O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Yosh tarbiyachilarga metodik yordam



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/87
Sana30.06.2022
Hajmi2,88 Mb.
#720323
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87
Bog'liq
Математик тасаввурларни шакллантириш

Yosh tarbiyachilarga metodik yordam. 
Yosh tarbiyachining dastlabki ish kunlari eng og‘ir ish kunlar hisoblanadi. 
Bolalarda ularning yangi tarbiyachilari qanday ilk taassurot uyg‘otishi ham katta 
ahamiyatga egadir. Agarda u ikkilansa, qat’iyatsizlik ko‘rsatsa, kichkintoylar 
oldida muvaffaqiyatsizlikka duch kelishdan cho‘chisa, bolalar buni tezda anglab 
oladilar va ularni boshqarish oson bo‘lmaydi, «guruhni eplolmaydi» deyishadi, 
bunday tarbiyachi haqida. Yosh mutaxassis o‘z muvaffaqiyatsizliklaridan chuqur 
tashvishga tushadi, hatto o‘zining kasbiga yaroqliligiga gumonsiraydi. Yosh 


152 
tarbiyachilarga yordamni qanday uyushtirish kerak? Eng avvalo, uni tajribali, 
bilimdon, bolalarii va o‘z ishini sevadigan pedagog ishlaydigan guruhga yo‘llash 
kerak. Eng yaxshi yordam pedagogga bolalar bilan qanday ishlash kerakligini 
ko‘rsatishdir. Hech qanday maslahat, gapirib berish, tushuntirishlar ko‘rsatishdek 
yordam bermaydi.
Mana, yosh tarbiyachi bolalarning mustaqil faoliyatlarini uyushtira 
bilmayapti. Bolalar nima bilan shug‘ullanishni bilmaydilar, pedagog esa guruhda 
intizomni, tartibni o‘rnata olmaydi. Katta tarbiyachi yoki MTTning mudiri 
bolalarning bunday xatti-harakatlari sababini aniqlaydi: agarda bolalar 
bekorchilikdan to‘polon qilayotgan bo‘lsalar, unda darhol ularga ma’qul keladigan 
mashg‘ulotlarni topish haqida o‘ylash kerak bo‘ladi.
Bunday vaziyatlarda katta tarbiyachi tarbiyachiga bolalarning xilma-xil 
faoliyatiga mos keluvchi sharoitlarni qanday tashkil qilishni, bolalarni turli xil 
o‘yinlar, ta`limiy faoliyatlarga jalb qilishni ko‘rsatadi. Ustalik bilan, bolalarning 
fikrlarini buzmay, bolalarga individual yondashuvni amalga oshirishga yordam 
beradi, qiynalayotgan va ishini yarim yo‘lda tashlab ketmoqchi bo‘lganlarga 
maslahatlar beradi, tushuntiradi, ko‘maklashadi, bolalarga o‘z faoliyatlarini hamma 
narsani oldindan tayyorlab, qo‘shib uyushtirishni o‘rgatadi; o‘yin uchun sherik 
topishda yordamlashadi. Bunday ko‘rgazmali misol tarbiyachiga bolalarning 
faoliyatlarini to‘g‘ri uyushtirishda yordam beradi.
Har bir yosh mutaxassis ishni endi boshlayotgan paytda yosh tarbiyachi 
konsultatsiyalar olib turishi uchun unga murabbiy sifatida tajribaliroq va obro‘liroq 
tarbiyachini biriktirish lozim.
Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik bilan bo‘lmaydi. 
Mana shuning uchun ham yosh pedagogni ishning ilg‘or metodlari va usullarini 
egallashga, o‘z bilimlarini doimo to‘ldirib borishga, erishilgailar bilan chetlanmay, 
tarbiya sirlarini
 
egallash ishtiyoqini singdirishga yo‘llash katta tarbiyachining 
vazifasi hisoblanadi.
Dastlabki kundan boshlab katta tarbiyachi yosh pedagogga bolalarni diqqat 
bilan kuzatishni, ularning fikrlariga quloq solishni, xatti - harakatlarini o‘rganishni 


153 
o‘rgatadi. Har bir bolaning kimligini, qandayligini, uni nimalar qiziqtirishini, 
nimalar bilan yashashi, nimalar quvontirishi, tengqurlarinig unga qanday 
munosabatda bo‘lishini bilgan taqdirdagina har bir bolannng qalbiga yo‘l topish 
mumkinligi hammaga ma’lum. Pedagogning, unda kasb mahoratinig shakllanishi 
tarbiyachi bolani, uning xususiyatlarini, xatti-harakatlarining sabablarini tushuna 
bilganda, har bir bolaga e`tiborli va sezgir bo‘lganda, xayrixohlik bildirib, 
ko‘nglini ko‘tarib, erkalata olganda, guruhdagi bolalar o‘zlarini uylaridagidek his 
qiladigan vaziyatni yarata olishidan boshlanadi.
Yosh mutaxassisni iliqlik bilan kutib olish va o‘z jamoasiga qabul qilish
uning kasbga «kirishida» va unga mehr qo‘yishida yordamlashish muhimdir. 
Ayrim yosh tarbiyachilarning ishdan hafsalasi pir bo‘lishi va qoniqmasliklari 
haqidagi mavjud faktlarga ba’zan to‘liq darajada ma’muriyat va birinchi navbatda, 
katta tarbiyachi sababchi bo‘ladi. Tarbiyachi, ayniqsa yosh tarbiyachi mehnatining 
o‘z vaqtida, adolatli baholanshiga ehtiyoj sezadi. Biz ko‘pincha tarbiyachining 
ishini faqat tashqi belgilariga ko‘ra baholaymiz. Guruhda osoyishtalikmi — 
demak, hammasi joyida. Buning ortida nima bor? Asosiy maqsad tashqi intizom 
emas, balki pedagog bolalarni xushmuomala qilib tarbiyalay olgan-olmaganligi, 
atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni o‘rgatgan-o‘rgatmaganligi, 
bolalarning yordamga muhtoj o‘rtoqlariga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishni bilish-
bilmasliklarida emasmi?
Maqtov kayfiyatni ko‘taradi, faoliyatni rag‘batlantiradi, ishga qiziqishini 
oshiradi.
Tarbiyachi shaxsidagi ijobiylikka tayanish asosida unga qo‘yiladigan yuksak 
talabchanlik bilan birgalikda amalga oshiriladigan jamoalarda yaxshi an’analar, 
yuksak ma’suliyat ruhi, do‘stona o‘zaro yordam, ijodiy tashabbuskorlik yashaydi. 
Bunday sharoitlarda ishni endi boshlayotgan tarbiyachi pedagoglar jamoasiga tez 
va osonlik bilan singib ketadi.
Kasbga oid sifatlar ko‘p jihatdan tarbiyachining o‘ziga xosligi, xarakteri va 
temperamentining xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Pedagoglik faoliyatiga ma’lum 


154 
irsiy moyilliklari bo‘lgan talantli kishigina chinakam va omilkor tarbiyachi bo‘lishi 
mumkin degan fikrlar mavjud.

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish