shuningdek moliyaviy saloxiyatining oshishi bilan ham chambarchas bog’liqdir.
Ko’pgina “yangi industrial davlatlar” hozirgi kunda milliy moliyaviy bozorlarni
tashkil topishining birinchi bosqichidan o’tishib ularning faoliyatini
liberallashtirishning ikkinchi bosqichiga kirishdilar. Bu bilan esa ularning xalqaro
moliya munosabatlari tizimiga faol integratsiyalashuviga asos yaratildi. Kapital
harakatining baynalminallashish jarayonlari hatto rivojlangan davlatlar orasida ham
yakunlanishdan uzoqdir. SHuning uchun ham bu haqda rivojlanayotgan davlatlar
haqida gapirmasa ham bo’ladi. SHunga qaramasdan, ba’zi bir “yangi industirial
davlatlar” (Singapur va Gonkong) bu yo’lda o’zlarining sezilarli qadamlarini
qo’ydilar. Bunga, 70-yillarda jahon iqtisodiyotida yangi xalqaro moliyaviy
markazlarning hosil bo’lishi va tez o’sishini kiritish mumkin. XXI asr boshlarida
Tayvanь Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi yirik valyuta-moliyaviy markaziga
aylanishini o’z oldiga maqsad qilib ko’ydi. Osiyoning “YaID”lari xalqaro moliya
markazlari kredit-moliya operatsiyalarini o’tkazish miqyosi bo’yicha London, Parij,
TSyurix kabi yirik moliya markazlari qatoriga chiqib, ularni ssuda kapitali
bozoridan asta-sekin siqib chiqarmoqda.
Osiyoning “YaID”larini iqtisodiy evolyutsiyasining xarakterli tomonlaridan
biri ularning bir-biriga bo’lgan kizikishini tobora ortib borayotganligidir. Sanoati
rivojlangan Fap6iy Yevropa davlatlariga kapital yunaltirishning ustuvor
tendentsiyasi, mintaqa va bir-biriga yaqin bo’lgan submintaqalarda savdo-iqtisodiy
hamkorlarni olib borishligi bilan tuldirilmoqda. Ammo bu Osiyoning “YaID”larini
raqobatbardoshliligini oshirishga e’tibor bermayapti degani emas. Xullas, 90-
yillarning o’rtalarida tovarlarning raqobatbardoshligi bo’yicha jahondagi birinchi
beshlikda Singapur, Gonkong, Tayvanь kabi davlatlar turgan edi.
Bu davlatlarda kabul kilingan iqtisodiy strategiyaning asosiy yo’nalishi-
ilmtalab maxsulotlar ishlab chiqarishdir. Mehnattalab va past rentabelli ishlab
chiqarishlar“YaID”larning “ikkinchi okimi”da turgan Xitoy va V’etnamga
“topshirmoqda”. Natijada bu ishlab chiqarishlarni bir paytlar sodir etgan sanoati
rivojlangan davlatlardan birinchi avlod “yangi industrial davlatlar”ga kuchish
jarayoni amalda qaytarilmoqda. SHunday qilib“YaID”larni rivojlanishidagi qo’lga
kiritilgan yutuklari, jahon xo’jaligiga integratsiyasi, iqtisodiy o’sishining
istiqbollari, axoli turmush tarzini o’sishi ushbu davlatlarning iqtisodiyotida tashki
iqtisodiy ekspansiyalarning roli yuqori darajada deyishga imkon beradi. XXI asrda
ushbu davlatlar jahon iqtisodiy xukmronligida yuqorirok o’rinni egallab, yangi va
muhim natijalarni namoyish kilmoqda. Jahon Bankininng bashoratiga
qaraganda, yaqin 10 yillar mobaynida o’sishning o’rtacha sur’atlari Janubiy Osiyoda
- 5,5%ni, SHarqiy Osiyoda - 7,7%ni, Lotin Amerikasida - 3,5%ni tashkil qilar ekan.
1996-2004 yillarda SHarkiy Osiyoda aholi jon boshiga tugri keladigan
daromadning yillik o’sishi 6,6%ni tashkil etib, o’rta hisobda aholi jon boshiga
to’g’ri keladigan yillik daromad 1,9% ga o’sgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: