I-bob. 2-qism. Ajdodlarimiz merosida ma’naviyat masalalarining
o’rganilishi.
Ahli bashar ma’naviyatsiz bo’lmaydi, chunki aslida inson mohiyati
moddiyat va ma’naviyatning tutashuvidadir. Har bir shaxs, har bir ijtimoiy guruh
yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa xalqlarining o’ziga xos ma’naviy olami
mavjud. Ushbu ma’naviy olamlar doimo bir xil saqlanmaydi, zamon va makonda
o’zgarib, goh kamolot sari yuksalib, goh qashshoqlashib turadi. Lekin ma’naviyat
xodisasini tadqiq etish oson ish emas, bu hozirgi kunda ushbu ilmni
rivojlantirishga urinishlar o’ta qiyinchilik bilan samara berayotganida ham
sezilmoqda. Ammo yoshlarimiz ongiga ma’naviyat hodisasi mohiyatini singdirish
uchun ajdodlarimiz merosini o’rganish samarali bo’lar edi.
Ma’naviyat hodisasi asosan ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi: shaxs
ma’naviyati va millat ma’naviyati. Agarchi tarixan va nazariy jihatdan millat
ma’naviyati, tom ma’noda olganda, ushbu millatga qaysidur bir jihatdan aloqador
hisoblanuvchi, o’tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar ma’naviyatining
majmuidan iborat bo’lsada, voqelikda har bir shaxs ma’naviyati millat
ma’naviyatidan oziqlanadi, uning asosida kamol topadi. Prezidentning g’oyatda
xikmatli iborasi bilan aytganda har bir inson ,,o’zini xalqning bir zarrasi deb
sezgandagina, u haqda o’ylab mehnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan
tutashadi’’
36
.Agar bir millat vakili o’z ajdodlarining ma’naviy merosidan butkul
bebahra qolgan bo’lsa va muayyan sharoitda to’liq boshqa millat ruhida tarbiya
olsa, uni endi o’z millatining to’la qonli vakili deyish qiyin.
Xalq ma’naviyatini, millat ma’naviyatini sun’iy ravishda qandaydir o’ylab
topilgan aqidalarga, dogmalarga tayanib yuzaga keltirib ham, keskin o’zgartirib
ham bo’lmaydi. Chunki ma’naviyat tushunchasining mazmuni bir kunda, bir yilda,
hatto bir asrda shakllanadigan narsa emas, u har bir xalqning juda uzoq tarixi
qa’ridan oziq olib teranlik kasb etib keladi.
36
Islom Karimov. Asarlar. 1-jild, T., 1996-yil, 81-bet.
25
Shuningdek milliy ma’naviyatimizning shakllanishi ham bir necha
mingyilliklarni o’z ichiga oladi. Bunda asosiy maqsadimiz: ,,Birinchi navbatda
milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish lozim.
Bu xazina asrlar davomida misqollab to’plangan.Tarixning ne-ne sinovlaridan
o’tgan. Insonlarga og’ir damda madad bo’lgan. Bizning vazifamiz shu xazinani
ko’z qorachig’imizdek asrash va yanada boyitish, so’zda emas, amalda har bir
kishining vijdon erkinligini, e’tiqotining erkinligini, ta’minlashimiz kerak’’
37
.
Ajdodlarimizning ma’naviyat masalalariga qay darajada e’tibor berganligi
haqidagi fikrlar ichida Prezidentimiz Islom Karimovning: ,,Ajdodlarimiz tafakkuri
va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi tashyozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi
namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan
ming –minglab qo’lyozmalar, ularga mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at,
siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, kimyo, astranomiya, me’morlik,
dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy
boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdan-kam
topiladi”
38
.
Xo’sh ajdodlarimiz ma’naviyat masalariga oid qanday ulkan meros
qoldirgan? Ularning salmo’g’ini o’lchab bo’ladimi? Tadqiqot ishidan ularning
barchasini ochib bera olmasakda, ma’lum bir qismini yoritib berishning imkoni
bor.
Avvalo miliy ma’naviyatimizning tarixiy takomil davrlarini uch bosqichga
bo’lib olsak o’rinli bo’lar edi :
1.Islomgacha milliy ma’naviyatimizning shakllanishi (eng qadimgi
davrlardan –VIII asr boshlarigacha ).
2. Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimizning takomili –
(VIII-XV asrlar ).
3.Yangi davr jahon madaniyati miqyosida milliy ma’naviyatimizning ahvoli
-(XVI -XX asrlar).
39
37
Islom Karimov. Istiqlol va ma’naviyat. T., O’zbekiston, 1994-yil, 65-66-bet.
38
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2009-yil, 30-31-bet.
39
M. Imomnazarov. Milliy ma’naviyatimizning rivojlanish tarixi. TDPU, 2012-yil, 16-bet.
26
Milliy ma’naviyatimiz millatimizning ma’naviy takomil jarayonida tashkil
topgan va bugungi kunda ham mavjudligini saqlab turgan ko’p o’lchamli voqelik
bo’lib, ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy merosda o’z aksini topgandir.
Islomgacha milliy ma’naviyatimiz shakllanishini 3 bosqichga bo’lib
o’rganamiz :
1. Ilk ma’naviyat unsurlarning shakllanishi .
2. Ilk shahar jamoasi ma’naviyati.
3. Millat tuyg’usi va milliy birlik g’oyasining shakllanishi.
40
Islomgacha ma’naviyatimiz takomili haqidagi eng muhim manbalar
o’lkamizning bugungi milliy hududlaridan tashqarida topilgan bo’lib, asl
matnlarning yaxlit va nisbatan mukammallari ,,Aveto’’ kitobi va turkiy
toshbitiklardir .
,,Avesto’’ kitobi ajdodlarimiz din jumladan ma’naviyat sohasida biz
avlodlarga meros qilib qoldirgan eng qadimgi manbalardan biri hisobladi.
Islomgacha milliy ma’naviyatimiz shakllanish davrining o’ziga xos eng
umumiy xususiyati uning asosan asotir tafakkur zaminida rivojlanganidadir. Bu
narsa ayniqsa ,,Avesto’’ kitobi misolida yorqin nomoyon bo’ladi .
Ushbu bebaho ma’naviy obidada ,,borliqning yaxlitligi va bir butunligi,
inson hayotining tabiat bilan uyg’unligi masalasi, odamning ruhiy olamiga
chambarchas bog’liq holda ko’rsatilganligi”
41
alohida e’tiborga molik. Ayniqsa,
undagi ulug’ ahloqiy tamoyil ,,ezgu fikr ,ezgu so’z ,ezgu amal’’birligi bugungi
kunimizda ham ma’naviy ahamiyatini to’liq saqlab kelayotganligini ko’rishimiz
mumkin .
Ma’lumki ,yurtimizdagi bizga ma’lum ilk shakllangan yaxlit ma’naviyat
tizimi ,,Avesto’’ kitobida o’z aksini topgan. Bu kitob mustaqillik sharofati bilan
hozirgi o’zbek tiliga to’liq tarjima qilinib nashr etildi. Bir paytlar bu kitob
muqaddas ,,mazdayasna’’diniga asos bo’lgan bo’lsa, bugun biz unga yirik adabiy
yodgorlik sifatida qaraymiz . ,,Avesto’’matnlari shakllangan, yig’ilgan va qayta
40
M. Imomnazarov. Milliy ma’naviyatimizning rivojlanish tarixi. TDPU, 2012-yil, 18-bet.
41
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2009-yil,32-bet.
27
yig’ilgan davrlar asotir tafakkur davri bo’lganligi sababli bu kitobda bayon etilgan
ma’naviy qadriyatlar tizimi keyinchalik boshqa yurtlarga tarqalib, turli siyosiy,
g’oyaviy ta’sirlar osida ko’p joylarida mushriklik aqidalari bilan chalkashib ketdi.
Masalan, Zardusht gohlarida tilga olingan 7 amshosipandlar mohiyatiga e’tibor
qaratidigan bo’lsak, qadim avesto tilida Spinta Maynyu (Sipand Miynu ) -
,,tafakkur olami’’, Ashah Vahishta (Ardabehesht)-,,go’zal haqiqat”, ,,mukammal
nizom’’, Vuhuvmana(Bahman)- ,,ezgu niyat”, Spinta Ormaitiy (Ispandormaz)-
,,komil aql”, Zashra Vayrayak (Shahriyor) -,,umid dunyosi’’, Amirmitota
(Amurdod ) -,,umrboqiylik’’, ,,abadiyat’’, Xavravatot (Ho’rdod ) ,,komillik’’,
,,to’g’rilik’’ ma’nolarini anglatib kelgan .Keyinchalik kohinlar talqinida bularning
har biri ilohiy hilqat sifatida tasavvur qilinib , ularga sig’inish qoidaga aylangan,
ya’ni Zardusht da’vatidagi yagona Parvardigor – Axura Mazda (ilohiy bilim egasi,
ma’nosida)ga e’tiqod qilish o’rniga yuqoridagi kabi ma’naviy qadriyatlarni ilohlar,
ya’ni sig’inish obektlariga aylantirish holati yuz bergan .
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak ,,Avesto’’ kitobi ajdodlarimizning
ma’naviyat sohasida qoldirgan ulkan merosidan biri hisoblanadi .,,Bunday o’lmas
osori atiqalar bu ko’hna o’lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan,
buyuk madaniyat mavjud bo’lganidan guvohlik beradi”
42
.
,,Avesto’’ bizgacha yozma manba shaklida yetib kelgan bo’lsa,
ajdodlarimizdan xalq og’zaki ijodi shaklida yetib kelgan ma’naviy boyliklarimiz
mavjud. Ana shulardan biri ,,Alpomish’’ dostonidir. ,,Alpomish” dostonini
ma’naviy meros sifatida qabul qilishimizga sabab, ,,Bu o’lmas asarni xalqimiz
asrlar davomida yaratgan, o’z iymon–e’tiqodidek asrab–avaylagan, qancha avlod–
ajdodlarimiz ,,Alpomish’’ dostoni asosida tarbiya topgan, o’zligini anglagan,
ma’naviy boylikka ega bo’lgan’’
43
.
,,Alpomish’’dostonini eshitgan yoki o’qigan insoning ma’naviyati bir
pog’ona yuqoriga ko’tariladi desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Chunki dostonda
vatanparvarlik, adolatli va haqgo’y bo’lish, yurtimiz, oilamiz, do’stu yorimiz, or-
42
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2009-yil, 31-bet.
43
O’sha asar. 33-bet.
28
nomusimizni, ota–bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajavuzdan
himoya qilish haqida gap boradi. Shuningdek dostonda yana tarixiy ildizlarimiz
qanchalik chuqur ekanini, xalqimiz qanday tabiiy – ijtimoiy muhitda shakllanib
rivojlangani va ajdodlarimiz olis davrlarda ham jamoa bo’lib, qiyinchiliklarni
birgalikda yengib yashagani yorqin bo’yoqlarda tasvirlab berilgan.
Prezidentimiz I.A.Karimov : ,, Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi
tuganmas bir doston bo’lsa, ,, Alpomish’’ ana shu dostonning shoh bayti, desak,
to’g’ri bo’ladi’’
44
, -deb dostonning ma’naviy qimmatiga yuksak baho berdilar.
1999-yili yurtimizda ,,Alpomish’’ dostonining ming yilligi keng nishonlanishi
xalqimizning ushbu suyukli dostonga bo’lgan muhabbatining yana bir isboti bo’ldi
Ajdodlarimiz merosida din va ma’naviyat uyg’unligi ko’rishimiz mumkin.
Lekin ular ayni bir hodisa sifatida tahlil etilmaydi. Din va ma’naviyat o’zaro bir-
birini to’ldiruvchi, ammo turli ma’nolarda keluvchi keng qamrovli tushunchalardir.
Mustaqillik sharofati bilan 1300 yil mobaynida ota-boblarimiz e’tiqod qilib
kelgan islom diniga munosabat ham tubdan o’zgara boshladi. Sobiq ,,Ittifoq’’
davrida butun O’zbekistonda bor-yo’g’i 80 ga yaqin masjid faoliyat ko’rsatgan
bo’lsa, mustaqillikning dastlabki yillaridayoq minglab yangi masjidlar ishga
tushdi.
,,Din odamzotni hech qachon yomon yo’lga boshlamaydi’’
45
,- deydi
Prezident. Dinni niqob qilib nizolar chiqarishga urinish ostida esa doimo muayyan
xudbin niyat, g’arazgo’ylik yoki jaholat yotadi.
,,Xalqimizning ming yillik tarixini, bugungi ma’naviy hayotini, din-u
diyonatimizni muxtasar ifodalab aytish mumkinki, Allox bizning qalbimizda
yuragimizda”
46
, -deydi I. Karimov. Bu shunchaki gap emas, ayni shu ma’no
Allohning kitobida qator oyatlar mazmunini tashkil etadi ,,Nur’’ surasining 35-
oyatida esa bu g’oya bevosita ifodalangan.
Ma’naviyat insonning Haq bilan bevosita bog’lanishidir. Bu – asos
mohiyatiga ko’ra g’ayri moddiy munosabat.
44
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2009-yil, 33-bet.
45
Islom Karimov. Asarlar. 1-jild. 26-bet.
46
Islom Karimov. Asarlar, 7-jild, 351-bet.
29
,,Islom dini bu ota –bobolarimiz dini, - deydi I.Karimov, u biz uchun ham
imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik’’
47
.Ushbu fikr
islom dini hududimizga kirib kelgach, ajdodlarimizning ma’naviyatga munosabati
asosan islomiy nuqtai nazardan bo’lganini ko’rishimiz mumkun. Demak
ajdodlarimiz merosida ma’naviyat masalalarning o’rganilishida islom dinining
o’rni beqiyos darajada ortiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |