156
bo‘lishlari kerak.
Uchinchidan, nazariy jihatdan to‘la asoslangan zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni bugungi kunda ta’lim jarayoniga qo‘llash eng dolzarb
masalaga aylangan.Ushbu qo‘llanma “Matematik tasavvurlarni shakllantirish
nazariyasi va metodikasi” fanining umumiy masalalari uchun mo‘ljallangan,
o‘qitish jarayonini loyihalash algoritmi mavjud bo‘lib, katta modullar va o‘rta
modullarga hamda o‘quv soatlarining umumiy soniga qarab o‘quv reja asosida
taqsimlangan. O‘rta modul tarkibidagi kichik modullarga
aniq maqsadlarning
qo‘yilishi
va
ularga
ajratilgan
vaqtning
chegaralanganligi
pedagogik
texnologiyalarni joriy etilganligining eng muhim belgisidir. Modullardagi tayanch
tushunchalarning va nazorat savollarining aniqlanishi hamda test savollarining
tuzilishi egallangan bilimlarni malakaga aylantirish uchun zamin yaratadi.
Ma’ruzada o‘rta modulda qo‘llaniladigan dars turi, tipi hamda qo‘laniladigan
pedagogik
usul va uslublarni aniqlab, ishlatadigan joylarini belgilash muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, bu esa qo‘llanmada o‘z aksini topgan. Ta’lim jarayonida
o‘qitishning texnik vositalaridan unumli foydalanish dars samaradorligini oshiradi.
Muayyan modulda o‘qitishning texnik vositalarini topib, qo‘llanish
joylarini
aniqlash mazkur qo‘llanmada o‘z aksini topgan.
Ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan har bir kishi bugungi kunda
yuzaga kelayotgan yangi tushunchalarni anglashi, shuningdek, darslarni loyihalash
asosida modulli o‘qitish texnologiyalardan ham xabardor bo‘lishlari kerak. Ushbu
qo‘llanma kam kuch va kam vaqt sarflab, chuqur va puxta bilimlar berish uchun
keng imkoniyatlar yaratadi. Loyihalash asosida modulli o‘qitish
nazariy jihatdan
to‘la asoslangan bo‘lib, bugungi kunda uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish eng
dolzarb masalaga aylangan.
Berilgan bilimning yakuniy natijasi ko‘nikma shaklida namoyon bo‘lishi
deganda, talabalarning egallagan bilimlari asosida qandaydir amaliy faoliyatlarni
bajara olishlari tushuniladi. “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va
metodikasi” o‘quv predmeti bo‘yicha ta’lim texnologiyasi ma’ruza
va amaliy
mashg‘ulotlarni o‘qitishning xorijiy mamlakatlarda keng tarqalgan ilg‘or
pedagogik texnologiya qoidalari asosida ishlab chiqilgan. Fanni o‘qitish
157
texnologiyasi quyidagi tartibda ishlab chiqilgan. Ma’ruza mashg‘ulotlarini olib
borishda ko‘proq ko‘rgazmali, muammoli, informatsion va tematik shakllarga
e`tibor qaratilgan. Amaliy mashg‘ulotlarni olib borishda muammoli savollarni
guruhlarga bo‘lingan holda muhokama qilish, individual tarzda ishlash, muammoli
vaziyatni keys-stadi usulidan foydalanib nazariy bilimlarni amaliyotga qo‘llash
bo‘yicha ko‘nikmalar va bilimlarni chuqurlashtirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: