O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kafedrasi



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/156
Sana28.01.2023
Hajmi3,22 Mb.
#904767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Bog'liq
O`UM Amaliy geografiya

Landshaft usuli (yondashuvi).
Mazkur usul qollanganda, hudud ma'lum bir landshaft 
turlariga bo'lib o'rganiladi. Masalan, biror tuman hududini o'rganadigan bo'lsak, mazkur tuman 
hududi awal tabiiy va antropogen landshaftlarga ajratiladi. Tabiiy landshaftlar o'r-monlardan, 
yaylovlardan, pichanzorlardan, toshloq va qumlardan, botqoqlardan, sho'rxoklardan, soy 
vodiylaridan, yonbag'irlardan va boshqa landshaft turlaridan iborat bo'lishi mumkin. Antropogen 
landshaftlar esa qishloq xo'jalik yerlaridan, sanoat korxonalaridan, yo'llardan, shahar va 
qishloqlardan iborat bo'lishi mumkin. Har bir landshaft turi alohida-alohida tahlil qilinadi. 
Iqtisodiy usul (yondashuv).
Bu usulda aniq matematik-statistik hisoblashlar orqali tabiiy 
sharoitga, tabiiy resurslarga, aholi va xo'jalik korxonalariga baho beriladi hamda ularning 
o'zgarishi bashorat qilinadi. Masalan, aholi sonining o'sishi yoki kamayishi va h.k. 
Amaliy geografiya muhandislik geologiyasi, muhandislik geografiyasi, amaliy 
landshaftshunoslik fanlariga yaqin turadi, ularning tajriba va ilmiy yutuqlaridan foydalanadi. Shu 
bilan birgalikda, bu fan tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy usullardan tabiatni muhofaza 
qilishda,atrof-muhitning tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida o'zgarishini bashorat qilishda boshqa 
fanlar ham keng foydalanadi. 
Amaliy geografiyaning ahamiyati 
Hozirgi paytda tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro ta'sirning tobora jiddiylashuvi va buning 
natijasida kelib chiqayotgan tabiiy, ekologik oqibatlar tabiatning qashshoqlashishiga sabab 
bo'lmoqda. Jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini keng miqyosda taraqqiy ettirish orqali tabiiy 
muhitga ta'sir etar ekan, uning o'zi ham aks ta'sirga uchramoqda. Chunki insonning tabiatga 
ta'siri ko'p hollarda tabiat qonunlarini hisobga olmasdan amalga oshirilmoqda. Bunday ko'ngilsiz 
hodisalarning oldini olish va tabiat mahsuldorligini muntazam ko'paytirib borish bugungi 
kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib bormoqda. Mazkur muammoning yechimida 
boshqa fanlar qatori geografiya ham faol ishtirok etmoqda va o'zining munosib hissasini 
qo'shmoqda. 
Amaliy geografiya fani bugungi kunda insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan 
tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishi va uni yaxshilashning umumsayyoraviy, mintaqaviy va 



mahalliy muammolari bilan shug'ullanadi. 
Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlar tobora murakkablashib borayotgan va ayrim 
hududlarda xavfli ekologik holatlar vujudga kelayotgan bir vaziyatda tabiiy muhitni sof holda 
saqlab qolish muammosi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur muammoni yechishda amaliy 
geografik tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega. 
Hozirgi paytda amaliy geografiyaning ilmiy yutuqlaridan inson uchun qulay ekologik 
sharoitlar yaratishda keng foydalanilmoqda. Natijada "ozon tuynugi"ning maydoni qisqarib 
bormoqda, yo'qolib ketish arafasida turgan ko'plab o'simlik va hayvonlar saqlab qo-linmoqda, 
ifloslangan daryo va ko'llar suvi tozalanib bormoqda. Sanoatning rivojlanishi natijasida 
bo‘zilgan va ifloslangan landshaftlarni qayta tiklashning ilmiy asoslari ishlab chiqilmoqda. 
Amaliy geografiya tabiiy resurslardan foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, 
tabiat va jamiyatning o'zaro ta'sirini yaxshilash, tabiiy ofatlarning oldini olish, hududlarning 
rivojlanishini bashoratlash, yirik loyihalarni ekspertiza qilishning geografik-ekologik asoslab 
berish muammolarini hal etmoqda. Bu esa amaliy geografiya fanining yirik davlatlar va dunyo 
ahamiyatiga ega bo'lgan muammolarni yechishdagi ishtiroki ortib borishiga sabab bo'lmoqda. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish