O‗z-o‗zini bilish — ijtimoiy tadqiqotlar jarayonida odamlarning o‗z
xatti-harakatlari sharoitlari va vaziyatlarini tushunishi va anglashining
o‗sishi, bu vaziyatni o‗zgartirishga imkon yaratadi.
O‗rin almashish — g‗oya va tuyg‗ularni ularning haqiqiy manbaidan
boshqa biror ob‘ektga ko‗chirish.
O‗rta sinf — asosan ―oq yoqalilardan‖ va quyi bo‗g‗in
boshqaruvchilardan tuzilgan ijtimoiy sinf.
O‗tuvchi sinflar — Marks tomonidan umrini yashab bo‗lgan oldingi
ijtimoiy formatsiyaga xos sinflarga nisbatan qo‗llangan atama, ular yangi
sinflarning
shakllanishini
sekinlatadi.
Masalan,
yangi
kapitalistik
munosabatlar shakllanayotgan davrdagi dehqonlar va zamindorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |