§ 9.4. “Yangi industrial mamlakatlar”ning jahon xo’jaligida tutgan o’rni
Jahon iqtisodiyoti va XIMda “Yangi industrial mamlakatlar”(“YaIM”)
rivojlanayotgan davlatlarning ko’pchiligidan iqtisodiy parametrlarining barcha
sistemalari bo’yicha ajralib turadi.
“YaIM”ni rivojlanayotgan mamlakatlardan farqlanib turuvchi xususiyatlaridan
biri ularni rivojlangan kapitalistik mamlakatlardan ham ajratib turishlidir. Ya’ni,
ularning rivojlanishi “Yangi industrial” rivojlanish modeli sifatida mavjudligidir.
Bunday xarakterli tomonlar, Lotin Amerikasidagi va shuningdek Osiyodagi
“YaIM”ning rivojlanish tajribasini chuqur analiz qilish jarayonida ko’zga
tashlangan edi.
Lotin Amerikasidagi “YaIM”larning rivojlanish tajribasi va shuningdek
Osiyodagi “YaIM”larning ko’pchiligi ozodlikka erishgan jahonning rivojlanayotgan
mamlakatlari uchun xalq xo’jaligining ichki rivojlanish dinamikasi bo’yicha ham,
tashqi iqtisodiy munosabatlarining ekspansiyasi bo’yicha ham, rivojlanishning
o’ziga xos namunasi bo’lib qolmoqda. Odatda, rivojlanayotgan “Yangi industrial
mamlakatlar” qatoriga Osiyodagi Janubiy Koreya, Tayvanь, Gonkong, Singapur,
Malayziya shu bilan bir qatorda Lotin Amerikasidagi “YaIM”lar – Argentina,
Braziliya, Meksika kabi mamlakatlar taalukqlidir. Yuqorida sanab o’tilgan barcha
mamlakatlar “YaIM”larning birinchi avlodlari yoki birinchi qaldirg’ochlari
hisoblanadi. Ularning orqasida “YaIM”ning so’nggi avlodlari (Filippin va
Xitoyning janubiy chegaralari va boshqalar) yetishib chiqmoqda.
BMT tomonidan ishlab chiqargan metodika bo’yicha “YaIM”lar qatoriga
kiruvchi davlatlar u yoki bu kriteriyalar bo’yicha alohida ajralib turadi. Ular
quyidagilardan iboratdir:
-
Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulotning miqdori
bo’yicha.
-
Yalpi ichki mahsulotning o’rtacha yillik o’sish sur’atlari bo’yicha.
-
Yalpi ichki mahsulot tarkibidagi qayta ishlash sanoatining umumiy
miqdori bo’yicha ( 20% atrofida bo’lishi kerak).
-
CHiqariladigan tovarlarning umumiy miqdoriga nisbatan sanoat
maxsulotlarining ulushi va eksport miqdori bo’yicha.
-
Xorijiy
mamlakatlarga
chiqariladigan
to’g’ridan–to’g’ri
investitsiyalarning umumiy miqdori va h.o.lar
“YaIM”lar ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha nafaqat rivojlanayotgan
mamlakatlardan ajralib turadi, balki ayrim hollarda bir qator sanoati rivojlangan
mamlakatlardan ham ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha ustunlikka egadir. Masalan,
Tayvanь, 1952-1995 yillarda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmini 170
marotaba o’stirgan edi. (aholining o’sishiga nisbatan 2,5 marotaba ortiqroqdir).
Tashqi savdo hajmini esa 544 marotabaga oshirdi. Mamlakatning inflyatsiya
darajasi o’rtacha 3,6%ni, iqtisodiy o’sishning o’rtacha yillik sur’ati 8,7%ni tashkil
etgan edi. Tayvanь iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari bo’yicha dunyoning ilg’or
mamlakatlari qatoriga kiritilgan bo’lib, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yillik
daromad taxminan 12 ming dollarni tashkil qilgan edi.
SHunday qilib, 1960-1990 yillarda Osiyo mintaqasidagi mamlakatlarning
iqtisodiy rivojlanish sur’ati hisoblab ko’rilganda uning miqdori yiliga 5%ni tashkil
etganligini ko’rishimiz mumkin (bu ko’rsatkich Yevropa mamlakatlarida 2%ga teng
bo’lgan). Ana shu yillarda Tayvanda yillik o’sish sur’ati juda yuqori bo’lib 8,7%ni
tashkil etgan. 90- yillarda Janubiy Koreya va Singapurda yillik o’sish sur’atlari
8%ni, Malayziyada esa 9%ni tashkil etgan.
Jahon iqtisodiyotida “Yangi industrial mamlakatlar”ning iqtisodiy rivojlanish
sur’atining yuqoriligi aholining yashash turmush tarzini, yaxshilab borayotganligi
bilan uygunlashib bormoqda. 1960-1990 yillarda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan
yillik daromad rivojlanayotgan “YaIM”da 4 marotaba o’sgan edi. Xullas, xalqaro
ekspertlarning bashorat qilishicha, 2010 yilga borib SHarqiy Osiyoning
rivojlanayotgan mamlakatlari G’arbiy Yevropaning yalpi milliy maxsulotining
hajmi bo’yicha quvib o’tishi, 2020 yillarga borib esa SHimoliy Amerikadan ham
o’zib ketishi bashorat qilinmoqda.
Osiyo – Tinch okeani mintaqasining “YaID”laridan biri Singapur haqida shuni
alohida ta’kidlab o’tish joizki, u 1995 yilda mintaqa d
avlatlari ichida birinchi bo’lib
“industrial rivojlangan mamlakat” statusini qo’lga kiritdi. Bunday unvon unga
Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IHRT) tomonidan rasman e’lon
qilindi. Barqaror iqtisodiy o’sishning 5-10 yilligi davomida o’ziga nisbatan past
rivojlangan 10 mamlakat doirasidan ajralib chiqib, dunyoning boy davlatlari
qatoridan joy oldi. (aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi milliy maxsulot
hisobiga). Siyosiy barqarorlik sharoitida mamlakatning sanoatida yillik o’sish
sur’ati o’rtacha 8,4%ni tashkil etdi. Mamlakat axolisining yashash turmush tarzi esa
o’rtacha yetti marotabaga ortdi. Singapurdagi har bir aholining o’rtacha statistik
daromadi 1995 yilda 22,3 dollarni tashkil etdi (10.4.1.-jadval).
O’z navbatida Gonkong ham uzoq yillar davomida Buyuk Britaniyaning sobiq
koloniyasi bo’lib, keyinchalik u ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha o’zining
metropoliyali darajasidan yuqori pog’onaga ko’tarilgan edi.
10.4.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |