Tashqiyo’qotishlar 3.3.1. Mexanik yo‘qotishlar. Podshipniklarning tayanch va tirgak qismlarida generatorning boshqa mashinalaridagi qarshiliklarini yengish uchun ketadigan energiya sarfi mexanik yo‘qotishlarni tashkil etadi. Bundan tashqari, turbinaning qismlarini birlashtiruvchi zichlagichlari qarshiligini yengish uchun ham energiya sarf bo‘ladi. Turbogeneratordagi mexanik yo‘qotishlar mexanik FIkni aniqlashda e’tiborga olinadi. Mexanik yo‘qotishlarni tajriba yo‘li bilan topiladi. Bunda har xil FIkli va har xil quvvatdagi turbinalar uchun qo‘llaniladigan nomogrammalardan foydalanish mumkin.
3.3.2. Val zichlagichlari orasidan chiqadigan yo‘qotishlar. Turbinadagi bug‘ bosimining atmosfera bosimidan yuqori bo‘lishi natijasida val zichlagichi orasidan bug‘ tashqariga oqib chiqadi. Buning oldini olish uchun zichlagichlar turbina valiga o‘rnatilgach tekshiriladi.
Amaliy mashg‘ulot №19-20
Mavzu: Gaz turbina qurilmalarining yonish kameralari (4-soat) Yonish kameralari haqida Yonish kamerasi GTQning asosiy elementi bo’lib, unda yoqilg’i yonishi hisobiga siqilgan havo kerakli haroratgacha qizdiriladi. Yonish kameralariga quyidagi talablar qo’yiladi:
1) GTQ barcha ish rejimida yonish kamerasida yoqilg’i yonishi barqaror bo’lishi kerak. Alanganing uzilishi, davriyligi va kamayishi taqiqlanadi;
2) turbina oldidagi havo oqimining barcha kesimlarida bir xil harorat maydoni hosil qilinishi shart;
3) uzluksiz ish rejimini ta’minlash uchun maxsus sovitish tizimlari bilan ta’minlanishi shart;
4) GTQ barcha ish rejimlarida kam yoqilg’i bilan ko’p issiqlik olinishi shart;
5) gidravlik qarshiliklar kam bo’lishi kerak;
6) konstruktiv jihatdan sodda, ishlatishga qulay, arzon bo’lishi kerak;
7) yengil va ixcham bo’lishi kerak.
17.1 – rasm. Gaz turbinali qurilmalarning yonish kameralari.
1 – yuqori bosimli kompressor; 2 – regenerator; 3 – yonish kamerasi; 4 – kompensator; 5 – turbina; 6 – dvigatel vali; 7 – alohida yoqish quvuri; 8 – tashqi yoqish quvuri; 9 – kameraning tashqi korpusi; 10 – ichki korpus; 11 – ichki yoqish quvuri; 12 – alangani o’tkazib yuborish quvuri; 13 – korpus.
Yonish kameralari tabiiy gaz va suyuq yoqilg’ilarda ishlaydi. Og’ir xajmiy massaga ega bo’lgan mazutlarni qo’llash ba’zi bir qiyinchiliklar tug’diradi, uning tarkibidagi vanadiy, natriy, oltingugurt kamera ishchi detallarini korroziyaga olib keladi.
Yonish kameralari quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
Kamera issiqlik ishlab chiqarish qobiliyati:
Qk = B Qrn bu yerda: B – ishlatiladigan yoqilg’i miqdori;
Qrp – yoqilg’ining quyi yonish issiqligi.
2. Hajmiy issiqlik kuchlanishi – kamera yuzasining samarali ishlatilishini tavsiflaydi:
q = QK / VK bu yerda: VK – yonish kamerasi hajmi.
Yonish kamerasidagi energiya sarfi va bosim sarfi ham asosiy ko’rsatkichlardan hisoblanadi.
Ichki f.i.k orqali energiya sarfi xarakterlanadi. Bosim sarfi 1 – 3 % ba’zan 10 % gacha bo’ladi.
Mavjud yonish kameralari quyidagi turlarga bo’linadi:
a) individual;
b) sektsiyali ko’p quvurli;
c) xalqasimon;
d) quvurli – xalqasimon.