Sestodsimonlar (Cestodaria) sinfi. Tsestodsimonlarning tuzilishi ko‘p jihatdan
tasmasimonlarga o‘xshash, hazm qilish sistemasi bo‘lmaydi. Ulardan bir qancha belgilari bilan
farq qiladi. Ularning likofora balki 10 ta embrional ilmoqlar bor. Lichinka serkomerasi ko‘pincha voyaga yetgan davrida ham saqlanib qoladi. Barcha sestodsimonlarning tanasi
bo‘g‘imlarga bo‘linmagan, jinsiy apparata ham bitta bo‘ladi. Jinsiy sistemasi germafrodit
bo‘lib, juda ko‘p follikulyar urug‘donlardan va bitta ikki bo‘lakli tuxumdondan iborat.
Sarig‘donlari rivojlangan, bachadoni alohida teshik bilan tashqariga ochiladi. Jinsiy qini
rivojlangan. Boshka organlari tasmasimonlarga o‘xshash bo‘ladi. Tipik vakili amfilina (Amphilina foliacea, 60-rasm) osetrsimon baliqlarda parazitlik qiladi
10
.