O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/87
Sana30.06.2022
Hajmi2,88 Mb.
#720323
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87
Bog'liq
Математик тасаввурларни шакллантириш

Nazorat savollari:
1.Turli 
maktabgacha 
yoshdagi bolalarda 
matematik tushunchalarini 
shakllantirishda tuzatish ishlarini olib borish qanday amalga oshiriladi? 


148 
2.Maktabgacha 
ta’lim 
tashkilotida 
matematika 
bo‘yicha 
ishlarni 
rejalashtirish qanday amalga oshiriladi?
Topshiriqlar: 
Maktabgacha ta’lim tashkilotida matematika bo‘yicha 
ishlarni rejalashtirishga oid pedagogik masalalar tuzing, izohlang 
Adabiyotlar: 
1.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.: 
Ilm ziyo, 2006.
2. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия 
ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: 
Ўқитувчи, 1995 й. 
3. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni 
shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007. 
4. Михайлова А., Носова Э. Д., Столяр А. А., Полякова М. Н., 
Вербенец А. М.Теории и технологии математического развития детей 
дошкольного возраста. – Издателство «Детсво-пресс». Санкт-петербург , 
2008. 
 
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIREKTORI VA KATTA
TARBIYACHINING O‘RNI 
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
mudira, kata tarbiyachi, ta’lim-tarbiyaviy ish, 
metodik rahbarlik, faollashtirish, maqsadga yo‘llash, o‘z-o‘zini boshqarish,
metodik ish shakllari.
 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori va katta tarbiyachisiga 
qo‘yiladigan talablar. 
O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tashkilotining mudira va 
katta tarbiyachilarining, tarbiyachilar hamda bolalar bilan ishlashdagi roli juda 
katta ahamiyatga egadir. Katta tarbiyachining lavozim va vazifalari O’zbekiston 
Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonunda belgilab 
berilgan.


149 
Katta tarbiyachi maktabgacha ta`lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiyaviy ishga 
metodik rahbarlikni amalga oshiradi. Bolalarni ta’lim-tarbiyasiga qoyilgan 
minimal talablarni bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi, ta’lim-tarbiyaviy 
ishning to‘g‘ri uyushtirilishi uchun javobgar, ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganadi, 
umumlashtiradi va tarqatadi, pedagogik kengashda ko‘rib chiqish uchun zarur 
materiallarni tayyorlaydi, maktabgacha ta`lim tashkilotidagi metodik kabinet ishini 
tashkil qiladi, bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo‘llanmalar va 
o‘yinchoqlarni tanlaydi.
Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish, turli yosh guruhlari 
tarbiyachilari, shuningdek maktabgacha ta`lim tashkiloti va maktab ishida ketma-
ketlilikni ta’minlash bo‘yicha ishni uyushtiradi.
Katta tarbiyachi oliy pedagogik ma’lumotga (maktabgacha pedagogika 
fakulteti) ega bo‘lgan yoki o‘rta pedagogik (maktabgacha bo‘limi) ma’lumotga va 
kamida 3 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan eng yaxshi tarbiyachilardan 
tayinlanadi. O‘z kasbining hurmatini qozonishi va ularga o‘z vazifalarini 
muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun katta tarbiyachi qanday 
rahbarlik sifatlariga ega bo‘lishi kerak?
Katta tarbiyachi faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki 
bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmasiga ham ega bo‘lishi zarur. Bunday 
ko‘nikmasiz butun ish qat`iy ilmiy asosda qurilgan, bola psixologiyasini chuqur 
bilishni nazarda tutadigan zamonaviy maktabgacha ta`lim tashkilotida ishlab 
bo‘lmaydi. U fanning turli sohalari, madaniyat, san`at, etikadan keng xabardor 
bo‘lishi kerak.
Tajribali katta tarbiyachining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondashishi 
g‘oyalarni umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining 
imkoniyat va qobiliyatlarini hisobga olishga qarab farqlanadi. U pedagoglar bilan 
maslahatlashadi, jamoatchilik fikri, hamkasblarining tanqidiy mulohazalari va 
takliflariga hushyorlik bilan quloq soladi, ularning tajriba va bilimlaridan 
foydalanadi, tarbiyachi ishidagi muvaffaqiyatni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlaydi. 
Uning yutuqlarini ommalashtiradi. Maqtov va ma’qullash pedagoglarning o‘z 


150 
tajribalari, fikr va hissiyotlarini hamkasblari bilan o‘rtoqlashish ishtiyoqini 
tug‘diradi.
Katta tarbiyachi talablarni qo‘yishda talabchan va qat`iy bo‘lishi kerak. 
Rahbarning o‘ziga bo‘ysunuvchilar bilan muloqotning emotsional-irodaviy 
tomonini ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislati — 
talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, xayrixohlik, odamlarga 
hurmat bilan birga qo‘shib olib borish zarur. Talabchanlik — bu qattiqo‘llik degan 
gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, hayfsanlarning foydasidan ko‘ra zarari 
ko‘proq va bu, odatda, rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat 
bepadi. Katta tarbiyachining muhim sifatlardan biri tadbirkorlikni har xil tipdagi 
kishilarga 
ularning 
bilimlari, 
madaniyati, 
tarbiyalanganlik 
darajalarini, 
temperament va xarakterlarini hisobga olib yondasha bilishidir. Maktabgacha 
ta`lim tashkilotining qandayligini uning tarbiyachilari jamoasi ko‘rsatib turadi. 
Jamoani yaratadigan, uni jipslashtiradigan, ishga layoqatli kuchga aylantiradiganlar 
mudira va katta tarbiyachidir. Yaxshi
 
jamoada nizoli vaziyatlar ishbilarmonlik 
bilan, takabburona tanbehlarsiz hal qilinadi. Ma’lumki, odoblilik shaxsning o‘zini 
tuta bilishi, emotsional vazminligi bilan bog‘liqdir. Rahbarning obro‘sini hech bir 
narsa manmanlik, bag‘ritoshlik, ma’naviy, etik madaniyatning tanqisligi, o‘ziga va 
qo‘l ostidigilarga talabchanlik, so‘z bilan ish o‘rtasidagi uzilish to‘kkandek 
to‘kolmaydi.
Hap qanday talab — ko‘rsatma yoki maslahat, mulohaza yoki xatti-harakat 
tajribali rahbarda doimo amaliy xarakter kasb etadi. U xatto jahli chiqqan vaqtda 
ham ovozini ko‘tarishdan o‘zini tiyadi. Talabchanlik har bir kishiga hurmat bilan 
olib borilgan, va o‘ziga talabchan bo‘lish namunasi bilan mustahkamlangan 
hollardagina samarali bo‘ladi.
Xushmuomala, nazokatli rahbar boshchilik qilgan pedagoglar jamoasida 
uning baholari, ko‘rsatmalari, muomala ohangida alohida sezgirlik tarkib topishi 
qayd etilgan.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim-tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi, 
uning obro‘si ko‘p jihatdan pedagoglar jamoasining jipslashganligiga, eng avvalo 


151 
butun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar yadrosida birlik va o‘zaro 
tushunishning mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi.
Direktor va katta tarbiyachining boshqaruvchilik vazifasi umumiy va o‘ziga 
xos vazifalarga bo‘linadi. Masalan, rahbarning asosiy va umumiy vazifasi 
maktabgacha ta`lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishdir. Umumiy 
vazifalarga tarbiyachilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, uning faoliyatini 
faollashtirish, maqsadga yo‘llash, o‘z-o‘zini boshqarish, nazorat qilishni 
rivojlantirish kiradi. O‘ziga xos vazifalarga esa tarbiyachilarning kasb-hunar 
malakalarini oshirish, metodik ishni tashkil qilish, pedagogik hujjatlarni yuritish 
kiradi.
Bu
 
vazifalarni bajarish katta tarbiyachi va MTTning mudiri o‘rtasida aniq 
taqsimlangan va kelishib olingan bo‘lishi kerak.
Kelishilgan harakatlar ma’lum masaalalarni hal qilishda duch kelinadigan 
qiyinchiliklarni bartaraf etishda barchaga yordam beradi. Amaliyot ko‘rsatishicha, 
operativ masalalar: ishni rejalashtirish, nazoratni amalga oshirish, pedagogik 
kengash, konsultatsiyalarni o‘gkazish, buyruqlar, ko‘rsatmalar berish va hokazolar 
osonroq hal qilinadi, takkabburlik, yengillik va ta’sirchanlik, insoniy xatti-
harakatlar sabablarini tushuna bilmaslik, kishilardagi afzalliklardan ko‘ra ularning 
nuqsonlarini sezishga moyillik — bularning barchasi rahbarlikdagi qoralanadigan 
uslubning asosiy belgilaridir. Mana shuning uchun ham pedagogik eruditsiya, 
yuksak ma’suliyat hissi, g‘oyaviy ma’naviy e`tiqod haqiqiy rahbarning qimmatli 
xislatlari hisoblanadi.

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish