O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kafedrasi



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/156
Sana28.01.2023
Hajmi3,22 Mb.
#904767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   156
Bog'liq
O`UM Amaliy geografiya

 
 
Mavzu: Amaliy geografiyaning ilmiy yo’nalishlari 
Reja.
1. Qishloq xo‘jalik maqsadlarida olib boriladigan landshaft tadqiqotlari. 
2. Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida tabiiy geografik rayonlashtirish. 
3. Meliorativ tadbir loyihalari. 
4. Tabiiy geografik komplekslarni o‘zlashtirish va sug‘orish uchun kompleks baholash 
 
 
Tayanch so’z va iboralar. 
landshaft tadqiqotlari, yer kadastri, shamol va suv eroziyasi, 
agrogeografik tadqiqotlar, tuproq bonitirovkasi, kadastr,
 
 
Agrogeografik ("agro" - yunoncha so'z bo'lib, dala ma'nosini bildiradi) tadqiqotlar 
natijasida yer resurslari qishloq xo'jalik maqsadlari nuqtayi nazaridan baholanadi. Agrogeografik 
tadqiqotlar davomida olingan ma'lumotlar asosida har bir hudud uchun yerdan foydalanishning 
aniq chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. 
Qishloq xo'jalik yerlariga ekin eqiladigan yerlar, bo'z yerlar, ko'p yillik daraxtzorlar, 
pichanzor va yaylovlar kiradi. Qishloq xo'jalik ekin-larini joylashtirishda relyef va uni tashkil 
qilgan yotqiziqlar muhim ahamiyatga ega. Joyning relyefi hududning tuproq, grunt suvlari va yer 
usti suvlari me'yorini, o'simlik qoplami va iqlim xususiyatlarini belgilaydi. Madaniy ekinlar ham 
joy relyefiga mos ravishda tabaqalashtiriladi. Masalan, daryolarning (Sirdaryo, Amudaryo, 
Qora-daryo, Norin, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon va h.k.) yuqori terassalari sug'oriladigan 
yerlardan iborat bo'lib, ularda paxta, g'alla, yem-xashak ekinlari yetishtiriladi. Daryolarning quyi 
terrasalarida sholi va boshqa suvni ko'p talab qiladigan ekinlar yetishtiriladi. Adirlarda, o'rtacha 
balandlikdagi tog‘'larning yonbag'irlarida lalmi ekinlar, cho'llarda va tog‘' yonbag'irlarida yaylov 
va pichanzorlar joylashgan). 
Shunga ko'ra, O'zbekistondagi yerlar terrasali, deltali, yoyilmali, adirli, tog‘' yonbag'irli 
yerlarga ajratilishi mumkin. 
Ma'lum bir davlat, viloyat, tuman yoki hududda yer resurslari bo'yicha muntazam ravishda 
o'tkazilgan ko‘zatishlar natijasida yig'ilgan ma'lumotlarning jamlanmasi kadastr deb ataladi. 
Kadastr yer, suv, qazilma boylik, yaylov, o'rmon va boshqalar bo'yicha ham to‘zilishi mumkin. 
Davlat yer kadastri quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi: yerning kimga qarashli 
ekanligi; uning miqdor va sifat xususiyatlari; tuproq bonitirovkasi; yerning iqtisodiy baholanish 



natijalari. 
Yer kadastri mamlakat bo'yicha yagona tizimga ega bo'lib, unda yerning aniq maydoni va 
sifati, tabiiy, xo'jalik va huquqiy holati to'g'risida to'liq ma'lumot bo'ladi. Yer kadastri asosini 
tuproq bonitirovkasi tashkil qiladi. Yer resurslarini sifat jihatdan qiyosiy baholash tuproq 
bonitirovkasi deb ataladi. Tuproq bonitirovkasi tuproq hosildorligiga qarab belgilanadi va odatda 
100 balli shkala asosida amalga oshiriladi. 
O'zbekistonda bonitirovka asosini paxta hosili tashkil qiladi. Paxtadan gektariga 40 sentner 
hosil beradigan yerlar 100 balli bonitetga teng deb olinadi. 
O'zbekistonda eroziyaga ucraramagan tipik va bo'z tuproqlar yuqori bonitetga (80—100 
ball), deltalardagi sho'rlangan, sug'oriladigan o'tloq tuproqlar o'rtacha bonitetga (40—60 ball), 
kuchli sho'rlangan, toshloq, taqirli va gilli tuproqlar past bonitetga (10—39 ball) ega. 
Sho'rlanish, shamol va suv eroziyasi tuproq unumdorligining pasayib ketishiga kuchli ta'sir 
etadi. Yer osti suvlari sathi ko'tarilib ketgan joylarda tuproqlarning sho'rlanishi ko‘zatiladi. 
Sho'rlanishning oldini olish uchun quritish melioratsiyasi amalga oshiriladi ("melioratsiya" so'zi 
— lotin tilidan olingan bo'lib, "yaxshilash" degan ma'-noni bildiradi), buning uchun zovurlar 
qaziladi. Masalan, Mir-zacho'l, Qarshi cho'llarida yerlarning zaxini qochirish uchun zovurlar 
2,5—3,5 m chuqurlikda qaziladi. Bu esa ikki zovur oralig'ida yer osti suvlarining chuqurligi 2—
3 metr bo'lishini ta'minlaydi. Yer osti suvlari sathi qanchalik chuqur bo'lsa, bug'lanish shuncha 
kam bo'ladi va tuproqlar sho'rlanmaydi. 
Yer osti suvlarining sathi yer yuzasiga juda yaqin joylashgan hududlarda tuproqlarning 
sho'rlanishi juda kuchli bo'ladi. Uning oldini olish uchun har yili qishda tuproqning sho'ri yuvib 
turiladi (Xorazm, Qoraqalpog'iston, Buxoro, Sherobod, Mirzacho'l, Qarshi vohalari). 
Shamol kuchli esadigan hududlarda (Markaziy Farg'ona, Mirzacho'l, Dalvarzin, Qarshi, 
Sherobod cho'llarida) tuproqning ustki qismi eroziyaga uchraydi, oqibatda tuproqning unumdor 
chirindili qatlami uchib ketadi. 
Shamol eroziyasining oldini olish uchun, shamolning yo'nalishiga ko'ndalang tarzda ihota 
daraxtzorlari tashkil qilinadi. Ihota daraxtzorlari shamolning kuchini kamaytiradi va tuproqdagi 
namni o‘zoqroq ushlab turishga imkon beradi. 
Sug'orish jarayonida nishab yerlar suv eroziyasiga uchraydi. Bunday eroziya sug'orish 
(irrigatsiya) eroziyasi deb ataladi. Sug'orish eroziyasining oldini olish uchun nishab yerlarni 
haydash va sug'orishni ko'ndalangiga amalga oshirish lozim. Bunda suv nishab joylarda tuproqni 
o'yib ketmaydi va bir tekis oqadi. 
Agrogeografik tadqiqotlar - yer resurslarini qishloq xo'jalik maqsadlarida baholash. 
Ma'lum bir davlat, viloyat, tuman yoki hududda yer resurslari bo'yicha muntazam ravishda 
o'tkaziladigan ko‘zatishlar natijasida yig'ilgan ma'lumotlarning jamlanmasi kadastr deb ataladi. 
Tuproq bonitlrovkasi - yer resurslarini sifat jihatdan qiyosiy baholash. 
Yer kadastri - yagona davlat kadastrlari tizimining asosiy tarkibiy qismi, yer resursining 
tabiiy, xo'jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xusu-siyatlari va qimmati, yer uchastkalari o'rni, 
o'lchamlari, chegarasi va maydoni, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va 
mulkdorlar o'rtasidagi taqsimoti to'g'risidagi ma'lumotlar hamda hujjatlar majmui. 
Yer kadastrini yuritish jarayoni quyidagilami o'z ichiga oladi: aero-kosmik suratga olish, 
topografiya 

geodeziya, 
karografiya, 
tuproqshunoslik, 
agrokimyo, 
geobotanika, 
gidrogeologiyaga oid izlanishlar va tadqiqotlarni o'tkazish; yerlarni miqdor va sifat jihatdan 
hisobga olish va baholash; yuridik va jismoniy shaxslaming yer uchastkalariga bo'lgan 
huquqlarini davlat ro'yxatiga olish; yerlarni taqsimlash, ulardan foydalanishni nazorat qiluvchi 


10 
davlat xizmat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish; yerlarning holati, mavjudligi va ulardan 
foydalanish to'g'risidagi hisobotlarni to‘zish. 
Tabiiy muxitni nuqtali texnogen ta‘sir natijasida o‘zgarishi tarmoq aspektika ega bo‘lib, 
ma‘lum bir sanoat turi bilan bog‘liq bo‘ladi. Maxalliy bashoratning vazifasi texnogen 
ommilarning atrof muxitga ta‘msirining oldindan muljallab kilinmaganligi aniqlash xamda atrof 
– muxitni tabiatdagi inson tomonidan yaratilgan inshootlarga ta‘sirini bilish ya‘ni maxaliy 
bashoratlashtirish jarayonida geotizimlar soxali va majmuali tadqiqod usullari bilan urganiladi . 
Maxalliy bashorat mazmuni, uning vaqt va makon ko‘rsatkichlari faqat ta‘sir ob‘ektning 
geografik joylashuviga qarabgina o‘zgarmay, shuningdek manbaning muxandislik texnologik 
xususiyatlar va kelajakda o‘zgarishi mumkinligi xam xisobga olinadi. Maxalliy 
bashoratlashtirishda geotizmlarni makondagi strukturasiga axamiyat beribgina qolmay, ularni 
vaqt mobaynida o‘zgarishi nisbatan – kichikroq xududda dinamikasi va mavjud bo‘lishiga 
aloxida axamiyat beriladi. CHunki geotizimlarni tadrijiy xarakatini boshqarish mumkin, 
maxalliy bashoratlashtirish manbalarni ta‘sir doirasida ishonchliroq va soddaroq, bu bilan 
bashoratlashtirishning boshqa turlaridan ancha farq qiladi. Yirik sanoat ob‘ektlari ta‘sir doirasida 
tabiiy muxitni o‘zgarishini bashoratlashtirish. Sanoat ob‘ektlari ta‘sirida tabiiy muxitni 
o‘zgarishini bashoratlashtirish xarakteri va tadqiq usuliga ko‘ra majmuali va soxali bo‘lishi 
mumkin. Majmuali bashoratlashtirish xududda barcha sanoat ob‘ektlarini o‘zaro almashib
kelish tarzida amalga oshiriladi. Odatda u yirik sanoat tugunlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Soxali
bashoratlashtirish faqat bir soxali sanoat ob‘ektlarini tabiiy muxitga ta‘sirini o‘rganadi. Atrof 
muxitga qora va rangli metallurgiya, neft kimyosi, elektroenergetika korxonalari eng kuchli va 
katta xajmda ta‘sir etadi. 
Bashoratlashtirishga qadar tabiiy muxitni o‘zgarish yo‘nalishlari ulkada sanoatni 
rivojlantirish xolati va tarkkiyot rejadlaari ,masalan sanoat ob‘ektlarini joylashtirish ,kelajakda 
maxsulot ishlab chikarish xajmi texnologiya va uni atrof muxitgpa ta‘siroi to‘g‘risida 
ma‘lumotlar zarur bo‘ladi. 
Sanoat korxonalarini mavjud TK lari bilan aloqasi xavo va suv xavzalari orkali sodir 
bo‘ladi. SHuning uchun xam ular asosiy bashoratlashtirish ob‘ekti xisoblanadi. Xavo massalari 
landshaftga 60 km suv xavzasi esa o‘rtacha 30 km masofaga ta‘sir ko‘rsatadi.Ammo bu 
masofalar aniq sharoitda turlicha bulishi mumkin: rel‘ef morfometriyasi,geokimyoviy bar‘erlar 
,,atmosferadagi xavo tsirkulatsiyasi ,landshaftni o‘z-o‘zini tozalash kobilyati va boshqa omillar 
ta‘sirida ta‘sir radiusini o‘zgartirish mumkin. 
Bashoratlashtirishda sanoat ob‘ektlari lanshaftga ta‘sir zonasini ,korxonalarga tabiiy 
muxitni kay ta ta‘siri landshaftlarni barqarorligi ta‘sir mintaqasini mikrozonalarga ajratish 
mumkinligini o‘rganiladi. Bular orasida TKlarni barqarorlik darajalari va texnogenez 
maxsulotlarini kayta ishlash imkoniyatlari o‘rganish muxim axamiyatga ega.
Bashoratlashtirish jarayonida texnogenez maxsulotlari landshaftga mavjud bo‘lgan 
maxsulotlardan qanday farq qilinishi (miqdoriy, sifat, tarkib jixatdan) mumkinligini aniqlanadi, 
farq katta bo‘lsa barqarorlik susayadi. 
Umuman olganda, ob‘ektlarni landshaftga ta‘siri uning strukturasini soddlashtiradi. 
Barqarorligini kamaytiradi. Tuproq va o‘simlikda nikel, mis, temir, qurg‘oshin ionlari ko‘paysa 
landshaftga biotik qismiga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi., ba‘zan noqulay o‘zgarishlar boshlanishi 
mumkin. 
Metallurgiya korxonasini ta‘sir doirasida uchta asosiy mintaqaga ajratish mumkin: Uchok 
(sanoat jixatdan bo‘zilgan) landshaftni tubdan kayta kurilishi,Tklarni ayrim komponentlari zarar 
kuradi. Qora va rangli metallurgiya korxonalarni 25-30 yil ishlatilganda ular ta‘sir mintaqasida 


11 
ko‘prok biogen komponentlar jiddiy o‘zgaradi. TES ning ta‘sir doirasida ikki mintaqa aniq 
ajraladi: sidirgasiga o‘zgargan va maxalliy –o‘chok jixatdan o‘zgargan. U asosan xavo xavzasida 
ta‘sir ko‘rsatadi va gruntning litologik tarkibida ta‘sir etadi (qattik oqim, oltingugurtni yerga 
tushishi) TES ta‘sir radiusi 8-15 km. Muborak va Sho‘rtan, Olmaliq, Navoiy, Fargona sanoat 
korxonlari misolida atrof muxitni o‘zgarishini tushintirib o‘tish maqsadga muvofiq. 
Sanoat korxonalar kimyoviy ta‘siri tuproqlarni morfologik kesmani murakkablashtiradi., 
o‘simlik koplamini nimjon bulishiga olib keladi, minerallashgan oqar suvlar suv xavzalarni va 
tuproqni ifloslantiradi., yosh nixollar qattik zaxarlaydi. Neft tuqilishi tuproqni genetik 
qatlamlarini bo‘zilishga olib keladi. O‘simlikni o‘sishi to‘xtaydi. Ko‘rishga ta‘sir etadi. Bu 
arealda o‘zoq vaqtga qadar xech narsa o‘smasligini qayd etilgan. 
Texnogen omillar ta‘sirini tadkik qilish va bashoratlashtirishda ko‘proq biologik , landshaft 
indikatsiyasi usullari qo‘llaniladi. Biologitk usul, geobotaniq indikatsiya yondoshuvi,
shuningdek, landshaft geokimyoviy usul sanoat korxonalari tabiatga ta‘sirini oldindan bilishga
ancha samarali xisoblanadi. TETS va GRES larni atrof muxitga ta‘siri aloxida o‘rganilishi zarur, 
bunda asosan atmosfera xavosi, shuningdek, suv xavzalari qisman tuproq, o‘simlik zarar ko‘radi.
Suv omborlari tabiiy ko‘l va dengizlarni antropogen analoglar xisoblanadi. Mavjud suv 
omborlari endilikda maxalliy TKlarni ajralmas qismi yoki mustaqil ekvatorial kompleks bo‘lib 
faoliyat ko‘rsatmoqda, biroq suv ombori inson tomonidan boshqariladi, uning suv maromiga 
sezilib turadi. 
Suv omborini vujudga keltirilishi va uning atrof muxitga ijobiy ta‘siri tabiiy komlekslarni 
maqsadga muvofiq xolda qayta qurish va ulardan optimal foydalanish bo‘yicha yirik majmuali
tadbir sifatida qarash mumkin. Biroq, suv omborlarini atrof–muxitiga ta‘siri xar doim xam ijobiy 
bo‘lavermaydi va bu ko‘pincha ularni geografik o‘rniga bog‘liq.
Ba‘zan suv omborlarini ijobiy yoki salbiy ta‘siri bir necha yilardan sung sezilishi mumkin. 
Bu xol ko‘pincha tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar zanjiridan sezilishi mumkin. SHuning 
uchun bashoratlashtirish bu borada takomillashgan bo‘lsada suv ombori ta‘sirida bo‘lgan 
xududni kelajakda o‘zgarishi yo‘nalishini aniqlashga imkon bo‘ladi.
Suv omborlarining atrof–muxitga ta‘sirini baholash to‘rt asosiy bosqichda amalga 
oshiriladi. Ularni katta geotexnik tizimini bloklari xam deb atash mumkin: gidrometoeorologik, 
tuproq – biologik, landshaft va ijtimoiy –iqtisodiy. 
Bashoratlashtirish ishiga kirishishdan oldin ayni shu sharoitdamavjud bo‘lgan ber necha 
suv omboralarining atrof muxitga bo‘lgan ta‘sirini atroflicha urganib chikish lozim. 
Suv ombori qurib bitkazilgandan so‘ng atrofidagi landshaftlarga ta‘sir eta boshlaydi, bunda 
tug‘ondan yuqori va pastdagi xududlar o‘zgarishiga uchrashi mumkin, soxil, suv ombori iqlimi 
o‘zgaradi, bu samara bir necha masofagacha seziladi. Geografik o‘xshashlik usuli bu tadqiqda 
ancha samarali bo‘ladi. 
Tekislikda suv omborlari atrof muxitga kuchli ta‘sir etadi, avvola gurunt suvlarisatxi 
kutarilib boradi, avvalari bu botikka yer osti suvlari oqimi mavjud bo‘lgan bo‘lsa endilikda u 
teskarisiga suv bilan ta‘minlash mabaiga aylanadi. Qirgoqda grunt suvini ko‘tarilishi qumoq va 
qumli gruntlarda 1,2-2 m, qumoqlarda 3,5 m gacha etadi. Bu jarayonda avvalo tabiiy 
komponentlar o‘zgara boshlaydi, keyinchalik TK lari tranfortsiyani boshidan kechiradi. Grunt 
suvlari – tuproq – o‘simlik–rel‘ef–turli tabiiy geografik jarayonlar xayvonot dunyosi – 
mikroiqlim –tabiat komplekslari (A. Germolaev bo‘yicha, 1980). Tizimi bo‘yicha o‘zgarishi suv 
omborlaridan 100-1000 m o‘zoqlikda bo‘lgan TK kuchli tarzda o‘zgaradi. Tuproqda gidromorfik 
xodisalar yo‘z beradi. Suv omborining daryo rejimini o‘zgarishi munosabati bilan qayir va quyi 
terrasaning landshaft xususiyatlari o‘zgaradi (o‘simlik qoplamini bo‘zilishi, to‘qaylar 


12 
degradatsiyasi, tuproqlarni qurishi, gidrogeologik rejim o‘zgarishi va b), suv, shamol eroziyasi 
kuchaya boradi. Eng muximi qayir va quyi terrasani xar yilgi suv bosishiga chek qo‘yiladi, bu 
bilan ularni maxsuldorligi pasaya boshlaydi. 
Suv omboridan yuqori qismda (yuqori daryo qayiri va quyi terrasalar suv bosishi 
natijasida gidrorejim o‘zgaradi; tuproq, o‘simlik, maxalliy iqlim, xayvonot dunyosi, rel‘ef xosil 
qiluvchi jarayonlar va boshqa xodisalar suv bosishi munosabati bilan yangi gidromorf yoki 
yarim gidromorf sharoitda rivojlana boshlaydi. Mikroiqlim o‘zgarishi maxalliy sharoit uchun 
atrofdan keskin farq qila boshlaydi, xavoni nisbiy namligi, musbat xarorati yigindisi ortadi., 
ekinlarni sovuq urishi bu joyda juda kam ro‘y bera boshlaydi, maxalliy shamol xarakati tarkib 
topadi., kontinentalik biroz kamayadi. 
Suv omborida xam ma‘lum tartibda tabiiy muxitning o‘zgarishi ro‘y beradi. Avvalo, 
qirgoqda shamol ta‘sirida tulkilarni uyish jarayoni kuchaya boradi. Tik qirg‘oqlarda bu jarayon 
kuchli, yotiq turida kuchsiz ro‘y beradi. Lyoss va lyossimon jinslardan to‘zilgan qirg‘oqlarda (tik 
bo‘lgan taqdirda) o‘pirilish, ag‘darilsh sodir bo‘ladi. Suv omborlarida loyqa o‘tirishi munosabati 
bilan ularni to‘lishi tezroq yo‘z beradi. Suv omborlarini atrof–muxitga ta‘sirini bashorat 
mudatlari 30-40 yilgacha bulishi mumkin (Zvonkova, 1987). 
Tekislikdagi suv satxidan bug‘lanish kuchli bo‘lganligi sababli ma‘lum xajmda namlik 
yo‘qoladi, bunda ularni sayozligi, to‘lib qolganligi e‘tiborga olinadi. 
Suv omborlarini ijobiy va salbiy xususiyatlarini amaliy mashg‘ulotda aloxida-aloxida qilib 
yozib chiqish maqsadga muvofiq. Tuyamuyin, Talimarjon, CHordar, Kayrokkumsuv 
omborlarini ijobiy va salbiy xususiyatlari aloxida misollar bilan ishlab chiqilishi foydali. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish