kirituvchi va Mbdan ma`lum chiqarib beruvchi toifalarga ajratish mumkin.
Ma`lumotlar kiritishni quydagicha kechadi:
1) Birlamchi xujjatlardan (texnik passport, yo’l varaqasi va b.);
2) ATK xodimlaridan (ta`mir uchun buyurtma, ehtiyot qismlarni olish uchun
talabnoma va b.);
3) Ob`ektlarni avtomatik identifikatsiyalash vositalaridan (magnitli, shtrixli,
radiochastotali va. b.).
Agar birlamchi xujjat tashqaridagi korxonalarda vujudga kelsa (masalan,
avtomobilning texnik pasporti), ma`lumotlar komp`yuterga tayyor hujjatdan
kiritiladi. Agar xujjat ATKning o’zida vujudga kelsa (masalan, ta`mirlash
varaqasi), uni qo’l kuchi bilan shakllantirishga zarurat yo’q. Nosozlikning
xususiyati haqidagi ma`lumotlar komp`yuterga xodimning so’zi
bilan kiritilishi
mumkin(mas. Xaydovchi), xujjat esa (zarurat bo’lsa) avtomatik tarzda shakllanadi
va qog’ozga chiqariladi. Agar axborotning mutlaq haqqoniyligi talab etisa,
ma`lumotlarni xodim orqali emas, qandaydir avtomatik usul bilan komp`yuterga
kiritishning texnik iloji bor. Bunda ob`ektlarni avtomatik
identifikatsiyalash
vositalari ishga tushadi. Bunday paytda, hatto birlamchi hujjatga ham ehtiyoj
qolmadi, tizim avtomatik tarzda ma`lumotlar tayyorlanadi(mas. Yo’lga varaqasiz
chiqqan haydovchilar haqida ma`lumotlar). Tabiiyki, axborot tizimlarini yaratishda
ikkinchi yo’l uchunchi yo’lni tanlash kerak.
Axborotni Mbdan olish ikki usulda kechadi: l) korxona bo’linmalarining
faoliyati haqidagi hisobot (chiqariladigan) qog’ozlarni shakllantirish
va monitor
ekraniga yoki qog’ozga chiqarish; 2) ekspert tizimi yordamida boshqaruvchi
qarorlarni olish.
Hisobot (chiqariladigan) qog’ozlarni shakllantirish, bu eng yengil, an`anaviy
yo’l, biroq xodimlar yetarlicha bilim va tajribaga ega bo’lishi kerak.
Bu-ikkilamchi
xujjatlarni tahlil qilib, to’g’ri qarorlar qabul qilish uchun kerak. Ekspert
tizimlardan foydalanish-dasturlar yaratish masalasida eng murakkab yo’l, biroq
qabul qilinadigan qarorlarning ilmiy dalillanishi va optimalligi nuqtai nazaridan
eng samarali yo’l.
ATKda axborot tizimini yaratishda quydagilar tavsiya etiladi:
-ATK bo’linmalari o’rtasida axborot almashinuvi mahalliy komp`yuterlar
tarmog’i orqali;
-korxonaning barcha tuzilmasi va hujjatlar aylanmasini qayta ko’rib chiqish,
ya`ni birlamchi hujjatlarni
iloji boricha kamaytirib, EHMda shakllantirish,
ikkilamchi va oraliq tashuvchilarni bekor qilish;
-MMAlarni joriy ma`lumotlardan ajratib olib, magnit tashuvchilarda saqlash;
-korxonaning hamma bo’linmalarida
yagona MMAdan foydalanish; EHMga
birlamchi axborotni bir marta kiritib, xato ketish ehtimolligini nazorat etish;
- ATK bo’linmalari o’rtasida axborot almashinuvlarini kamaytirish maqsadida
masalalarni qayta taqsimlash;
-hamma axborot tizimchalari
real vaqt rejimida ishlashi;
-tizimini yaratishda ma`lum bosqichlarga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: