Sh
Shahar
— shtab-kvartira — xalqaro mehnat taqsimotida
muvofiqlashtiruvchi rolini bajaruvchi shahar, dunyo moliya va savdo
tizimining shtab-kvartirasi.
Shahar zaxiralaridan ikkilamchi foydalanish — nurab qolgan
binolarini ta‘mirlash va yangilarini qurish yo‗li bilan eski tumanlarni
obodonlashtirish jarayoni.
Sharq renessansi – Sharqda ma‘naviy-ma‘rifiy, madaniy hayotidagi
Uyg‗onish, ya‘ni rsharq xalqlari ivojining yuksalish davrlari. Sh.r.ni ikki
davrga bo‗lish mumkin. Birinchi – Markaziy Osiyoda mug‗ullar istilosigacha
bo‗lgan davr, u Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi qomusiy
olimlar, astronom al-Farg‗oniy, Buxoro tarixchisi Narshaxiy, mutafakkirlar
Mahmud Koshg‗ariy, Yusuf Xos Xojib va b. nomlari va ijodlari b-n bog‗liq.
Bu davrda yashagan mutafakkirlarning deyarli barchalariga quyidagi
xususiyatlar xos: madaniyatning o‗tmishda erishgan yutuqlarini, xususan,
qad. YUnon, Hind, Xitoy merosini chuqur o‗rganish va uni ijodiy
rivojlantirish; tabiatni o‗rganishga qiziqishning ortishi va tabiiy fanlar
taraqqiyoti (astronomiya, geografiya, matematika, riyoziyot, meditsina va
h.k.); ratsionalizm, ya‘ni aqlni haqiqatning mezoni sifatida tan olish va
buning natijasida mantiqni rivojlantirish; aqidaparastlikni rad etish va
hurfikrlilikning rivojlanishi; insonparvarlikni ulug‗lash, insonning axloqiy,
ma‘naviy go‗zalligini, kamolotini Allohning yuksak in‘omi sifatida talqin
etilishi; so‗z san‘atiga muhabbat; ilmiy asarning badiiy shakliga alohida
203
e‘tibor berilishi; qomusiy bilimlarga ega bo‗lishlik. Bu davrda yashagan
mutafakkirlar fan va san‘atning ko‗p sohalarini chuqur bilgan allomalar
bo‗lganlar. Bu davrda Yaqin Sharqda Al-Ma‘mun xalifalik qilgan davrda
(813–833) davlat ilm-ma‘rifatning o‗sishiga yordam berdi. Bag‗dodda,
so‗ngra Damashqda astronomik observatoriyalar qurildi. Bag‗dodda ―Bayt
ul-hikma‖ (―Donishmandlik uyi‖) tashkil etildi. Bu ilm dargohlarida o‗rta
Osiyolik olimlar faol ishtirok etdilar. 11-a.ning boshlarida Xorazmda
mashhur ―Ma‘mun akademiyasi‖ tashkil qilindi. Bu erda Beruniy atrofiga
o‗sha zamonning bir guruh olimlari, jumladan, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr
bin-Iroq, shuningdek, fay. Abu Sahl Masihiy, tabib Abul xayr Hammor va b.
olimlar ko‗plab ilmiy izlanishlar olib bordilar. Bu davrda tabiiyot ilmi,
panteistik fal. b-n birga islom ilohiyoti ham keng rivojlandi. Muhaddis
sifatida butun musulmon olamida mashhur Imom Buxoriy, Imom Iso at-
Termiziy, kalom ta‘limotining asoschilari Abu Mansur Moturidiy,
Burhoniddin al-Marg‗inoniy va Abu Homid Muhammad al-G‗azzoliylar
islom dini rivojiga katta hissa qo‗shdilar. Ikkinchi Renessans – Sohibqiron
Amir Temur va temuriylar sulolasi hukmronlik qilgan (XVI-a.lar) davrga,
to‗g‗ri keladi. Bu davrda yashab, ijod etgan olim va mutafakkirlar Sa‘diddin
Taftazoniy, Mir Sayyid Sharif Jurjoniy, Muhammad Tarag‗ay Ulug‗bek,
G‗iyosiddin Jamshid al-Koshiy, Alouddin Ali ibn Muhammad qushchi,
Abdurahmon Jomiy, Nizomiddin Mir Alisher Navoiy, Kamoliddin Husayn
Voiz Koshifiy, mashhur tarixchilar Mirxond va Xondamir, rassomlar
Kamoliddin Behzod va shoh Muzaffarlarning nomlari dunyoga mashhur
bo‗lgan. Bu davrda davlatni boshqarishda din va tasavvuf qoidalariga alohida
e‘tibor berildi. Ahmad Yassaviy va Bahouddin Naqshband ta‘limotlari
ma‘naviyat rivojida muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. Ilm-fan rivojlantirildi,
me‘morchilik san‘ati yuksak darajaga ko‗tarildi. Amir Temur Ko‗ksaroy
masjidi, Shohizinda, Bibixonim madrasasini qurdirdi. Keshda (Shahrisabz)
Oqsaroy barpo etildi. Mirzo Ulug‗bek davrida Registonda, keyinchalik
Buxoro va G‗ijduvonda madrasalar, Bibixonim masjidi, Go‗ri Amir
maqbarasi, Ulug‗bekning falakiyot rasadxonasi qurildi. Ilm-fan, xususan fal.
mantiq ilmi rivojiga katta e‘tibor berildi. Buning natijasida 14–15-a.dan
boshlab islom madrasalarida mantiq ilmini o‗qitish huquq va tilshunoslik
fanlari b-n bog‗liq holda olib borildi. Buyuk falakiyotchi olim va davlat
arbobi Muhammad Tarag‗ay Ulug‗bek matematika, astronomiya, geometriya,
tarix, kimyo va b. sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Uning eng mashhur
asari ―Ziji jadidi Ko‗ragoniy‖ da 1118 yulduzning o‗rni va holati aniqlab
berilgan. Ulug‗bek quyosh va Oy harakatlarini, ularning tutilish vaqtlarini
to‗g‗ri hisoblab chiqqan. U atrofiga iqtidorli yoshlarni to‗plab, o‗zining ilmiy
maktabini yaratdi. Sharq Renessansi 2-davrida yaratilgan fal-iy, badiiy
tafakkur rivojining yorqin namunasi Alisher Navoiy ijodida o‗z ifodasini
204
topgan.
Mustaqilligimiz tufayligina millatimiz va jahon madaniyati rivojiga
ulkan hissa qo‗shgan Sharq uyg‗onish davrini ilmiy, xolis o‗rganish,
baholash imkoni ochildi.
Shaxs
— alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o‗zida
mujassamlashtirgan individ. Bu tushuncha barcha ijtimoiy-gumanitar
fanlarda o‗z predmeti nuqtai nazaridan ishlatiladi. SH. haqida xilma-xil
talqinlar bor. SH. — biofiziologik, ijtimoiy, ma‘naviy, axloqiy va estetik
fazilat va xislatlarning yaxlit bir butunlikka aylanishi hamda munosabatlar
tizimi b-n qamrab olinishidir. SH.ning shakllanishida quyidagi omillar
qatnashadi: 1) biologik (nasl); 2) tabiiy-muhit; 3) madaniy muhit; 4) ijtimoiy
tajriba; 5) odamlar bilan munosabat. SH.ning biofiziologik jihati ovqatlanish,
joylashish, jinsiy aloqalarga kirishish, bola tug‗ilishi kabi individual faoliyati
b-n bog‗liq hodisalardir. SH.ning shakllanishiga tabiiy aloqador buyum va
aloqalar olami fizik muhit deb ataladi. SH. madaniylashgan jonzod; ijtimoiy-
tarixiy tajribaga ega bo‗lgan muayyan avlod vakili; odamlararo munosabatlar
sub‘ekti bo‗lishi ham mumkin. Bu uch omil ham shaxs hayoti va faoliyatida
muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |