O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Ichki  tuzilishi. Hazm qilish sistemasi  to‘g‘ri nay  shaklida, hamma bo‘g‘imoyoqlilarga 
o‘xshash  bo‘limlardan  iborat.  Og‘iz  teshigi  boshining  pastki  tomonida  jag‘larining  o‘rtasida 
joylashgan.  Kivsyaklarning  uch  juft  so‘lak  bezlarining  har  qaysisi  alohida  yo‘l  bilan  og‘iz 
bo‘shlig‘iga yoki og‘iz teshigi yoniga ochiladi. Ko‘poyoqlilar jag‘lari yoniga ochiladigan 2 juft 
bezlarini  hasharotlarning  ipak  bezlariga  tenglashtirish  mumkin.  O‘rta  ichak  ancha  uzun.  Oziq 


o‘rta ichakda hazm bo‘ladi. Orqa ichak esa juda kalta bo‘ladi. Ko‘pchilik ko‘poyoqlilar yirtqich 
hayot kechiradi. Ular orasida o‘txo‘rlari kam uchraydi. 
Ayirish  sistemasi  tana  bo‘shlig‘ida  joylashgan  ikki  juft  uzun  malpigi  naychalaridan 
iborat.  Naychalarning  tana  bo‘shlig‘ida  joylashgan  uchi  berk,  ikkinchi  uchi  esa  o‘rta  va  orqa 
ichak  chegarasida  ichak  bo‘shlig‘iga  ochiladi.  Asosiy  modda  almashinuv  mahsuloti  siydik 
kislotasi  malpigi  naychalari  bo‘shlig‘iga  ajratiladi.  Ayirish  organlariga  malpigi  naychalari, 
qorin qon tomiri yoki qorin nerv zanjiri boylab joylashgan limfatik bezlar ham kiradi. Bu bezlar 
moddalar  almashinuvi  qattiq  mahsulotlarini  to‘plash  vazifasini  bajaradi.  Ayirishda  yog‘ 
tanachalar ham  qatnashadi.  Bu tanachalar tana bo‘shlig‘ida joylashgan xujayralar to‘plamidan 
iborat. Yog‘ tanachalar zaxira oziq ham bo‘ladi.. 
Nafas  olish  sistemasi  shoxlangan  ingichka  havo  naychalari  —  traxeyalardan  iborat. 
Traxeyalarning  ichki  yuzasi  xitin  bilan  qoplangan.  Bu  xitin  naychalar  devorida  spiral 
joylashgan  yo‘g‘onlashmalarni  hosil  qiladi.  Yo‘g‘onlashmalar  traxeya  naylarini  puchayib 
qolishiga  yo‘l  qoymaydi.  Traxeya  naylari  qorin  tomonida  joylashgan  stigmalar  (nafas 
teshiklari) bilan bog‘langan. Odatda ko‘poyoqlilarning har bir tana bo‘g‘imida bir juftdan, ikki 
juft  oyoqlilarda  2  juftdan,  ko‘pchilik  laboyoqlilarda  esa  har  ikki  bo‘g‘imda  bir  juftdan  nafas 
teshiklari  bo‘ladi.  Ayrim  ko‘poyoqlilarning  (laboyoqlilar)  traxeya  naylari  kuchli  shoxlangan. 
Tanadagi  traxeya  naychalari  o‘zaro  tutashib,  yaxlit  traxeya  sistemasini  hosil  qilgan.  Ikki  juft 
oyoqlilarda  esa  har  bir  traxeya  nayi  alohida  nafas  teshigiga  ochiladi.  Traxeya  naychalarining 
uchki  qismi  barcha  to‘qimalarga  tarqaladi.  Tana  muskullarining  qisqarishi  va  bo‘shashishi 
tufayli traxeya naychala-ridagi havo almashinadi. 
Qon aylanish sistemasi yaxshi rivojlangan,  yurak va undan boshlanadigan arteriya qon 
tomirlaridan  iborat.  Yuragining  tuzilishi  va  joylanishi  hasharotlarnikiga  o‘xshaydi.  Bu  organ 
ichakning  ustida  joylashgan  tana  bo‘g‘imlari  soniga  teng  miqdorda  alohida  kamaralarga 
bo‘lingan  uzun  naychadan  iborat.  Har  qaysi  kameraning  ikki  yonida  klapanli  bir  juft  ostiylar 
bo‘ladi.  Klapanlar  qo‘shni  kameralar  orasida  ham  joylashgan.  Yurak  maxsus  qanotsimon 
muskullar yordamida tana devoriga osilgan bo‘lib, orqadan oldingi tomonga qarab to‘lqinsimon 
qisqarish  xususiyatiga  ega.  Yurakdan  chiqadigan  qon  tomirlari  ko‘poyoqlilarda  turlicha 
rivojlangan. Yurakning keyingi uchi hasharotlarga o‘xshash berk yoki ikkita qon tomirlari bilan 
bog‘langan bo‘ladi. 
Laboyoqlilar  yuragi  oldingi  uchidan  aorta  qon  tomiri  boshlanadi.  Aorta  bosh  miya  va 
qorin  qon  tomirlari  bilabn  bog‘langan.  Bundan  tashqari  har  bir  yurak  kamerasidan  ham 
ikkitadan  arteriya  chiqadi.  Qon  tomirlari  ko‘  p  marta  tarmoqlanib,  tana  bo‘shlig‘iga  ochiladi. 


Shunday  qilib,  gemolimfa  yurakdan  qon  tomirlari  orqali  tana  bo‘shlig‘iga  quyiladi.  U  yerdan 
yana ostiylar orqali yurakka o‘tadi. Yurakda qon orqadan oldinga, qorin qon tomirida, aksincha 
oldindan orqaga oqadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish