2.6. Fanni o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish boyicha tavsiyalar
Fanni o‘qitish jarayonida talabalarning o‘quv faoliyatini tashkil etish ma`ruza, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ish shakllarida amalga oshiriladi.
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta`limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti faniga tegishli ma`ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentastion va elektron-didaktik texnologiyalardan; interaktiv metodlar mavzularida o‘tkaziladigan amaliy, tajriba mashg‘ulotlarida kichik guruhlar musobaqalari, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalarini qo‘llash, aqliy hujum, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalaridan foydalanish nazarda tutiladi.
Mazkur bandda fanni o‘qitish jarayonida talabalarning o‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari, foydalaniladigan interfaol metodlar va zamonaviy texnologiyalar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |