Kupayishi. Jinssiz ko‘payish infuzoriyalar tanasining ko‘ndalangiga teng ikkiga bo‘linish
yo‘li bilan boradi. Ko‘pchilik infuzoriyalarning makronukleusida jinssiz ko‘ payishda mitozga
o‘xshash jarayon sodir bo‘ladi. Dastlab xromosomalar hosil bo‘ladi, ularning soni ikki marta
oshadi, lekin yadro bo‘linmaydi. Yadro bo‘linmasdan xromosomalar sonining ortishi endomitoz
deyiladi. Shundan so‘ng infuzoriyalarning bo‘linishi boshlanadi. Normal uy haroratida tufelka
bir sutkada 1-2 marta bo‘linadi.
Ko‘ pchilik infuzoriyalar jinssiz ko‘payishdan oldin sista hosil qiladi. Sista ichida
palintomiya yo‘li bilan infuzoriya tanasi yiriklashmasdan ketma-ket bo‘linib, 4 ta yoki ko‘proq
juda mayda infuzoriyalar hosil qiladi. Sistadan.yosh infuzoriyalar chiqadi. Ular oziqlanib, tez
usadi va yana sista hosil qilib, uning ichida bo‘ lina boshlaydi. Infuzoriyalarning ko‘p marta
jinssiz ko‘payishdan so‘ng qonyugatsiya deb ataladigan jinsiy ko‘payish boshlanadi.
Qonyugatsiyada ikkita infuzoriya korni (peristom) tomoni bilan bir-biriga yaqinlashadi. Ayrim
infuzoriyalar qonyugatsiyasida pellikulaning tegib turgan joyi eriydi. Konyugantlar o‘rtasida
sitoplazmadan iborat ko‘prikcha hosil bo‘ladi (22-rasm). Boshqa infuzoriyalarda esa bunday
ko‘prikcha hosil bo‘lmaydi. Qonyugatsiya davomida makronukleuslar yemirilib, sitoplazmaga
so‘riladi. Mikronukleuslar ikki marta reduktsion (meyoz) bo‘linishi natijasida to‘rtta gaploid
xromosomali yadrolar hosil bo‘ladi. Ulardan uchtasi yemirilib, sitoplazmaga singib ketadi,
to‘rtinchisi yana bo‘linib jinsiy yadrolar - pronukleuslarni hosil qiladi. Pronukleuslardan biri
harakatchan (migratsion) bo‘lib, urug‘hujayraga, ikkinchisi statsionar (harakatsiz) bo‘lib, tuxum
hujayraga to‘g‘ri keladi. Bir qonyugantning ko‘chma pronukleusi ikkinchi qonyugantga o‘tib,
uning statsionar yadrosi bilan qo‘shiladi, ya‘ni infuzoriyalar harakatchan yadrolar bilan
almashinishadi. Buning natijasida qonyugatsiya oxirida har qaysi infuzoriya diploid xromoso-
mali bittadan yadro sinkarionga ega bo‘lib qoladi. Shundan so‘ng infuzoriyalar ajralib ketadi,
ularning yadrolari qaytadan tiklanadi. Buning uchun uning sinkarioni bir necha marta bo‘linadi.
Ularning bir qismidan mikronukleus, qolgan qismlaridan makronukleus hosil bo‘ladi.
Makromolekulalarning ko‘p marta replikatsiyasi natijasida uning DNK tarkibi ortadi va poliploid
bo‘lib qoladi. Shundan so‘ng infuzoriyalar jinssiz ko‘payishta kirishadi.
Qonyugatsiya natijasida infuzoriyalarning soni ortmaydi, ya‘ni hech qanday ko‘payish
bo‘lmaydi. Lekin qonyugatsiya infuzoriyalar hayotida juda muhim ahamiyatga ega. Chunki bu
jarayonda har qanday jinsiy ko‘payishda bo‘lganidek, bir organizmda ikki (ota va ona)
organizmlarining irsiy belgilari mujassamlashishi natijasida naslning yashovchanligi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |