O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan muhandislik – pеdagogika instituti


-Mavzu: O`rta maxsus, kasb hunar o`quv yurtlarida o`qitishning



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/48
Sana29.12.2021
Hajmi1,35 Mb.
#74215
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
Bog'liq
kasb talimi metodikasi (1)

7-Mavzu: O`rta maxsus, kasb hunar o`quv yurtlarida o`qitishning 

nazariy asoslari. O`qitish jarayonining mohiyati va qonuniyatlari. 


O`qitish jarayonining tarkibiy qismlari. Dars. O`qitish metodlari 

klassifikatsiyasi.

 O`quv bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish 

metodlari. O`quv bilish faoliyatini rag`batlantirish metodlari. 

 

 



 

Tayanch so`z va atamalar 

 

O`qitishing  tashkiliy  formalari.  Dars-  o`qitishning  asosiy  tashkiliy 

shakli.  Darsga  qo`yiladigan  talablar.  Dars  mashg`uloti  loyihasi. 

Mashg`ulotning texnologik xaritasi. 

O`qitishing  tashkiliy  formalari  deganda,  o`qituvchi  va  o`quvchilarning 

maxsus  tashkil  etilgan,  belgilangan  tartibda  va  muayyan  rejimda  o`tadigan 

faoliyati  tushuniladi.  O`qitishning  u  yoki  bu  tashkiliy  formasi  kollektiv  va 

individual  o`qitishning  har  xil  ko`rinishda  qo`shib  olib  borilishi,  o`qitishda 

o`quvchilar  mustaqilligining  turli darajasi,  o`quvchilarning o`qishiga o`qituvchi 

rahbarligining  har  xil  usullari  bilan  harakterlanadi.  O`qitishni

 

tashkil  etish 



formalarini  tanlash,  ta`lim  tarbiyaviy  vazifalar  bilan  belgilanadi  va  o`quv 

ishining mazmuni hamda metodlariga bog`liq bo`ladi. 

So`nggi  yillarda  umumta`lim  maktablari  va  KHKlarining  ilg`or 

pedagoglari 

o`quv 

jarayonining 



asosiy 

formasi 


bo`lgan 

darsni 


takomillashtirish,  uning  samaradorligini  oshirish  yo`llarini  izlash  borasida 

katta  ijodiy  ish  olib  borishmoqda.  Bu  izlanishlarning  borishi  va  natijalarini 

jamlab,  darsni  takomillashtirishning  ba`zi  yo`nalishlarini  ajratib 

ko`rsatish  mumkin:  dars  o`tkazishda  bir  qoliplikni  yo`qotish,  o`quv  jarayonida 

tipi,  mazmuni  va  strukturasi  har  xil  bo`lgan  darslardan  foydalanish, 

o`qituvchining  yangi  materialni  bayon  etishini  darsda  bu  materialni 

puxtalashning  har    xil  formalari  bilan  qo`shib  olib  borish,  o`quv  jarayoniga 

o`quvchilar  tafakkurini  aktivlashtirishning  muhim  vositasi  bo`lgan  xilma-xil 

mustaqil  ishlarni  kiritish,  o`quvchilarning  yangi  materialni  olingan  bilimlarga 

tayanib,  mustaqil  o`rganish  «salmog`ini»  oshirish,  darsga  o`quvchilarning 

maxsus  texnika  adabiyoti,  standartlar,  ishlab  chiqarish  hujjatlari  va  shu 

kabilar  bilan  mustaqil  ishlashini  keng  ko`lamda  kiritish  darslarda  o`quv 

materialini  puxtalashning  aniq  sistemasini  amalga  oshirish,  o`quvchilarning 

uyda  qilinadigan  o`quv  ishlarini  takomillashtirish  va  ularning  samaradorligini 

oshirish,  maxsus  fanlar  darslarida  va  ishlab  chiqarish  ta`limi  jarayonida 

o`rganiladigan materiallarni bir-biriga chambarchas bog`lash. 

     Sinf-dars  sistemasida  o`quv  ishini  tashkil  etishning  asosiy  formasi  darsdir. 

Dars deganda ma`lum  vaqt ajratilgan va o`zgarmas tarkibli hamda tayyorgarlik 

darajasi bir xil bo`lgan o`quvchilar gruppasi bilan o`qituvchi o`tkazadigan o`quv 

jarayonining bir qismi tushuniladi. 

     Har  bir  dars  quyidagi  talablarga  javob  berishi  kerakki,  bu  talablarga  rioya 

qilish butun ta`limning samaradorligini oshiradi. 

    Maqsad  va  mazmunning  aniqligi.   Bu  talab  darsning  butun  o`quv 

materialini  va  uning  har  qaysi  qismini  to`g`ri  tanlash  yo`li  bilan  ta`minlanadi. 




Darsda  o`rganiladigan  (mustahkamlanadigan,  takrorlanadigan)  material  nisbatan 

tugal,  mustaqil  bo`lishi,  darslar  tizimida  muayyan  o`rin  tutishi  va  o`z  didaktik 

yo`nalishiga  ega  bo`lishi,  ya`ni  o`quvchilarga  yangi  materialni  bayon  etishi, 

bilimlarini  mustahkamlashi  va  sistemaga  solishi,  bu  bilimlarni tatbiq  etish uquvi 

hosil qilishi lozim va hokazo. 

       Ta`lim  va  t a r b i y a v i y   vazifalarning  ajralmasligi.  YUqorida 

ta`kidlab  o`tilganidek,  ta`limning  tarbiyalovchi  xarakteri  uning  ob`ektiv 

qonuniyati sanaladi. Ammo, shunga qaramay, o`qituvchi hamisha o`quvchilarning 

tafakkuri, xotirasi, diqqat-e`tibori, irodasi va boshqa xislatlarini, bilish faoliyatini, 

ijodini, ishda mustaqilligi va shu kabi fazilatlarini rivojlantirish uchun darsda har 

qanday imkoniyatdan foydalanishga majbur. 

       Darsning  h a r qaysi  bosqichida  o`qitishning  eng  ma`qul    metodlarini  

tanlash.  O`qitish  metodlarini  tanlash  ko`pgina  faktorga:  o`quv  materialining 

mazmuniga, darsdan ko`zda tutilgan maqsadga, darsning o`quv  materiallari bilan 

ta`minlanganlik 

darajasiga, 

o`quvchilarning 

tayyorgarlik 

saviyasiga, 

o`qituvchinint  tajribasiga  va  shu  kabilarga  bog`liq.  O`qitish  metodini  tanlash 

o`qituvchining  yuqori  mehnat  unumdorligini  va  o`quvchilarning  maksimal 

aktivligini  ta`minlashi  kerak,  bu  esa  o`quvchilarga  chuqur  hamda  puxta  bilimlar 

beradi, olingan bilimlarni amalda tatbiq etish uquvlarini hosil qiladi. 



D a r s d a   o ` q u v c h i l a r n i n g   k o l l e k t i v   v a   i n d i v i d u a l   i s h i n i  

t o ` g ` r i   q o ` s h i b   o l i b   b o rish.  Bu  talab  o`qitishni  individuallashtirish 

darajasini  oshirish  zarurligini  taqozo  qiladi.  O`qituvchi  butun  gruppaga  o`quv 

materialini ma`lum qilar ekan,  odatda, o`rtacha o`quvchini nazarda tutadi. Ammo 

konkret  o`quvchilar  ana  shu  o`rtacha  o`quvchidan  ko`p  jihatdan  farq  qiladi. 

SHuning  uchun  o`qituvchi  butun  gruppa  bilan  frontal  ish  olib  borishi  bilan 

birga,  darsda  individual  topshiriqlar  bo`yicha  mustaqil  ishlashni  ham  keng  joriy 

qilishi,  individual  nazorat  o`tkazishi,  uy  topshiriqlarini  individual  berishi  va 

ularning bajarilishini individual tekshirishi lozim va hokazo. 

    Tashkil  etishning  aniqligi.   Bu  talabning  bajarilishi  darsga  ajratilgan 

hamma  vaqtdan  o`quvchilar  bilan  ishlash  uchun  eng  samarali  foydalanishga 

imkon beradi. Bunga o`qituvchi va o`quvchilarning darsga yaxshilab tayyorlanishi, 

darsni  juda  yaxshi  moddiy-texnikaviy  ta`minlash,  uning  barcha  elementlari 

strukturasini puxta tuzish va darsni aniq tashkil etish orqali erishiladi. 

O`qituvchi  tomonidan  har  bir  darsni  yaxlit  holatda  ko`ra  bilish  va  uni 

tasavvur  etish  uchun  bo`lajak  dars  jarayonini  loyihalashtirib  olish  kerak.    Bunda 

o`qituvchiga u tomonidan bo`lajak darsni texnologik xaritasini har bir mavzu, har 

bir  dars  uchun  o`qitilayotgan  predmet,  fanning  xususiyatidan,  talabalarning 

imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.

 

Bunday  texnologik  xaritani  tuzish  oson  emas,  chunki  buning  uchun 



o`qituvchi  pedagogika,  psixologiya,  xususiy  metodika,  pedagogik  va  axborot 

texnologiyalardan  habardor  bo`lishi,  shuningdek,  juda  ko`p  metodlar,  usullarini 

bilishi kerak bo`ladi. Har bir darsni rang-barang, qiziqarli bo`lishi avvaldan puhta 

o`ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog`liq.

 

Darsning  texnologik  xaritasini  qay  ko`rinishda  yoki  shaklda  tuzish  bu 



o`qituvchining tajribasi, qo`ygan maqsadi va ixtiyoriga bog`liq. Texnologik xarita 


qanday  tuzilgan  bo`lmasin,  unda  dars  jarayoni  yaxlit  holda  aks  etgan  bo`lishi 

hamda  aniq  belgilangan  maqsad,  vazifa  va  kafolatlangan  natija,  dars  jarayonini 

tashkil  etishning  texnologiyasi  to`liq  o`z  ifodasini  topgan  bo`lishi  kerak. 

Texnologik  xaritani  tuzilishi  o`qituvchidan  darsni  kengaytirilgan  konspektini 

yozishdan  xalos  etadi,  chunki  bunday  xaritada  dars  jarayonining  barcha  qirralari 

o`z aksini topadi. 

 


Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish