115
Donda mog’or hidi donning sirtida mog’or zamburug’larining rivojlanishi natijasida paydo
bo’ladi. Donlarda nordon hid har xil bijg’ishlar natijasida vujudga keladi. Donlarda maysa hidi
donda o’sish jarayoni boshlanayotganidan dalolatdir. Donlarda chirigan narsaga xos hid esa
chirituvchi bakteriyalar yordamida oqsillar parchalanishidan dalolatdir. Umuman donlarning hidi
o’ziga xos yoqimli, begona hidlarsiz bo’lishi kerak.
Donning ta’mi juda kuchsiz seziladi. Sifatli don har bir donga xos, yaqqol sezilmaydigan
ta’mga egadir. O’sish jarayoni borayotgan donda shirin ta’m, mog’or zamburug’lari rivojlangan
donda esa nordon ta’m paydo bo’ladi. Agar don achchiq ta’m beruvchi o’tlar urug’lari bilan
ifloslangan bo’lsa, tabiiyki, bunday donlarda achchiq ta’m paydo bo’ladi.
Laboratoriya usuli bilan esa donlarning namligi, begona aralashmalar bilan ifloslanganlik
darajasi, naturasi, ombor zararkunandalari bilan zararlanganlik darajasi aniqlanadi. Don
to’g’risida yanada kengroq ma’lumotga ega bo’lishi
uchun donning zichligi, 1000 donasining
massasi, don mag’zining shishasimonligi, oqsil miqdori, kleykovina miqdori va sifati hamda
donda kul miqdori kabi ko’rsatkichlari ham aniqlanishi mumkin.
Namlik – don uchun asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Quruq bug’doy, suli, arpa
donlari tarkibida suv miqdori 14 foizdan ortiq bo’lmasligi kerak. Agar don tarkibida suv miqdori
17 foizdan ortiq bo’lsa, bunday donlar ho’l donlar deb yuritiladi va ular uzoq muddat saqlashga
yaroqsiz hisoblanadi.
Donlarning begona aralashmalari bilan ifloslanganligiga
qarab ularning tozaligi
to’g’risida xulosa qilinadi. Donlar tarkibida uchraydigan begona aralashmalar asosan 2 guruhga
bo’linadi. Birinchi guruhiga oziqaviy qiymatga ega bo’lmagan aralashmalar(qum, tosh
zarrachalari, zaharli urug’lar, o’simlik barglari, poyalari, buzilgan yaroqsiz donlar va boshqalar)
kiradi. Ikkinchi guruhga esa oziqaviy qiymatga ega bo’lgan boshqa aralashmalar kiradi.
Bug’doyda birinchi guruhga kiruvchi aralashmalar 5 foizdan, ikkinchi guruhga kiruvchi
aralashmalar esa 15 foizdan ko’p bo’lmasligi talab etiladi.
Donlarning sifatini baholashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlardan yana biri donning
naturasi hisoblanadi. Natura deganda 1 litr don massasining grammlarda ifodalangan miqdori
tushuniladi. Natura donning etilib pishganligidan dalolat beruvchi ko’rsatkichdir. Donning
naturasi qancha katta bo’lsa, bu donda endosperma hissasi shuncha ko’p bo’ladi. Donning
naturasiga uning ifloslanganlik darajasi, shakli, don sirtining holati va boshqalar ham katta ta’sir
ko’rsatadi. O’rtacha olganda bug’doy doni naturasi 750
grammni tashkil etsa, suliniki esa 450
grammni tashkil etadi.
Don uchun asosiy ko’rsatkichlardan yana biri ombor zararkunandalari bilan
zararlanganligidir. Ombor zararkunandalari bilan zararlanish natijasida donning sifati juda
pasayib ketadi va hatto ovqatga ishlatishga yaroqsiz holatga ham kelishi mumkin. Ombor
zararkunandalari – qo’ngiz, kapalak, kana, mita va boshqa zararkunandalar birinchidan, ma’lum
bir qism donni eb zarar keltirsa, ikkinchidan o’zlarining lichinkalari, hasharot o’liklari hisobiga
donning sifatini butunlay buzib katta ziyon keltiradi. Shu sababli bu zararkunandalarga qarshi
doimiy kurash choralarini qo’llash zarur bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlardan tashqari asosiy
donlarda aniqlanadigan
ko’rsatkichlarga don o’lchamlarining bir xilligi, donlarning katta-kichikligi, 1000 ta don massasi,
zichligi, shishasimonligi, oqsil miqdori, kleykovina miqdori va boshqa ko’rsatkichlar kiradi.
Don o’lchamlarining bir xilligi ularning sifatini baholashda qo’llaniladigan asosiy
ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Donlar o’lchamlari bo’yicha qanchalik darajada bir xil bo’lsa,
ulardan tayyorlanadigan yorma, un mahsulotlarining sifati shuncha yuqori bo’ladi va qayta
ishlash natijasida chiqadigan chiqimlar ham kam bo’ladi. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun don
ma’lum o’lchamlarga ega bo’lgan elaklarda elanadi.
1000 dona don massasi, qurug’ modda hisobiga grammlarda aniqlanadi va u donlarning
katta-kichikligini va to’la pishib etilganligini ko’rsatuvchi asosiy ko’rsatkichlardan biri
hisoblanadi. O’lchamlari katta va to’la etilgan donlar katta massaga ega bo’ladi. Bu ko’rsatkich
bir xil don ekinlarida ularning qaysi
hududda etishtirilishi, pishib etilganligi darajasi va boshqa
omillarga qarab o’zgaruvchan bo’ladi. Masalan, 1000 dona don massasi bug’doyda 15 g dan 88
116
g gachani, javdarda 13-60, sulida 15-45, arpada 20-55, guruchda 15-43, tariqda 3-8, grechixada
15-40 g ni tashkil etadi.
Zichlik (kg/m
3
) donning asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi va bu ko’satkich
donning strukturasi, to’liqlig’i, pishib etilganlik darajasi va boshqa ko’satkichlariga bog’liq
bo’ladi. Puch donda endosperma miqdori kam bo’lganligi uchun ham ularning zichligi nisbatan
kichik bo’ladi. Endospermasi shishasimon bo’lgan donlarning zichligi, unsimon endospermaga
ega bo’lgan donlarning zichligiga nisbatan birmuncha katta bo’ladi. To’liq
pishib etilgan
donlarning zichligi pishib etilmagan donlarning zichligiga nisbatan birmuncha yuqoridir.
Shishasimonlik
donlar
endospermasining
konsistenstiyasini
xarakterlovchi
ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bu ko’rsatkich bug’doy, arpa, makkajo’xori va guruch
donlarida aniqlanadi. Standart talabi bo’yicha bug’doy donlari shishasimonlik ko’rsatkichi
asosida kichik tiplarga bo’linadi. Shishasimonlik darajasi bo’yicha donlar shishasimon, qisman
shishasimon va unsimon deb guruhlarga ajratiladi. Donning shishasimonligi diafanoskop
asbobida donlarni kesib ularning kesimining tiniqligini ko’zdan kechirish asosida aniqlanadi.
Agar donlar kesimining yuzasi butunlay shishasimon yoki shishasimonligi kesimi yuzasining 1/4
qismidan kichik bo’lsa bunday donlar shishasimon donlar deb yuritiladi. Unsimon donlarda esa
kesimi, batamom unsimon yoki kesimining ¼ qismidan kami shishasimon bo’ladi.
Donlarda
oqsillar
miqdori
ularning
oziqaviy
qiymatini
aniqlovchi
asosiy
ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bug’doylarda oqsil miqdori ulardagi kleykovinaning miqdori
va sifatiga, shuningdek shishasimonligiga ko’p jihatidan bog’liq bo’ladi. Umuman olganda,
bug’doylarda oqsil miqdori bug’doylarning un ishlab chiqarishga
yaroqliligi va unning
nonboplik xususiyatlarini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlardan biridir.
Bug’doyda kleykovinaning miqdori va sifat ko’rsatkichlari ularning sifatiga ta’sir etuvchi
asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bug’doy doni kleykovinasi deb bug’doy uni xamirini
suv yordamida undagi kraxmal va kepagini yuvib yuborgandan keyin qoladigan elastik massaga
aytiladi. Bu erda kleykovinaning 2/3 qismini gidratistion suv tashkil etadi. Kleykovinadagi quruq
moddalarning 75-85 %i, suv hissasiga to’g’ri keladi. Kleykovinaning tarkibida yog’ (2,1-8,5%),
kraxmal (6,4-9,4%), qand (1,2-2,1%), kletchatka (2,0%), mineral moddalar (0,5-2,5%) va
fermentlar bo’ladi. Bu moddalarning hammasi bo’kish jarayonida oqsillar bilan adsorbstion
bog’liqlikda bo’ladi. Ho’l kleykovinani 105
0
S da doimiy massagacha quritilsa quruq kleykovina
hosil bo’ladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ho’l kleykovina miqdori bug’doyda 16-58% ni,
quruq kleykovina miqdori esa 5% dan 28% gachani tashkil etadi. Ho’l kleykovinaning sifati esa
uning rangi va deformastiya ko’rsatkichlari asosida aniqlanadi.
Yaxshi sifatli kleykovinaga boy bug’doylardan g’ovakligi, yaxshi, sifatli nonlar ishlab
chiqariladi. To’liq qiymatga ega bo’lmagan donlarda kleykovinaning sifati juda past bo’ladi.
Bug’doy va javdar donlari kul miqdori ko’rsatkichi un sanoatidi unning chiqishini
belgilovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Buning asosiy boisi mineral moddalarning donning
har xil anatomik qismlarida bir tekis tarqalmaganligidadir. Bu maqsadda foydalaniladigan asosiy
ko’rsatkichlardan yana biri donlar tarkibida kletchatka miqdori hisoblanadi.
Bugungi kunda
Respublikamizda etishtirilib, tayyorlanadigan va etkazib beriladigan
bug’doy doniga yangi – O’zDSt 880:2004 davlat standarti ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Bu
standart davlat tizimida tayyorlanib oziq-ovqat va texnik maqsadlarda foydalaniladigan bug’doy
donlari uchun qo’llaniladi. Mazkur standart talabi bo’yicha bug’doy doni namunasi 750 g/l ni
tashkil etishi kerak. Suv miqdori esa 14 % dan, begona aralashmalar miqdori 1 % dan, boshqa
donlar aralashmasi esa 3,0 % dan ortiq bo’lmasligi ko’rsatib qo’yilgan. Rossiya Federastiyasi va
Qozog’iston Respublikasi davlatlari standartlarida ko’rsatib qo’yilganidek donlarga ishlangan
bizdagi standartlarda ham donlarning ombor zararkunandalari bilan zararlanishiga yo’l
qo’yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: