O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni


partenogenezdan 
iborat. 
Partenogenezning  bu  xili  pedogenez  (lichinkalik  davrida  ko‘payish)  deb  ham  ataladi.  Agar 
miratsidiy  lichinka  deyiladigan  bo‘lsa  sporotsista  va  rediyalarni  ikkita  urg‘ochi  nasl  deyish 
mumkin. So‘rg‘ichlilar hayot sikli germafrodit va partenogenetik naslini almashinuvidan iborat. 
Bu  hodisa,  shuningdek  ayrim  jinsli  va  germafrodit,  ayrim  jinsli  va  partenogenetik  nasllarni 
almashinib  turishini  geterogoniya  deyiladi.  Pedagenezning biologik  ahamiyati  asosiy xo‘jayin 
tanasida rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lgan parazitlar sonini keskin oshirishdan iborat. 
So’rg’ichlilarning  patogen  ahamiyati.  Ko‘pchilik  so‘rg‘ichlilar  odam  va  hayvonlarda 
parazitlik qiladi. Ular orasida jigar qurti - Fasciola hepatica katta xo‘jalik ahamiyatiga ega. Bu 
qurtning  voyaga  yetgan  davrida  uzunligi  3-  5  sm  bo‘lib,  deyarli  barcha  sutemizuvchilar, 
jumladan  odam  jigari  o‘t  yo‘llarida  parazitlik  qiladi.  Parazit  ta‘sirida  mollar  jigarining  o‘t 
yo‘llari  bekilib,  o‘t  suyuqligining  oqishi  qiyinlashib  qoladi.  Ayrim  yillari  chorva  mollari 
(qoylar)ning zararlanishi epizootiya tusini olgan. 
Sutemizuvchi hayvonlar jigarida lantsetsimon so’rg’ichli - Dicrocoelum lanceatum ham 
parazitlik  qiladi.  Bu  parazitning  uzunligi  0,5-1,2  sm,  birinchi  oraliq  xo‘jayini  quruqlikda 
yashovchi  qorinoyoqli  mollyuskalar,  ikkinchi  oraliq  xo‘jayini  chumolilar  bo‘ladi.  Chumolilar 
mollyuskalar  ajratib  chiqaradigan  serkariyli  qopchalarni,  sutemizuvchilar    o‘t  bilan  birga 
chumolilarni yeb zararlanadi. 
Mushuk ikki so’rg’ichlisi - Opisthorchis felineus (52-rasm) mushuk, it va odam jigarida 
parazitlik  qiladi.  Uzunligi  8-13  mm.  Birinchi  oraliq  xo‘jayin  bitiniya  mollyuskasi  -Bithynia 
leachi, ikkinchisi  baliq hisoblanadi.  Odam  va hayvonlar  metatserkariyli baliq go‘shtini  yaxshi 
pishirilmagan  yoki  dudlamagan  yeganida  parazitni  yuqtiradi.  Kuchli  zararlangan  odam  halok 
bo‘lishi mumkin. Parazit Sibir hamda Yevropaning sharqiy va janubiy hududlarida tarqalgan. 
Qon  so‘rg‘ichlisi    (Shistosoma  haematobium,  52-rasm)  -  ikki  jinsli  hayvon.  Erkagi 
(uzunligi  12-14  mm)  urg‘ochisi  (20  mm)  ga  nisbatan  kalta,  biroz  keng  bo‘ladi.  Urg‘ochisi 
ingichka,  erkagining  qorin  tomonidagi  tarnovsimon  chuqurchasida  joylashgan  bo‘ladi. 
Shistozomalar  odamning  qorin  bo‘shlig‘idagi  yirik  vena  tomirlarida,  shuningdek  buyrak  va 
qovuq  venalarida  yashaydi.  Urg‘Ochisi  qovuqdevori  va  orqa  ichak  venasiga  tuxum  qoyadi. 
Miraditsiy lichinkasi bo‘lgan tuxumlar qovuq devorini teshib, uning bo‘shlig‘iga, undan siydik 


bilan  tashqariga  chiqib  ketadi.  Suvda  tuxumdan  chiqqan  miratsidiylar  ayrim  chuchuk  suv 
qorinoyoqli  mollyuskalari  tanasiga  kirib  oladi.  Mollyuskalar  tanasidan  suvga  chiqqan 
serkariylar  cho‘milayotgan  yoki  sholipoyada  ishlayotgan  odamlar  terisini  teshib  qon  tomiriga 
o‘tib oladi. Bu parazit paydo qiladigan kasallik shistozomatoz deyiladi. 
       Bu 
sinf 
digenetik 
so‘rg‘ichlilar 
va 
aspidogasterlar 
kenja 
sinflariga 
ajratiladi.Digenetik,  so’rg’ichlilar  (Digenea)  kenja  sinfi.  Digenetik  so‘rg‘ichlilar  deyarli 
barcha vakillarining ikkita so‘rg‘ichi bo‘ladi. Rivojlanish sikli juda murakkab, nasl almashinuv 
orqali  boradi.  So‘rg‘ichlilarning  asosiy  ko‘pchiligi,    shu  jumladan  yuqorida  keltirilgan  turlar 
ham ana shu kenja sinfga kiradi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish