O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kafedrasi



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/156
Sana28.01.2023
Hajmi3,22 Mb.
#904767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Bog'liq
O`UM Amaliy geografiya

 
Muhandis-geografik tadqiqotlar 
Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida vujudga 
kelishi mumkin bo'lgan oqibatlami baholash va bashorat qilish hamda ularning oldini olish 
muammolari bilan shug'ullanadi. 
Muhandis-geografik tadqiqotlar qurilish loyihalarini amalga oshirishda asos bo'lib xizmat 
qiladi. Muhandis-geografik tadqiqotlar asosan sanoat korxonalarini joylashtirishda, gidrotexnik 
inshootlarni (kanallar, to'g'onlar, suv omborlari va h.k.), yo'llarni loyihalashda, foydali qazilma 
konlarini qidirishda olib boriladi. 
Sanoat korxonalarini joylashtirishda muhandis-geografik tadqiqotlar ikki bosqichda 
o'tkaziladi. Birinchi bosqichda korxona qanday xomashyo asosida mahsulot ishlab chiqarishi va 
atrof-muhitga qanday chiqindilar tashlashi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda korxona uchun joy 
tanlanadi va mazkur joyning tabiiy-geografik sharoitining asosiy xususiyatlari aniqlanadi 
(geologik to‘zilishi, relyefi, iqlimi, suvlari, tuprog'i, o'simlik va hayvonot dunyosi, aholisi, 
xo'jaligi). Sanoat korxonasi zararli chiqindilarni ko'proq chiqaradigan boisa (ko'mir asosida 
ishlaydigan issiqlik elektrostansiyalari, sement, kimyo zavodlari), ularni aholi manzilgolilaridan 
olisda, shamol yo'nalishiga teskari bo'lgan hududlarga joylashtirish zarur. Masalan, Buxoro 
viloyatidagi Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi, Qashqadaryo viloyatidagi Sho'rtang gazni 
qayta ishlash zavodi cho'lda, ya'ni aholi zich yashaydigan hududlardan ancha olisda joylashgan, 
shuning uchun ularning tabiat va insonga ta'siri kam. 
Gidrotexnik inshootlarni loyihalashda muhandis-geografik tadqiqotlar olib borishda 
quyidagilarga e'tibor beriladi: suv inshooti va tabiiy muhit o'zaro ta'sirining asosiy qirralari, 
suvning kirish-chiqishi, sho'rlanganlik darajasi, loyqaligi, bug'lanishi, to'lqinlar ta'sirida 
qirg'oqlarning yemirilishi, suvning shimilishi va suv inshootining samaradorligi, botqoqlanish, 
to‘z to'planishi, o'simlik va tuproq qoplamining o'zgarishi kabilar aniqlanadi, ayrim noxush 
hodisalarning oldini olish bo'yicha choralar ishlab chiqiladi. Masalan, Amudaryo suvi loyqa 
bo'lganligi (1 kub m da 3500 g loyqa bor) sababli, undan suv oladigan Amu-Buxoro, Qarshi, 
Shovot, Toshsoqa, Qizketken va boshqa kanallarda "o'tirib" qoladigan loyqa nasoslar yordamida 
qirg'oqqa chiqarib tashlanadi. 
Yo'l qurilishini loyihalashda muhandis-geografik tadqiqotlar, asosan relyefning tahliliga 
yo'naltirilgan bo'ladi. Chunki ko'p hollarda loyihalanayotgan yo'lning yo'nalishini, o‘zunligini, 



kengligini, arzon-qimmatligini relyef sharoiti belgilab beradi. Shuning uchun yo'llarni 
loyihalashda relyefning qiyaligi, qanday tog‘' jinslaridan tashkil topganligi, mutlaq balandligi 
birinchi navbatda tadqiq qilinadi. Avtomobil yo'llarining qiyaligi 12—15° dan oshmasligi lozim. 
Baland va qiyaligi yuqori bo'lgan joylarda yo'llar yer osti tunnellari orqali o'tkaziladi. 
Masalan, Toshkent - Andijon avtomobil yo'lining Qamchiq dovonida o‘zunligi 2,5 km I tunnel 
qazilgan. Bundan tashqari, yo'llarni loyihalashda surilmalar, sellar, qor ko'chkilari, daryo 
toshqinlari ham hisobga olinadi. 
Foydali qazilma konlarini qidirish davomida muhandis-geografik tadqiqotlar ikki 
yo'nalislida olib boriladi. Birinchi yo'nalishda kon joylashgan hududning tabiiy va iqtisodiy-
geografik sharoiti o'rganiladi va baholanadi. Ikkinchi yo'nalishda foydali qazilma konini qazib 
olish jarayonida atrof-muhitda ro'y beradigan o'zgarishlar bashorat qilinadi (relyef, tuproq, 
o'simlik, iqlim, ichki suvlari, qishloq xo'jaligi, sanoati, transporti, aholisi va h.k.). 
Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida vujudga 
kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni baholash va bashorat qilish hamda ularning oldini olish 
muammolari bilan shug'ullanadi. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish