159
DARS JARAYONIDA YANGI PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Tayanch so‘z va iboralar:
konseptual yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan
ta’lim, tizimli yondashuv, faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv, dialogik yondashuv,
o‘qitish usullari, o‘qitish texnikasi, hamkorlikdagi ta’lim.
Yangi
pedagogik
texnologiya
turlari.
“Matematik tasavvurlarni
shakllantirish nazariyasi va metodikasi” kursini o‘qitish yuqorida ta’kidlangan
ta’lim texnologiyalariga asoslanishi va quyidagi konseptual yondashuvlarga
asoslanishi kerak:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayoni
barcha ishtirokchilarining to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni
loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim
oluvchining shaxsini emas,
avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan
kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida
mujassam etmog‘i lozim: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini
o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv. Shaxsning
jarayonli sifatlarini
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni faollashtirish va intensivlashtirish,
o‘quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari,
tashabbuskorligini
ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o‘quv jarayoni ishtirokchilarning
psixologik birligi va o‘zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning
natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata
olishi kabi
ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi
va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi subektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va
faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda
ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
160
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali
ta’lim oluvchi faolligini oshirish usullaridan biri. Bunda muammo va uni hal etish
usullari, dialektik mushohadani shakllantirish
va rivojlantirish, amaliy faoliyatga
ularni ijodiy tarzda qo‘llashning mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash –
yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.
Keltirilgan kontseptual yo‘riqlarga asoslangan holda, “Matematik tasavvurlarni
shakllantirish nazariyasi va metodikasi” kursining maqsad va vazifasi, tarkibiy
tuzilishi va ta’lim jarayonida tutgan o‘rni, o‘quv
axborotining mazmuni va
hajmidan kelib chiqib, ma’lum sharoit va o‘quv rejasida belgilangan vaqtda
o‘qitish,
kommunikatsiya, axborot va ularni birgalikdagi boshqarishni
kafolatlaydigan usullar va vositalar tanlovi amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: