ko`proq o`qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash
va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir. O`quv materiali yangi va
ancha murakkab bo`lganda, an`anaviy dars — ko`p hollarda ta`lim jarayonining
SHu bois, ba`zida an`anaviy darsni markazida o`qituvchi turgan o`qitish usuli deb
mashq kabi metodlardan foydalaniladi. SHu sabab, bu hollarda an`anaviy dars
bo`lib berish; rang —barang misollarni imkoni boricha ko`rgazmali taqdim qilish;
mavzudan chetlashmaslik; materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish;
o`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirib borish; teskari aloqani
6.
O`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirish. Nazorat savollari bilan
murojaat etish va mavzuni o`zlashtirish darajasini aniqlash.
7. YAkunlash. Dars mavzusining asosiy tushunchalarini va o`quv maqsadlarini
jamlash.
Ko`rinib turibdiki, an`anaviy dars mashg`ulotida barcha dars bosqichlari
qadamba-qadam amalga oshiriladi va hech qanday g`ayrioddiylik mavjud emas.
Bu o`quvchini darsga bo`lgan ishtiyoqining sustligini va dars o`tishdagi bir
xillikni ta`minlaydi. SHunday bo`lsada, an`anaviy o`qitishda o`ziga xos ijobiy va
salbiy xususiyatlar mavjuddir. Zero, an`anaviy ta`lim metodlari quyidagi
afzalliklarga ega:
• Ma`lum ko`nikmalarga ega bo`lgan va aniq ma`lum tushunchalarni, fanni
o`rganishda foydali ekanligi. Bu an`anaviy ta`limda ilmiylik tamoyilining amal
qilayotganligi va o`quvchida tizimli bilimlarning hosil bo`layotganligidir.
• O`qituvchi tomonidan o`qitish jarayonini va o`qitish muhitini yuqori darajada
nazorat qilinishi, ta`limning tarbiyaviy xarakterini ifodalaydi. Bunda talabalar
sust ishtirok etsalar ham, dars mashg`ulotida ular yuqori intizom na`munalari
ko`rsatadilar.
• Vaqtdan unumli foydalanish natijasida barcha mashg`ulot bosqichlarining to`liq
amalga oshishi va vaqt taqsimotining izchillik bilan namoyon bo`lishi kuzatiladi.
An`anaviy ta`lim metodlari bugungi kunda qator kamchiliklarga ham egaki,
bu o`quv jarayonida noan`anaviy ta`lim metodlarini qo`llash ehtiyojlarini paydo
qiladi. Bu kamchiliklar quyidagilardir.
• O`quvchilar passiv ishtirokchi bo`lib qoladilar, dars mashg`uloti markazida
hamda asosiy boshqaruvchilik rolida o`qituvchining turganligi bunday passivlikka
olib keladi.
• O`qituvchining to`la nazorati barcha o`quvchilar uchun motivatsiyani vujudga
keltirmaydi. CHunki, o`quvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha
xatti-harakatlar qat`iy talab asosida sodir bo`ladi. Bu o`quvchida ijodiy
tashabbusni uyg`otmaydi.
• O`quvchilar o`qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydilar. CHunki,
har bir dars bosqichi muayyan qoidalarga asoslanganligi va bu bosqichlar
o`qituvchining ixtiyorida sodir bo`layotganligi muloqotning har xil shakllarini
namoyon bo`lishiga ehtiyoj tug`dirmaydi.
• Eslab qolish darajasi hamma o`quvchilarda bir —xil bo`lmaganligi sababli, sinf
bo`yicha o`zlashtirish darajasi past bo`lib qolishi mumkin. YA`ni, an`anaviy
ta`limda mashg`ulotga va bilish jarayoniga o`quvchilarni qiziqtiruvchi har xil
uslublarni, xotirani mustahkomlovchi o`yinli texnologiyalarni qo`llash
imkoniyatlaridan foydalanilmasligi mazkur oqibatlarni keltirib chiqaradi.
• Mustaqil o`rganish va mustaqil qarorlar qabul qilish uchun sharoitlar
yaratilmaydi. Talabani ijodiy fikrlashga undovchi kuchning mavjud emasligi
tabiiy ravishda yangi g`oyalarni ishlab chiqish uchun sharoitlarni yuzaga
keltirmaydi.
O`qitishning noan`anaviy modellarini shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin.
Bu modellar asosan o`quvchi shaxsiga qaratilgan bo`lib, ularni boshqacha qilib
markazda o`quvchi turgan ta`lim modellari deb ham atashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: