O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi



Download 3,57 Mb.
bet10/76
Sana01.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#722177
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
Bog'liq
Eng yangi Nargiza Asqarova

Mashgʻulotni yakunlash

    1. Mavzu yakunlanadi, bajarilgan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida muhim ahamiyatga ega

ekanligiga oʻquvchilar e’tiborini qaratadi
Uyga vazifa berilishi

    1. Nazorat savollariga javob qaytarish

Diqqat qiladi

Topshiriqni yozadi


  1. ilova


Baholash mezoni va ko’rsatkichlari


t/r

Nazariy bilimlarni baholash

ball

1

Savollarga to'liq javob berish, misol dalil keltiradi, Mavzu haqida to’liq ma’lumotlarni keltiradi, yangi ma’lumotlarni amaliyotda qo’llay oladi

5



2

Savollarga noto'liq javob beradi, mavzu haqida tushunchalarini to’liq bayon eta olmaydi



4



3

Savollarga qisman javob beradi, yangi va o’tilgan mavzular bo’yicha qisman bilimga ega



3



4

Savollarga umuman javob bera olmaydi, yangi mavzu va o’tilgan mavzular yuzasidan bilimga ega emas.



2
  1. ilova


Kichik guruhlarda ishlash qoidasi



1

Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmog’i kerak

2

Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim

3

Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi

4

Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.

5

Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, ishlab chiqarish ta’limi ustasi ularga yo’riqnoma berishi lozim.

6

Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, bajargan ishini erkin namoyon etish

Fan bo'yicha o'quvchilarni o'zlashtirish, baholash mezonlari


  1. ilova



Baholash mezonlari

Baholar

“5” – a’lo

“4” - yaxshi

“3” - qoniqarli

“2” - qoniqarsiz

1.

Nazariy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi













2.

Amaliy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi













3.

Joriy nazorat
natijalari













4.

O’rtacha bahosi
















2-Mavzu: Diftong va digraflar. Harf birikmalari.


Reja:

1.Diftonglar va ularni o’qilish qoidalarini.


2.Lotin tilidagi harf birikmalari va ularning o'qilishini.
3.h ishtirok etuvchi harf birikmalarini.
4.Bo'g'inga ajratish qoidalarini.


DIFTONGLAR VA ULARNING O'QILISHI. Lotin tilida diftonglar 4 ta ya'ni ae, oe, au, eu - lardir. Ikkita har-xil unli tovushlar so'zlarda birga kelib bitta bo'g'in singari o'qilishga diftong deb aytiladi (ya'ni "qo'sh unlilar" deb).
Ae, oe - diftonglari o'zbek tilidagi "e" talaffuzini beradi ya'ni bu harf birikmasida "a" va "o" - lar o'z talaffuzini yo'qotadi.
Masalan: haema-(gema)-qon, oedema (edema) shish.
Lekin au, eu harf birikmalari esa shunday talaffuzga ega bo'ladi, lekin harf ikkala diftonglarda ham "u" qisqa o'qilib, xuddi "v" singari talaffuz beradi, bo'g'in ko'chirishda esa bitta bo'g'in singari ko'chiriladi.
Masalan: au-au (av) singari o'qiladi. aurum-(avrum)-oltin eu-eu (ev) singari o'qiladi neuralgia (nevralgia) asab og'rigi.
Ba'zan tibbiy atamalar tarkibida "ou" diftongi ham uchrab turadi va u "ou" deb o'qiladi.
Masalan: Croup (kroup-krup)-bo'g'ilish.
Lotin tilida ae, oe qo'sh unlilar har doim ham yakka "e" singari o'qilavermaydi, ba'zan so'zning ma'nosidan kelib chiqib ular alohida bo'g'in sifatida ya'ni alohida o'qildi. Bunday xollarda "a" va "o" harflari bilan birga kelgan "e" ustiga .. (ikki nuqta) qo'yib yoziladi.
Masalan: aёr-(aer)-havo; Paёta (poeta)- shoir; Haemaptoё (gemaptoe)-qon tupurish.
Bu so'zlarda ikki nuqta qo'yilmasa so'zning ma'nosi kelib chiqmaydi.
Anaemia, amarus, Аlоё, auris, bacca, dyspnoe, caecum, cito, dens, faex, haema, internus, Laevomycetinum, Leucomycinum, Neuratin, oedema, rubor, ureter, vagina, vertebra, Foeniculum, aeger, gangraena, aestimare, praeparatum, leucemia, manus, curare, flos, keratitis, hygiena, paralysis, symptoma, costa, gastroenteritis (gastroenteritis-so'zida "o" bog'lovchi vazifasini bajarganligi uchun "o" bilan "e" diftong emas, alohida o'qiladi, gaster-me'da, oshqozon, enter-ichak, itis-yallig'lanish degan murakkab so'zdir).
Lotin tilida unli, undosh tovushlardan tashqari harf birikmalari ham mavjud bo'lib ular ham o'ziga xos talaffuzga egadir. Bunday harf birikmalariga qu, ngu, su, ti - va grek tilidan o'zlashtirilgan “h” ishtirok etuvchi ch, ph, th, rh harf birikmalari kiradi:
«q» harfi so'zlarda doimo «u» harfi (qu) bilan birga keladi va «kv» deb o'qiladi.
Masalan: aqua (akva)-suv; Quinque(kvinkve) - besh.
«ngu»-harf birikmasi unli oldida kelganda «ngv» deb o'qiladi.
Masalan: lingua(lingva)-til. boshqa hollarda «ngu» deb o'qiladi.
Masalan: angulus(angulyus) - burchak
«su» - harf birikmasi ham 2 xil o'qiladi. Agarda unli harflar oldida kelsa «sv» deb, boshqa hollarda esa «su» deb o'qiladi.
Masalan: suavis (svavis)-yoqimli; super (super)-yuqori.
«ti» harfi birikmasi ham 2- xil o'qiladi. «tsi» va «ti» agarda unli tovushlar oldida kelsa «tsi» deb o'qiladi.Masalan: solutio (solutsio)-eritma.
«х» va «s» «t» -harfidan keyin kelsa «ti»deb o'qiladi.
Bunday holatda ti-dan keyin kelgan unli hisobga olinmaydi.
Masalan: mixtio(mikstio) - aralashma ostium (ostium) - teshik.Triticum(tritikum) - bug'doy.
«ti» - harf birikmasi klassik davrda hamma holatlarda «ti» deb o'qilgan. IV asrdan boshlab unli tovushlar oldida biroz yumshatib «tsi» deb o'qila boshlagan.
Shundan beri o'quv amaliyotida bunday o'qish davom etib kelmoqda. lekin undosh tovushlar oldida «ti» deb, hamda s, x, t - orqasida ham “ti” deb o'qiladi. Bunday holatni yuqoridagi misollardan ko'rish mumkin.
Digraf bu bitta tovush beradigan ikkita undosh birikmasidir:
gh — x tovushini beradi: china — [xina]
sgh — sx tovushini beradi: schema — [sxema]
ph — f tovushini beradi: phosphorus — [fosforus]
rh — r tovushini beradi: rheum — [reum]
th — t tovushini beradi: thorax — [toraks]

Yuqoridagi 4 ta lotin harf brikmalaridan tashqari yana 4 ta «h» ishtirok etuvchi harf birikmalari bo'lib ular asosan grek so'zlarida yoki manoli qismlarida qo'llaniladi. Ularga ch, ph, th, rh - lar kiradi.


«ch» - birga kelganda «х» - deb o'qiladi.
Masalan: chirurgus(xirurgus) - jarrox .Chamomila (xamomIIIa) - moychechak.Charta (xarta) -qog'oz.
«ph» birga kelganda «f»- talaffuzini beradi.
Masalan: phthysis(ftizis)-sil (tuberkulyoz).
Phosphorus(fosforus)-fosfor.
«th» - birga kelganda «t» deb o'qiladi.
Masalan: Thea (tea)-choy.Mentha(menta)-yalpiz.
«rh» - birga kelganda «r»deb o'qiladi.
Masalan: reahitis(rahitis)-rahit.Rheumatismus (revmatizmus)- bod (revmatizm).Rhaphe (rafe) - chok.
«sch» - sx deb o'qiladi. Amaliyotda ba'zan o'zbekcha «sh» deb o'qiladi.
Masalan: ischias(ishias)- bel og'rig'i.
Yuqorida sanab o'tilgan «h» ishtirok etuvchi harf birikmalarida barchasida «h»yozilsada talaffuzda o'qilmay tushib qoladi, bu harf birikmalari grek so'zlariga mansubdir.
Mashq: o'qing va harf birikmalarini o'qilishiga etibor bering.
Aether, brachium, costio, quadriceps, Strophanthus, erytema, Jchthyolum, Menthe, liquida, oesophagus, liquor, aethylicus, cirrhosis, chamomIIIa, cantharus, bronchialis, diaphragma, amputatio, thea, catheter, phalanx, saccharum, ostium, unguis, suasor, quartus, rhizoma, oryza, Phenolum, therapia, aetherus, Schizandra, Rheum, operatio,
Bo'g'in ko'chirish qoidasi.
Lotin tibbiy terminologiyasini yozishda bazan bo'g'in ko'chirishga to'g'ri keladi. Shuning uchun ham bo'g'in qoidasini yodga olish zarur. O'zbek tilidagi kabi lotin tilida ham so'zlarda nachta unli ishtirok etsa so'zda shuncha bo'g'in bo'ladi. (diftonglar bundan mustasno). Masalan: suppositorium - sup-po-si-to-ri-um; costa - cos-ta.
Bo'g'inlarni sanog'i lotin tilida so'zning oxiridan oldinga qarab sanaladi. Bu esa urg'uni to'g'ri qo'yishga imkon beradi. Shuning uchun ham oxiridan sanaladi. Bo'g'inning cho'ziq qisqaligi shu bo'g'inda joylashgan unlini cho'ziq qisqaligiga bog'liqdir.
Lotin tilida cho'ziq unli ustiga (-) chiziqcha, qisqa unli ustiga esa (”) yarim oysimon belgi qo'yiladi.
Bo'g'in va tovushlarni cho'ziq yoki qisqaligini aniqlash uchun harf ustiga (-) belgisini qo'yish kerak. Bo'g'inlarning cho'ziq qisqaligi quyidagi qoidaga asosan aniqlanadi.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish