham  O‘zbekiston  hukumati  ta’lim  tizimini to‘liq 
isloh  etishga  qodir  hujjatlarni  qabul  qilishga  e’tiborni  kuchaytiridi  va  bu  bosh 
islohotchilik yo‘lini o‘ynadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida 
tamomila yangi, sifat jihatdan mukammal «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar 
tayyorlash milliy daturlarini ishlab chiqildi.  
 Mamlakat  Prezidenti  yuqorida  qayd  etilgan  hujjatlarni  qabul  qilishga 
undayotgan omillarni e’tiborga olgan holda quyidagi fikrni bayon etdi.  
-
 
Birinchidan,  biz  eski  sho‘rolar  zamonidan  qolgan  ta’lim-tarbiya 
tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan xali beri to‘liq qutulganimiz 
yo‘q.  
-
 
Ikkinchidan, barcha amaldagi o‘zgarishlar va tadbirlar, asosan yuzaki 
bo‘lib,  ta’lim-tarbiya  va  o‘quv  jarayonlarining  tarkibini,  bosqichalarini  bir-biri 
bilan  uzviy  bog‘lash,  ya’ni  uzluksiz  ta’lim-tarbiya  tizimini  tashkil  qilish 
muammolarini yechib bergan emas.  
-
 
Uchinchidan,  bizning  amaldagi  ta’lim-tarbiya  tizimimiz  bugungi  kun 
zamonaviy,  taraqqiy  topgan  demokratik  davlatlar  talablariga  javob  bera  olmasligi 
ko‘p  joylarda  yaqqol  ko‘rinmoqda.  Mazkur  mulohazalar  yangi  hujjatlar  qabul 
qilingungacha bo‘lgan davrdagi ta’lim timizining cheklanganligidan yaqqol dalolat 
beradi.  
 Har  qanday  sharoitda  ham  barcha  millat  va  xalqlar  o‘zining  ma’naviy 
ehtiyojlarini  qondirishga  muhtojlik  sezadi.  Ma’naviyat-inson  uchun  mavjudlik 
belgisi.  Ma’naviy  boylik  u  yoki  bu  millatni  boshqa  etnik  birikmalardan  o‘ziga 
xosligini bildiruvchi, anglatuvchi muhim omildir.  
 Ma’naviyati  yo‘q  xalqning  o‘zi  yo‘q.  Shu  bilan  har  bir  xalq  ma’naviyati 
ham  bir  xil  darajada  emas.  O‘zbek  xalqi  aynan  shu  yo‘ldan  bordi,  o‘z  milliy-
tarixiy,  madaniy  merosiga  sodiqligini  ko‘rsata  bildi.  Bu  esa  mustamlakachilik 


70 
 
davrida  yo‘qotilgan,  toptalgan  madaniy  merosni  tiklash,  o‘zligini  anglashga 
bo‘lgan  rag‘batni  o‘yg‘otdi.  Istiqlol  yillarida  o‘zbek  madaniy  hayoti  o‘yg‘ondi, 
jonlandi  va  o‘zining  bugun  mavjud  bo‘y-bastini  ko‘rsata  bildi.  Teatr,  musiqa 
san’ati  rivoj  topdi,  madaniy  aloqalar  kengaydi,  madaniy-ma’rifiy  muassasalar 
faoliyati  takomillashdi,  muzeylarning  ijtimoiy  ma’rifiy  ahamiyati  oshdi,  milliy 
adabiyot  ravnaq  topdi.  Ayniqsa,  teatr  san’atining rivoji  gullab  yashnadi.  Bu  bejiz 
emasdi,  zero  mustamlakachilik  davrida  teatrlar  kommunistik  mafkuraning 
xizmatkoriga  aylangan,  siyosiy  maqsadlarnigina  bajaruvchi  kuchga  aylangan  edi. 
Shu  asnoda  asosiy  e’tibor  repertuar  masalasini  hal  etish,  tomoshabinlarni 
bezdiradigan  sahna  asarlari  o‘rniga  ularning  ma’naviy-ijtimoiy  ehtiyojlarini 
qondiruvchi  spektakllarni  fuqarolar  hukmiga  havola  etishga  asosiy  e’tibor 
qaratildi. 
 O‘zbekistonning  o‘z  mustaqilligini  qo‘lga  kiritishi  natijasida  ma’naviy 
madaniyatning  muhim  jabhasi  bo‘lgan  musiqa  san’ati  ham  juda  rivoj  topa 
boshladi,  zero  tabiatan  nozikta’b,  san’atsevar  va  san’at  ahliga  talabchan  o‘zbek 
xalqining musiqasi keng ko‘lamli ma’naviyat ko‘gusidir. Sho’rolar davrida asosan 
mafkuraviy hukmronlik quliga aylangan  mazkur san’at turi erkinlik  yo‘liga kirdi. 
Jamiyat  a’zolari  milliy  qo‘shiqchilik  san’atidan  bahramand  bo‘la  boshladilar. 
Shunday qilib, mustaqillik O‘zbekiston ma’naviy hayotini barqarorlashtirish uchun 
zamin  yaratdi,  ma’naviy-ma’rifiy  hodisalarga  munosabatni  o‘zgartirdi.  Istiqlol 
tufayli  ma’naviy  turmushimizdagi  ko‘plab  muammolar  hal  etila  boshlandi. 
Qurilayotgan  demokratik,  huquqiy,  insonparvar  jamiyat,  bozor  munosabatlariga 
o‘tish,  jahon  hamjamiyati  bilan  mafkuraviy  tazyiqlarsiz  o‘zaro  hamkorlik  qilish 
imkoniyati O‘zbekiston madaniyatini xalqchil qildi. O‘zbekiston, o‘zbek xalqining 
dunyodagi o‘ziga xos va  mos o‘rni borligi, uning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan 
bebaho  hissasining  e’tirof  etilishi  tufayli  ma’naviy  hayotning  gullab-yashnashi 
uchun mustahkam zamin yaratildi.  
Mustaqillikni  mustahkamlashda  O'zbekiston  uchun  milliy  ma'naviyatning 
tarihiy  zarurligi  va  uning  demokratik  jamiyat  qurishdagi  o'rni  yana  bir  qator 
mavjud muammolarni hal etish bilan bog'liq. Ular quyidagilardan iborat. 


71 
 
–birinchidan,  milliy  ma'naviyat  kishilarda  milliy  madaniyatning,  milliy 
ongning,  milliy  g'ururning  o'sishi  va  rivojlanishini  ta'minlash  omili  sifatida 
mustaqillikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.  
–ikkinchidan,  milliy  ma'naviyat  milliy  qadriyatlar,  milliy  birdamlik  va 
hamjihatlik tuyg'usini shakllantirish orqali  yoshlarda vatanparvarlikni tarbiyalaydi 
va mustaqillikni mustahkamlashga hizmat qiladi.  
–uchinchidan,  mustaqil  O'zbekiston  uchun  milliy  ma'naviyatni  tikash 
vauning  mustahkamlanishi  uchun  sharoit  yaratish  halqni  mehnatni  sevish  va 
qadrlashga da'vat etish, mehnatsiz rizq–nasiba, moddiy–ma'naviy boylik va kelajak 
yo'q ekanligini,  mustaqilligimizning barqarorligi va taqdiri ham unga bog'liqligini 
odamlar ongi va qalbiga chuqur singdiradi.  
Mustaqillik  tufayli  birinchi  marotaba  Konstitutsiyamizda  mafkuralar  va 
fikrlarning  hilma–hilligiga  keng  o'rin  birildi.  Masalan,  Konstitutsiyaning  12–
moddasida:  «O'zbekiston  Respublikasida  ijtimoiy  hayot  siyosiy  institutlar, 
mafkuralar  va  fikrlarning  hilma–hilligi  asosida  rivojlanadi.  Hech  qaysi  mafkura 
davlat  mafkurasi  sifatida  o'rnatilishi  mumkin  emas»  –  deb  yozib  qo'yilgan.  Bu 
qoida  Respublikada  ijtimoiy–siyosiy  barqarorlik  va  istiqlol  mafkurasini  ishlab 
chiqishda  hamda  mustaqillikni  mustahkamlashda  muhim  ahamiyatga  ega 
bo'lmoqda.  
Milliy  o'zlikni  anglash  aynan  ma'naviy  qadriyatlarni  o'zlashtirish,  o'z 
halqining  tarihi,  madaniy merosini o'rganish, bugungi holati  va ertangi  istiqbolini 
aniq tasavvur etishdan boshlanadi. 
XXI asr boshiga kelib ahborot tehnologiyalari tufayli  globallashuv  jarayoni 
yangi  bosqichga  ko'tarildi.  Bu  sharoitda  milliy  qadriyatlarga  chetdan  bo'ladigan 
ta'sir beqiyos darajada zo'rayadi. Bu ta'sir, bir tomondan,  milliy madaniyatlarning 
boyishi, qadriyatlarning qayta baholanishi va yuksalishiga, ikkinchi tomondan esa, 
millatning ruhiyati va qadriyatiga yot bo'lgan odat va harakatlarning kirib kelishiga 
sabab bo'ladi. 


72 
 
Islom  Karimov  «O'zbekiston  XXI  asr  bo'sag'asida»  asarida  halqning 
madaniy qadriyatlari, madaniy merosi ming yillar mobaynida SHarq halqlari uchun 
qudratli ma'naviy kuch bo'lganligiga alohida e'tibor berdi.  
Bunda 1) sobiq  mafkura tazyiqini; 2)  ma'naviy  va  madaniy  merosni tiklash 
O'zbekiston davlati siyosatida  muhim vazifa sifatida belgilab olinganligini chuqur 
o'rganish, yoshlarni unga e'tiborini jalb etish muhim. 
Mustaqillikning  dastlabki  yillarida  «siyosiy,  madaniy  ekstremizm  havfi» 
tug'ilishi  mumkinligining  hisobga  olinganligi  respublikada  mustaqillikni  saqlab 
qolishda,  barqarorlikni  ta'minlashdagi  ahamiyatini  chuqurroq,  atroflicha,  aniq 
misollar yordamida yoritish o'zining amaliy ahamiyatiga ega.  
Mustaqillik  tufayli  milliy–ma'naviy  tiklanishga  imkoniyat  yuzaga  keldi. 
Prezidentimiz  Islom  Karimov  “ma'naviy  o'nglanishni  amalga  oshirmasdan 
iqtisodiy o'nglanish  mumkin emas”ligini aytib, “ma'naviyat halqni,  millatni millat 
qiladigan  kuch–qudratdir”  degandi.  Shu  sabab  mustaqillik  yillarda  johon 
tsivilizatsiyasiga  salmoqli  hissa  qo'shgan  buyuk  allamalarning  merosini  yangidan 
ijodiy o'zlashtirish o'ayotiy ehtiyojga aylandi. 


73 
 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish