O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/293
Sana24.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#155158
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   293
Bog'liq
sotsiologiya fanidan izohli lugat

Urbanizatsiya  (lot.  urbs  —  shahar)  —  jamiyat  hayotida  shaharlarning 
ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy,  ma‘naviy-madaniy  roli  oshib  borishining  tarixiy 
jarayoni.  Hoz.  davrga  kelib,  bu  tushuncha  jamiyatning  ijtimoiy,  demografik, 
etnografik, madaniy strukturasidagi miqdoriy o‗zgarishlardan tashqari, muayyan 
tarixiy makonda ijtimoiy munosabatlarning mushtaraklashuvi, mujassamlashuvi 
va  intensivlashuvining  sifat  jihatlarini  ifodalaydigan  universal  fal-iy 
tushunchaga  aylandi.  Bundan  tashqari,  U.ning  mavjudlik  holati  qishloqlarni 
ham  taqozo  qiladi.  Ya‘ni,  shahar  va  qishloqqa  munosabatlarini  oqilona  tashkil 
qilish  hozirgi  davr  urbanistik  siyosatining  asosiy  yo‗nalishiga  aylanmoqda. 
Boshqacha  aytganda,  ijtimoiy  makondagi  aholi  yashash  sharoitlari  shahar  va 
qishloqa ajratilishi nisbiy bo‗lib, ommaviy axborot vositalari, kommunikatsiya, 
ishlab  chiqarishning  texnik-texnologik,  intellektual  imkoniyatlari  nisbatan 
mustaqil ijtimoiy birlikni namoyon qilmoqda. Shahar va qishloq hayot tarzining 
integratsiyasi  jamiyat  taraqqiyotining  omili  hisoblanadi.  Shaharlarda  iqtisodiy, 


 
187 
siyosiy, madaniy, ma‘muriy va b. boshqaruv in-t.larning markazlashuvi ijtimoiy 
nazoratning  o‗ziga  xos  xususiyatlarini  vujudga  keltirgan  va  ular  qishloq 
hayotiga  singib  bormoqda.  o‗zbekistonda  U.ning  demografik  ko‗rsatkichlari 
tahliliga ko‗ra: 1985 y.da-40,7 %; 1990 y. –40,9 %; 1995 y. –38,7 %; 2000 y. 
oxiriga  kelib  esa  —  35,3  %  aholining  shaharlarda  yashashi  kutilmoqda.  Bu 
respublikamizda  bozor  munosabatlariga  o‗tish  davridagi  vaqtinchalik 
dezurbanizatsiya  hodisasidir.  Respublikamiz  mustaqillikka  erishgandan  keyin 
hukumatning  joylarda  kichik  va  o‗rta  tadbirkorlikni  rivojlantirishga 
yo‗naltirilgan  ijtimoy-iqtisodiy  islohotlar  siyosati  jamiyatni  U.lashtirishning 
yangi tarixiy davrini boshlab berdi.  
Ufr-odat  —  an‘analar  sifatida  umumxalq,  tomonidan  qabul  qilingan 
tartib-qoida;  rasm-rusum,  tamoil.  (Mas.,  o‗zbeklarda  kichiklarning  kattalarga 
salom  berishi,  erta  turib  uy-hovlini  supirib-sidirib,  tartibga  keltirib  quyish, 
mehmonlarga  alohida  hurmatda  bo‗lish,  bayram  arafasida  betob,  ojiz  va 
qiynalganlardan xabar olish, yordamga muhtojlarga hasharga borish va b.) U.-o. 
va  rasm-rusumlar  bir-birlariga  juda  yaqindan  bog‗liqdir,  biri-ikkinchisining 
tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  U.-o.  va  rasm-rusumlar  har  bir  millat  va  elatning 
tarixi,  turmush  tarzi  va  b.  omillar  ta‘sirida  o‗ziga  xos  ravishda  shakllanadi  va 
millat elatning o‗ziga xos qiyofasini belgilovchi xususiyatlaridan biridir. Mas., 
o‗zbeklarda,  qudachilik  nihoyatda  katta  e‘tiborni  talab  qiladi.  ―Kuyovni 
payg‗ambarlar  siylagan‖,  deyiladi  va  shunga  yarasha  kuyovga  hurmat  ehtirom 
bildiriladi. o‗tmishda ota o‗z qizi kelin bo‗lib tushgan mahalladan otdan tushib, 
piyoda o‗tgan. U.-o. va rasm-rusumlar milliy an‘analar, milliy til va milliy ruh 
b-n  bir  qatorda  milliy  ma‘naviyat  va  madaniyatning  muhim  qirrasini  tashkil 
qiladi. U.-o. va rasm-rusumlar har bir millatda o‗ziga xos tizimni tashkil qiladi, 
millat  tomonidan  turmush  tarzining  zaruriy  sharti  deb  qabul  qilinadi.  U.-o.  va 
rasm-rusumlarga  befarq  kishi  o‗zini  o‗z  millatidan  uzoqlashtirib,  uzib  qo‗yadi. 
U.-o.  va  rasm-rusumlarga  hurmat  o‗z  millatiga  hurmatning  tarkibiy  qismlarga, 
ko‗p millatli davlatda o‗z millatining, U.-o.lariga rioya qilish boshqa millatlar b-
n bo‗lgan do‗stona munosabatlariga putur etkazmasligi kerak. 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish