O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


-bob. Rivojlanayotgan mamlakatlar – xalqaro iqtisodiy



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

 


9-bob. Rivojlanayotgan mamlakatlar – xalqaro iqtisodiy
munosabatlar tizimida 
Reja: 
§ 9.1. Rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari 
§ 9.2. Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tovar almashinuvida tutgan o’rni 
va roli 
§ 9.3. Xorijiy sarmoyalar – rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida 
§ 9.4. “Yangi industrial mamlakatlar”ning jahon xo’jaligida tutgan o’rni 
§ 9.1. Rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari 
 
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar tizimini rivojlanishining ahamiyatli tomonlaridan biri, sobiq 
mustamlaka va qaram territoriyalarning roli va ahamiyatini iqtisodiy jihatdan 
kuchayib borayotganligidir. Ushbu mamlakatlar avval jahon iqtisodiyotida 
rivojlanayotgan mamlakatlar yoki ozod etilgan mamlakatlar, “uchinchi dunyo 
mamlakatlari”, “janub” mamlakatlari yoki “periferiya” mamlakatlari sifatida tilga 
olingan bo’lsa, hozirgi kunda umumiy tarzda rivojlanayotgan mamlakatlar deya 
ataladi.. 
Bu mamlakatlar iqtisodiyoti turli-tumandir, ularning xududida 3,2 mlrd 
atrofida axoli yashaydi. Ushbu mamlakatlarda hozirgi kunda juda murakab ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlar kechmoqda. 
Jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ozodlikka erishgan 
mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishi XX asrning 60-yillaridan boshlab tobora 
usib boruvchi xarakter kasb etmoqda. Ularning eng ilgorlari 1950 yilga kelib, 
rivojlanayotgan mamlakatlarning “o’rtachalaridan” (54 mamlakat) 2,4 marta, 
yuksaklikka erishdi. 50 – yillarning o’rtalaridan boshlab, yuqorida zikr etilgan 
mamlakatlar o’rtasidagi rivojlanish darajisidagi farq sezilarli darajada ortib bordi.
90 – yillarga kelib rivojlanayotgan mamlakatlarning birinchi guruhiga kiruvchi (19 
ta mamlakat) mamlakatlardagi aholi jon boshiga “to’g’ri keluvchi o’rtacha foyda” 
o’rtachalariga nisbatan 2,9 barobar, quyi guruhlarinikiga nisbatan esa 12,2 barobar 
yuqori bo’ldi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aynan shu guruhlarining tarkibida 
ham, rivojlanish darajalari o’rtasidagi bog’liqda ham o’zgarishlar vujudga keldi. 
Jahon iqtisodiyotida ushbu jarayonlar natijasida tabaqalashuv ham ikkita asosiy 
mintaqada ro’y bergan edi. Mintaqaning bir tomonida ozodlikka erishgan 
mamlakatlarning ko’proq rivojlanganlari, jumladan, fors ko’rfazidagi bir qator 
mamlakatlar – Qatar, Quvayt, BAA, shuningdek Osiyo – Tinch okeani mintaqasi 
va Lotin Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar joylashgan bo’lsa, 
mintaqaning ikkinchi tomonida esa mutlaqo turg’unlik holatidagi iqtisodiy 
kambag’al mamlakatlar joylashgandir. Bu kategoriyaga 48 ta mamlakat taalluklidir. 
Bularga bir qator Afrika mamlakatlarini, jumladan Mozambik (YaIM yiliga kishi 
boshiga 80 dollar), Efiopiya (100 dollar), Sьera Leone (140 dollar), Burundi (180 
dollar), Uganda (190 dollar), CHad va Ruanda (200 dollar) kabi davlatlarni kiritish 
mumkin. Bu guruhga taallukli mamlakatlardan tashkari, guruh ruyhatining yanada 
quyi qismida joylashgan bir qator Osiyo mamlakatlarini – Nepal (160 dollar), Butan 
va Vьetnam (170 dollar), Myanma va boshqa davlatlarni ham ko’rsatish mumkin. 


Ushbu mintaqalar orasida rivojlanayotgan mamlakatlarning qolgan qismlari 
joylashgandir. Bu ham o’z navbatida, bir xil tipda bo’lmagan guruhdir. Uning 
tarkibiga kiruvchi mamlakatlar ko’plab ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha 
farqlanadi. Bu mamlakatlardan eng rivojlanganlari hozirgi kunda iqtisodiy jihatdan 
“yangi industrial davlatlar” iqtisodiyotiga yaqinlashib bormoqda. Jumladan, Lotin 
Amerikasi va SHimoliy Amerika o’rtasidagi farq sezilarli ravishda qisqarmoqda. 
SHimoliy Amerikaning yalpi milliy maxsuloti Lotin Amerikasining yalpi milliy 
maxsulotidan 4 marta ko’proqni tashkil etadi (50 yil oldin bu nisbat 10:1 ni tashkil 
etgan). 
Ushbu 
iqtisodiy rivojlanishdagi farqlarga qaramasdan rivojlanayotgan 
mamlakatlarning barchasiga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarni ham alohida 
ajratib ko’rsatish mumkin bo’lib, bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining ko’p ukladli xarakterga 
egaligi. 

Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi past darajada ekanligi, sanoat, 
qishloq xo’jaligi va ijtimoiy infrostrukturaning qoloq ekanligi (birinchi 
guruh, “yuqori kutb” mamlakatlarini hisobga olmaganda). 

Ularning iqtisodiy rivojlanishi jahon xo’jaligi tizimiga qaram xolatda 
ekanligi, kapitalizmni periferik 
(peripheral - adj 1) ikkinchi darajali, 
qisman; 2) periferiyadagi (viloyat, tuman yoki qishloqdagi; chetdagi)
 
xarakter kasb etishi va boshqalar. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti ko’p ukladli ijtimoiy-iqtisodiy 
tarkibga asoslanadi. Bir qator mamlakatlarda kapitalistik uklad bilan bir qatorda 
hamon urug-aymogchilik va patriarxal 
(
patri
arch
 - n [C] 1) oqsoqol; 2) eng katta 
ruhoniy, patriarx; 3) oila (qabila) boshlig`i) 
munosabatlar ham mavjuddir. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida davlat va davlat xo’jalik ukladi muhim 
rol o’ynaydi. Davlat sektorini rivojlantirish bosqichi kapitalistik ishbilarmonlikni 
kengaytirish siyosati bilan hamoxang olib boriladi. Buning natijasida esa davlat 
kapitalizmi paydo buladi va rivojlanadi. 
Milliy xususiy kapitalistik xo’jalik ukladining rivojlanishi va shakllanishi 
jamgarish muammolari (ya’ni, pul resurslarining yetishmovchiligi) va jamgarilgan 
mablag’larning sarflanishi xususiyatlariga bog’liqdir. Bu mablag’lar asosan savdoga 
(ichki va tashki), kuchmas mulklarni sotib olishga, mashinalarni ta’mirlashga, 
sugo’rtaga, benzin qo’yish shaxobchalariga, taksiga, ya’ni sarmoyalarni aylanishi 
tez bo’lgan soxalarga yunaltiriladi. 
Jahon iqtisodiyotida ozodlikka erishgan rivojlanayotgan mamlakatlarning 
ko’pchiligida paydo bo’lgan va rivojlanib borayotgan kapitalizm periferik 
xarakterga ega. Bu shuni anglatadiki, u sanoati rivojlangan mamlakatlar 
kapitalizmidan nafakat rivojlanish darajasi bo’yicha, balki eng muhimi, ishlab 
chiqarish usullarning modeli va moddiy ne’matlar taqsimoti bo’yicha ham tubdan 
farq kiladi. Kapitalizm markazlari, jamg’arishning organik va uzaro alokador doimiy 
o’sish jarayonida bo’lgan milliy zaminda paydo bo’ladi va rivojlanadi. 
Moslashuvchanlik (imitatsiya) axolining boy qatlamlarining uzlari uchun zaruriy 
bo’lgan barcha narsalarni qo’lga kirita oladigan maxsus bozorlarning tashkil 
topishidan boshlandi. Bunday vaziyatda axolining asosiy qismi kambagallikka 


maxkum etilib, ularni bozorlarda erkin muomalada bo’lish imkoniyatidan maxrum 
etadi.
Transmilliy korporatsiyalar tomonidan joriy kilingan yangi texnik-
texnologiyalar odatda hozirgi kunga mos keladi, ammo ularning bozor narxlari juda 
yuqori bo’lib, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun qator muammolarni keltirib 
chiqaradi. 
Jahon iqtisodiyotida ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarning uxshashlik 
tomonlari, ya’ni ularning qashshoqligi, axolisining qoloqligi, ishsizlik darajasining 
yuqoriligi, sanoati rivojlangan mamlakatlardan katta miqdorda karzdorligi bo’lib 
hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko’pchiligi o’zining tulakonli 
ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi va axolisining yashash turmush tarzi darajasi 
bo’yicha G’arbiy Yevropani sanoatlashgan ilgor mamlakatlaridan qariiyb 20-50 
marotaba orqada qolmoqda. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish