4
Ma’ruza mavzulari
Mavzu: Amaliy geografiyaning metodologik asoslari
Reja:
1. Amaliy geografiyaning maqsadi va vazifalari
2. Amaliy geografiyada tadqiqod usullari
3. Amaliy geografiyaning ahamiyati
4. Amaliy geografik tadqiqodlar
Tayanch so’z va iboralar:
Amaliy geografiyaning maqsadi, tabiiy geografik jarayonlar, tabiiy va ijtimoiy muhitning
o'zgarishi, baholash va bashorat qilish, ekologik muammolar, tadqiqot usullari.
Geografiya fani Yer yuzasi tabiatini, aholisi va uning xo'jalik faoliyatini o'rganadi. Amaliy
geografiya fani tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishini baholash va bashorat qilish bilan
shug'ullanadi. Insoniyat paydo bo'lgan davrdan boshlab jamiyat taraqqiy etgan sari inson va
tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar murakkablashib bormoqda. Buning natijasida mahalliy,
mintaqaviy hamda umumsayyoraviy ekologik muammolar va inqirozlar paydo bo'lmoqda. Ana
shunday ekologik muammolar va inqirozlarni o'rganish, baholash va ularning sodir bo'lishini
oldindan bashorat qilishda geografiya fanining o'rni va ahamiyati nihoyatda muhimdir. Mazkur
muammolarni o'rganish va ularning yechimini topish davomida geografiya fanlari tizimida yangi
yo'nalish, ya'ni
amaliy geografiya
fani paydo bo'ldi va u hozirgi paytda tez sur'atlar bilan
rivojlanmoqda. Amaliy geografiyaning maqsadi tabiiy muhit va resurslarni baholash, tabiiy va
ijtimoiy muhitning o'zgarishini bashorat qilishdan iboratdir.
Amaliy geografiyaning muhim vazifalari quyidagilardan iborat:
1) xo'jalik maqsadlarida foydalanish nuqtai nazaridan tabiiy sharoit va resurslarni o'rganish
va baholash;
2) tabiiy geografik jarayonlarni o'rganish, baholash va bashorat
3) inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgartirilishi jarayonini baholash va
bashorat qilish;
4) umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarning yuzaga kelish
sabablarini ochib berish va ular yechimining geografik asoslarini ishlab chiqish;
5) ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish muammolari va aholi joylashuvi masalalarini
yechish.
Amaliy geografiya fani geografiyaning rivojlanib kelayotgan yangi tarmoqlaridan biri
bo'lsa ham, uning ildizi uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. Yurtimizdan yetishib chiqqan
buyuk allomalar amaliy geografiyaning rivojlanishiga muhim hissa qo'shganlar. Masalan,
Ahmad al-Farg'oniy Nil daryosining suv sarfini o'rganish va bashorat qilish bo'yicha amaliy
geografik ishlarni olib borgan. Abu Rayhon Beruniy esa bir gradus yoyning uzunligini aniqlab,
Yerning asosiy o'lchamlarini hisoblashga juda ulkan hissa qo'shgan .
Do'stlaringiz bilan baham: