O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy viloyat kasb-hunar ta’lim xududiy boshqarmasi Navoiy tibbiyot kolleji



Download 1,06 Mb.
bet71/109
Sana30.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#159701
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   109
Bog'liq
2.Pediatriya maruza matn

Dars rejasi:

1. Bolalarda qon aylanish a’zolari tuzilishining anatomik-fiziologik xususiyatlari

2. Tug’ma yurak nuqsonlari bolgan bolalar va ularning oilalarida hamshiralik parvarishi.

6.Revmatizm bilan og’rigan bolalar va ularning oila a’zolarida hamshiralik parvarishi.

Ma’ruza matni :

.Bolalarda qon aylanish a’zolarining anatomo-fiziologik xususiyatlari.

1) Morfologik xususiyatlari

Tug’ilgan vaqtda homilada yo’ldosh orqali aylanayotgan qon o’pkada qon aylanishi shakllanishi bilan almashinadi.bunda nafas tizimida o’zgarishlar yuzaga kelib,qisqa vaqt ichida qon aylanishida katta o’zgarishlar yuzaga keladi.

Arterial yo’lak tug’ilgandan 1-3 kunlardan so’ng yopiladi.Oval teshik funksiyasi tug’ilgandan keyin 2-3 minutda tugaydi va organic bir necha oydan so’ng yopiladi.Tug’ilgandan keyin birinchi minutlarda kindik arteriyasi orqali o’tayotgan qon to’xtaydi va bolada qon aylanishida o’zgarishlar yuzaga keladi.

Bola yuragi kovak a’zo bo’lib,musht kattaligida bo’ladi.ko’krak qafasida umurtqaning ko’krak bo’limi va to’sh suyagi o’rtasida joylashadi,o’pkaga tegib turadi.Kichik yoshdagi bolalarda qovurg’alar gorizontal joylashadi va 7 yoshda yurak 4-qovurg’a sathida joylashadi.Yurak perikard deb ataladigan ikki qavatli seroz parda bilan qoplangan.Yurak devoir 3 qavatli bo’lib tashqaridan perikard, miokard va endokarddan iborat.

. Tug’ma yurak nuqsoni

1) Qorinchalararo to’siq defekti

(1) Klinik manzarasi

O’ng qorinchani char qorinchadan ajratib turuvchi qorinchalar aro to’siqda tug’ma teshik bo’lishi sababli qorinchalar o’rtasida bog’liqlik bo’lib,undan qon o’tib turishi bilan kechadigan kasallik.

(2) Etiologiya

Kasallikni chaqiruvchi sababi aniqlanmagan

(3) Kasallik og’irligiga bog’liq.Teshik kichik bo’lib chap qorinchadan o’ng qorinchaga o’tayotgan qon hajmi kam bo’lganda belgilar deyarli aniqlanmaydi.Faqat yurak shovqinlarini eshitish mumkin.O’rtacha og’irlikda o’tayotgan qon hajmi ko’p bo’lganda yurak yetishmovchilik belgilari kuzatiladi.Yrak yetishmovchilik belgilaridan jigar kattalashishi va shovqinlarni sezish mumkin.Ba’zan o’pka gipertenziyasi kuzatiladi.Bunday hollarda jarrohlik aralashuvi o;tkaziladi. Asosan 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda spontan tuzalish kuzatiladi.

(4) Tashhisoti

Exokardiografiya, yurakni zondlash, yurak angiografiyasi o’tkaziladi.

(5) Davolash

O’rta va og’ir hollarda asosan jarrohlik operatsiyasi o’tkaziladi. Engil shaklida ahvolni doimo kuzatib borish etarli. Infeksion endokardit kelib chiqishini oldini olish kerak. Operatsiyadan so’ng ko’p hollarda natija yaxshi bo’ladi.

(6) Hamshiralik parvarishi

1.Simptomlarni kuzatish

Yurak ritmi (chastotasi, aritmiya va b.), bosim (puls bosimi va b.), tana harorati, tianoz, nafas holati, shishlar (oyoq-qo’llarda, qovoqlarda), tana vazni, kayfiyat, periferik harorat, ter ajralishi, so’rish xususiyati va b. kuzatib boriladi.Faqat tinch holatda emas balki yurak zo’riqqanda o’zgarishlarni kuzatiladi.Radikal operatsiyadan keyin EKG tekshirishlari orqali yurak yetishmovchiligi stabillashguncha tekshirib boriladi.

2.Yotoq rejimi

Yotoq rejimi nafas va qon aylanish tizimiga bo’ladigan zo’riqishlarni kamaytiradi.Agar bola ahvoli og’ir,lekin yotmayotgan bo’lsa o’yinlar o’ylab topib bolani o’tirib o’ynashi va yotoq rejimiga rioya qilishini ta’minlanadi.

3.Suyuqliklarni nazorat qilish.Qabul qilinayotgan va ajratilayotgan suyuqlik balansini,ya’ni ogiz orqaliichilayotgan va iffuziya miqdori,hamda siydik haydovchi dorilar effektini kuzatish.Suyuqlik balansni nazorat qilganda har kuni ma’lum sharoitda tana vazni o’lchanadi.

4.Dorilarni qo’llanilishi,ularning erta ta’siri va nojuya ta’siri

Katexolaminlar,kardiotonik moddalar,siydik haydovchi va b. moddalar qo’llaniladi.Shuningdek kardiotonik va siydik haydovchi moddalar organizmning suyuqlik balansiga ta’sir qiladi,gipokaliemiya va digitalisli intoksikatsiya belgilari kuzatib boriladi.Qondagi kardiotonik moddalar (digoksin) konsentratsiyasi aniqlanadi,oshqozon ichak trakti tomonidan o’zgarishlar bo’lishiga e’tibor qilinadi(ishtahaning pasayishi,ko’ngil aynishi,qusish va b.)aritmiya,bradikardiya va boshqa intoksikatsiya belgilari bor-yo’qligiga ahamiyat beriladi.

5.Jismoniy va ruhiy shiqilishni yumshatish

Bemor suyuqliklarni ichish cheraralanganiligi uchun og’iz qurishidan,dori qabul qilayotgani uchun jismoniy faoliyati cheklanganidan,yotoq rejimidan va kislorod ingalyatsiyasidan,muolajar

vaqtidan qiynaladi.Bularni yumshatish uchun dorilarni ozroq suyuqlik bilan ichirish,ovqat ratsioniga mos keladigan ovqat o’ylab topish,jismoniy imkoniyati yetguncha o’ynash imkonini berish mumkin.

2) Bo’lmachalararo to’siq defekti

(1) Klinik manzarasi

O’ng va chap bo’lmachani ajratib turadigan bo’lmachalar o’rtasidagi to’siqda tug’ma teshik bo’lishi va natijada bo’lmachadan qon bir biriga o’tib turadigan kasallik.Tug’ma yurak nuqsonlari ichida ehg ko’p uchraydigani bo’lib, 10-15 % ini tashkil qiladi.

(2) Etiologiya

Kasallikning sababchisi aniqlanmagan.

(3) Belgilari

Kasallikning og’irligiga qarab.Teshik kichik bo’lganda,chap bo’lmachadan o’ng bo’lmachaga o’tayotgan qon hajmi kam bo’lganda belgilar kuzatilmaydi.Faqat yurak shovqinlarini eshitish mumkin.O’rtacha og’irlikda,o’tayotgan qon hajmi ko’p bo’lganda yurak yetishmovchilik belgilari kuzatiladi.Qorinchalararo to’siq defektidan farq qilib,o’pka gipertenziyasi kam kuzatiladi.

(4) Tashhisoti

Ikki tomonlama exokardiografiya,dopler tekshiruvi,yurakni zondlash o’tkaziladi.

(5) Davolash

Kasallikning yengil shakllarida doimo bola ahvolini kuzatib borish yetarli. O’rta va og’ir shakllarida ( o’tayotgan qon miqdori ko’p bo’lganda) asosan jarrohlik yo’li bilan davolanadi.

(6) Hamshiralik parvarishi

Hamshiralik parvarishi qorinchalararo to’siq defektidagi parvarish kabi o’tkaziladi.

3) Fallo tetradasi

(1) Klinik manzarasi

Fallo tetradasi-yurakning “ko’k” porogi deb atalib,to’rtta anomaliyani o’z ichiga oladi:

1. Qorinchalararo to’siq defektining yuqori bo’lishi

2. O’pka stvoli stenozi

3. Aorta dekstrapozitsiyasi

4.O’ng qorincha gipertrofiyasi

(2). Etiologiyasi

Kasallikni chaqiruvchi sababchisi aniqlanmagan

(3). Belgilari

Bola tug’ilgan zahoti tsianoz kuzatiladi.Ba’zan kuchli tsianoz va nafas buzilishi bilan kechadigan gipoksik huruj deb ataladigan hurujlar kuzatiladi.Tug’ilgandan so’ng 3-6 oyliklarda anoksik hurujlar kuzatiladi.Belgilar asosan o’rindan turganda,bola yig’laganda,jismoniy zo’riqqanda (bola kuchanganda),emganda va boshqa hollarda kuzatiladi.Ba’zan bola yurganda va jismoniy harakat qilganda birdan o’tirib oladi.Shunigdek nog’ora tayoqchalari simptomi kuzatiladi-oyoq-qo’l barmoq uchlarining kattalashuvi.

(4) Exokardiografiya, yurakni zondlash, yurak angiografiyasi o’tkaziladi. Operatsiyadan oldin va keyin ko’krak qafasi rentgenografiyasi qilinadi va kardiotorakal indeks (yurakning ko’ndalang o’lchamini ko’krak qafasi ko’ndalang o’lchamiga nisbati) va plevral bo’rtma aniqlanadi.Qon tahlilida gemoglabin darajasi kabi ko’rsatkichlar va gemotakrit aniqlanadi.

(5) Davolash

- Gipoksik hurujlarda: bemorga tizza-ko’krak holati beriladi, kislorod ingalyatsiyasi o’tkaziladi, nafas yo’qolishi belgilarini hisobga olib morfin gidroxloridni mushak orasiga in’eksiya qilib sedatsiya o’tkaziladi, metabolik atsidozni bartaraf qilish uchun 7 % li bikarbonat natriy bena ichiga yuboriladi.

_ Jarrohlik operatsiyasi bosqichma-bosqich o’tkaziladi.Birinchi bosqichda: o’pka stvoli katta bo’lganda taqqoslab operatsiya ochiq yurakda o’tkaziladi.Tor o’pka stvolida operatsiya o’ng o’mrov osti arteriyasini o’g o’pka arteriyasiga tikib tomit anostomozini hosil qilinadi.Bundan keyin keyingi bosqichga o’tiladi.Tomir anostomozi hosil qilgandan keyin gemodinamikada o’zgarish bo’lgani uchun yurak etishmovchilik belgilari kuzatib boriladi hamda qon oqimini shunt orqali o’tishini ta’minlab berish kerak.Prognoz asosan ijobiy.

Padikal operatsiya 3 yoshdan keyin o’tkaziladi.Operatsiya ochiq yurakda sun’iy nafas va yurak apparatlarini qo’llagan holda o’tkaziladi.Bunda qorinchalararo to’siq defekti tikiladi va o’pka arteriyasi stenoziga barham beriladi.

(6) Hamshiralik parvarishi

1. Radikal operatsiya o’tkazishdan oldin

- Anoksik hurujlarni oldini olish muhim hisoblanadi.Buning uchun nafas holati va tsianozlar bo’lishi kuzatib boriladi va hurujlar vaqtida qo’llash uchun kislorod tayyorlab qo’yiladi.Bola yig’lagan vaqtda kislorodga bo’lgan talabi oshadi,bu tsianozni kuchaytiradi,shuning uchun yig’lash sababini barvaqt aniqlab bolani tinchlantirish kerak.Shuningdek ich kelishini nazorat qilib ich qotishini oldini olish kerak.Profilaktika maqsadida o’z vaqtida simpatik beta-adrenoblokatorlar qo’llaniladi.

-Tianoz kuchayganda gipoksemiya yuzaga keladi va qonni kislorodni tashib berish xususiyati oshishi natijasida politsitemiya rivojlanadi.Natijada qonning yopishqoqligi oshadi oqibatda trombozlar hosil bo’lib miya tomirlarida o’zgarishlar patdo bo’ladi.

2. Padikal operatsiya o’tkazgandan keyin

a. Yurak zo’riqishini oldini olish

- Belgilar kuzatib boriladi: opertsiyadan keyin bosim va hajm zo’riqishlari chaqiradigan yurak yetishmovchilik belgilarini kuzatib boorish kerak va iloji boricha ertaroq choralar ko’rish lozim.Yurak ritmi (chastotasi,aritmiya,va b.),bosim (puls bosimi va b.),tana harorati,tsianoz,nafas holati,shishlar (oyoq-qo’llarda,qovoqlarda),tana vazni,kayfiyat,periferik harorat,ter ajralishi,so’rish xususiyati va boshqalarni nazorat qilinadi.Yurakni zo’riqish darajasini bilish muhim,faqat zo’riqish holatida emas,balki tinch holatda ham o’zgarishlarni kuzatiladi.

-Yotoq tartibi: bola yig’laganda nafas soni ko’payadi va kislorodga talab kuchayadi,shuning uchun bolani yig’latmaslikka harakat qilish kerak,ya’ni injiqlik va qo’zg’alishni chaqiruvchi sabablarni (fiziologik zo’riqish vaqtida,qorni ochganda yoki uyqudan oldin) bartaraf qilish va kerakli choralarni qo’llay bilish lozim.Ona bola to’yib uxlashi uchun,bola yig’lamasligi uchun sharoit yaratishi kerak.

- Suyuqlikni nazorat qilish: aylanadigan qon hajmi oshishini oldini olish uchun suyuqlik kamroq ichiriladi. O’ng tomonlama yurak yetishmovchiligi natijasida plevral bo’rtish yuzaga keladi. Suv balansi nazorat qilinadi. Og’iz orqali berilayotgan suyuqlik,infuziya miqdori,siydik haydovchi dorilar ta’sirida siydik ajralishi nazorat qilinadi,hamda suyuqlik balansini nazorat qilish uchun har kuni aniq bir vaqtda tana vazni o’lchab turiladi.

-Dorilarni qo’llanilishi va ularning erta va nojo’ya ta’siri: Katexolaminlar,kardiotonik,siydik haydovchi moddalar va b.qo’llaniladi.Shuningdek,kardiotonik va siydik haydovchi moddalar organizmning suyuqlik balansiga ta’sir qiladi,shuning uchun gipokaliemiya va digitalis intoksikatsiyasi belgilari kuzatiladi.Kardiotonik moddalar (digoksin) ning qondagi kontsentratsiyasi aniqlab turiladi,oshqozon ichak tizimidagi o’zgarishlar ( ishtaha kamayishi,ko’ngil aynishi,qusish va b.),aritmiya,bradikardiya va b.intoksikatsiya belgilari kuzatib boriladi.Ota-onaga dorilarni qabul qilish haqida ko’rsatmalar beriladi(masalan,dorini oz miqdorda suvda yoki sutda eritib berish) va ularga bu usullarni o’zlari bajarib ko’rishiga imkon yaratiladi.

-Tana harorati: tananing periferik qismlari sovqotganda qon tomirlar torayadi bu yurak zo’riqishiga olib keladi,shuning uchun tana haroratini ko’rpa yoki grelka yordamida saqlanadi.

- Fiziologik zo’riqishlarni kontrol qilish: ich qotishi quyidagilar sababli kelib chiqadi: qon aylanishi buzilishi natijasida ichak peristaltikasi pasayishi va simpatik asab tizimining qo’zg’alishi,ter ajralishi,siydik haydovchi moddalarni qo’llanilishi,suyuqlik berishni cheklanishi,jismoniy faollikning pasayishi va b.shuni hisobga olish kerakki,fiziologik ajralmalarni ajratish vaqtida agar bola kuchansa yurak zo’riqishi mumkin.Ich qotgan vaqtda gazlar hosil bo’lishi qorin bo’shlig’ida bosim oshishiga olib keladi,nafas holati ham o’zgaradi.Bu holatlarni oldini olish uchun fiziologik zo’riqishlarni control qilish,najas holati va hajmini kuzatish,qorinni massaj qilish va mos keladigan tarkibli ovqatlarni berish kerak.

b. Nafas buzilishini yumshatish.

O’pkada aylanib yuruvchi qon hajmi oshishi,nafas yo’llarida ajralmalarning to’planib qolishi,plevral bo’rtmalarning to’planishi natijasida nafas soni tezlashishi mumkin.Shuning uchun saturatsiya,nafas,xirillashlar,nafas soni kuzatiladi va nafas yo’llarini namligini va qulay tana holatini ta’minlash kerak.Ajralmalarni yo’qotish uchun balg’am ko’chiruvchi ingalyatsiyalar qilinadi.Ko’krak yoshidagi bolalar mustaqil balg’am ajrata olmaydi,muolaja tez pulsni control qilish va kislorod berish bilan o’tkaziladi.

c. Jismoniy va ruhiy siqilishlarni oldini olish

Bemor quyidagi hollarda qiynalishi mumkin: suyuqlik kam ichgani sababli og’iz qurishidan,dori ichayotgani uchun jismoniy faoliyati cheklanganidan,yotoq rejimi va kislorod ingalyatsiyasidan,muolajalardan.Bu holatlarda qiynalishini kamaytirish uchun dorilarni ozroq suv bilan berishi mumkin,ovqat ratsioniga mos keladigan ovqatni,jismoniy imkoniyati darajasidagi mos o’yinlarni o’ylab topish mumkin.

3.Bolaga va uning ota-onasiga kasalxonaga yotqizish davrida hayot faoliyati haqida ko’rsatmalar berish.

Yurak kasali bo’lgan bola ota-onasi bolasi o’sgan sari bezovta bo’la boshlaydilar.Masalan,ko’krak va maktabgach yoshidagi bolalarni onalari kasallik va uni davolashdan,bolani dorilarni ichgisi kelmayotganidan,rivojlanishdan ortda qolayotganidan,uy ishlari va bola parvarishiga qiynalishidan,kasalxonaga borib bolani ko’rishdan,bu vaqtda boshqa bolalarni qarab turishidan bezovta bo’ladilar.Maktab yoshidagi bolalarni onalari bolasi yetarlicha mustaqil emasligidan va ularga yordam bera oladigan suhbatdosh qidirishidan bezovta bo’ladilar.Kasalxonaga yotqizish vaqtida va ambulator bo’limga murojaat qilishganda ota-onaning ahvolini kuzatishi, ularga kerakli maslahatlarni berishi,bola va uning ota-onasini uyda davolanganda qiynalib qolmasliklari uchun quvvatlab turishi kerak,hamda infeksiyani oldini olish (og’iz bo’shlig’i gigienasi,kariesni oldini olish,nafas yo’llari infeksiyasini oldini olish),infeksiya yurak faoliyatiga ta’sir qilishi haqida kerakli tushunchalarni berishi kerak.Bolada gipoksiya kelib chiqmasligi uchun jismoniy faoliyatini kamaytirish kerakligini tushuntirishi kerak.Maktab yoshidagi bolalarda esa maktab shifokori bilan bog’lanib,unga bola ahvoli va uning jismoniy imkoniyatlarini tushuntirishi kerak.

4) Ochiq arterial yo’lak.

(1) Klinik manzarasi

Arterial yo’lak o’pka arteriyasi va aorta o’rtasida joylashgan bo’lib,tug’ilgandan so’ng 72 soat davomida tabiiy yo’l bilan yopiladi.Agar u yopilmasa bu ochiq arterial yo’l deyiladi.Bunda qon shu yo’lak orqali aortadan o’pka arteriyasiga o’tadi (shunt chapdan o’ngga ).ko’p hollarda bu chala tug’ilgan chaqaloqlarda va nafas etishmovchilik sindromi bilan tug’ilgan bolalarda kuzatiladi.Kasallik ona qizilcha bilan og’rigan bo’lsa ham kuzatilishi mumlin (tug’ma qizilcha sindromi).

(2) Belgilari

Chapdan o’hgga katta hajmda qon o’tishi yurak yetishmovchiligini chaqiradi.O’ngdan chapga shunt bo’lganda tsianoz kelib chiqadi.To’shning chap qirrasi bo’ylab yuqori qismda to’xtovsiz sistoladiastolik “mashina” shovqinini eshitish mumkin.

(3) Tashhisoti

Exokardiografiya yordamida aniqlanadi.

(4) Davolash

Medikamentoz davolashda indometatsin (prostaglandinlar sintezi ingibitori) ya’ni yallig’lanishga qarshi modda va arterial yo’lakni bitishini ta’minlaydigan modda qo’llaniladi

O’pka gioertenziyasida ochiq arterial yo’lakni keshiladi.

(5) Hamshiralik parvarishi

Bo’lmachalararo to’siq defektidagi parvarish kabi o’tkaziladi.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish