Texnologiyalardan



Download 37,65 Kb.
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi37,65 Kb.
#257360
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KIRISH xolida


Mavzu:Boshlang’ich matematika darsligida pedagogik texnologiyalardan foydalanish (klaster, aqliy hujum texnologiyalari asosida).

Reja:

  1. Kirish.

II . Asosiy Qism.

1.Pedagogik texnologiya tushunchasining nazariy asoslari.

2. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida interfaol metodlari va ularning tavsifi.

3. Matematika fanini o‘qitishda ta‘lim texnologiyani tatbiq etishning o‘ziga xos jihatlari.

4.1-2 sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalaridan foydalanish.

III. Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.



KIRISH.

Mavzuning dolzarbligi. Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirgi maktab o‘rindiqlarida o‘tirgan yosh avlod ertaga bizning qo‘limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o‘zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislarimiz, O‘zbekiston buyuk kelajagining egalaridir!

2010- yili ‘’Barkamol avlod yili’’deb e‘lon qilindi. Bu albatta bejiz emasdir. 2009 – yil 5-dekabr O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimovning ―’’O‘zbekiston konstitutsiyasi – biz uchun demokratik taraqqiyot yo‘lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevoridi’’ mavzusidagi ma‘ruzasida aytganidek: ―Barkamol avlod haqida so‘z borganda, davlat ta‘lim standartlarini, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlarini takomillashtirish, oliy va o‘rta maxsus ta‘lim, umumta‘lim tizimida ta‘lim yo‘nalishlari va mutaxassisiliklarini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish zarur. Shuningdek, o‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil inson etib tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatadigan o‘qituvchi va domlalarga e‘tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta‘lim – tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor. ‘’- dedilar. Shu sababli zamon talablariga to‘liq javob bera oladigan pedagogik texnologiyalarini boshlang‘ich sinf matematika darslarida ham joriy qilish ishlari hozirgi davr talabidir.

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi ‘’Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustivor maqsadimiz’’hamda Vazirlar mahkamasining 2010-yil 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisidagi ―Asosiy vazifamiz ’’Vatanimiz taraqqiyotini va xalqimiz faravonligini yanada yuksaltirish’’ mavzularidagi ma‘ruzalari mazmun-mohiyati va undagi xulosalarni o‘rganish yuzasidan Vazirlar mahkamasining 2010-yil 23-fevraldagi 101-F –sonli farmoyishi bilan bilan tasdiqlangan tashkiliy tadbirlarni amaliyotga joriy etish jamiyatimizdagi kun tartibidagi bosh masalalardan biridir.

Prezidentimiz o‘z ma‘ruzasida ‘’....mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish ustivor maqsadimiz’’ degan fikr mulohazalaridan jamiyatimizda barkamol avlodni tarbiyalash boshlang‘ich ta‘limning asosiy vazifalardin biri ekanligi gavdalanadi. Ayniqsa, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchlari ta‘lim va tarbiyaning tub maqsadi kuchli fuqarolik jamiyatining barpo etilishiga xizmat qilishi asosiy maqsadimiz ekanligi Sharqona tarbiya mazmunida his etilishi zaruriyati mavjuddir.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining ‘’Barkamol avlod yili’’ davlat dasturi to‘g‘risidagi Qarorida mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarda ‘’....ta‘lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash … samarali tizimini yanada rivojlantirish’’ ko‘zda tutilganligi dolzarb vazifalarimizdan biridir.

Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining ‘’Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch’’ asarida ta‘lim – tarbiya haqida quyidagi fikrlarni bildirgan. ‘’Ma‘naviyatni shakllantirishga bevosita ta‘sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil – bu ta‘lim – tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Ma‘lumki, ota – bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilm – u ma‘rifat, ta‘lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albbatta, ta‘lim – tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya‘ni xalq ma‘naviyatini shakllantiradigan va 5 boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta‘lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma‘naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. an foydalanish…………


Download 37,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish