O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik qurilish isntituti “menejment” kafedrasi



Download 24,76 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2021
Hajmi24,76 Kb.
#70217
1   2   3
Bog'liq
Jamoa

S(ixt. int)

K qo’n --------------------- (6.15)

S o’r.ro’y
Bu yerda: Kqo’n. - qo’nimsizlik darajasi;

S(ixtint) - qo’nimsizlik sabablari bilan ishdan bo’shaganlar soni;

S o’r. ro’y. - ro’yxat bo’yicha o’rtacha ishchilar soni

Hisoblash osonligi tufayli bu usul keng qo’llaniladi. Agar tahlil davrida 150 ta malakali ishchidan 30 tasi ishdan bo’shagan (qo’nimsizlik darajasi 20%) va bu hol davom etayotgan bo’lsa, unda kelasi yil uchun xodimlarni 200 nafarlik ko’rsatkichga ko’paytirish va ushlab turish uchun 110 ta yangi ishchini ishga yollash zarur (50 ta qo’shimcha ishchi, 40 ta ishchi 200 nafardan 20% bo’shaydiganlarning o’rniga va plyus 20 ta 90 ta yangi qabul qilinganlar sonidan yo’qotishlar o’rniga). Bunday formulani qo’nimsizlikni tahlil qilish uchun qo’llash oson, lekin u anglashilmovchilikka olib kelishi mumkin, chunki qo’nimsizlik foizi asoslangan ishlovchilarning o’rtacha soni tahlil qilinayotgan yil davomida band bo’lganlar sonining sezilarli o’sishi yoki pasayishi tufayli qator yillar uchun ko’rsatkich bo’lolmaydi.

Sotsiologik tadqiqotlar asosida shu narsa aniqlanganki, ruxsat etiladigan qo’nimsizlik koeffitsienti 5-7%. Agar bu boradagi ko’rsatkich kundan kam bo’lsa, ushbu korxonada xodimning «qarishi» ko’p bo’lsa, unda mehnat unumdorligining pasayishi ro’y bermoqda.

Qator yillar uchun kadrlar qo’nimsizligini tahlil qilishda ish staji ko’p bo’lgan ishchilar korxonada qolishlarini bilish zarur.


Sish.staj,

Kbar.q-------------- (6.16)



Sish.1yil
Bu yerda: Kbar - barqarorlik koeffitsienti;

S ish staj. - ish staji 1 yildan ko’p bo’lgan ishchilar soni;

S ish 1 yil - 1 yil davomida ishga qabul qilinganlar soni.

Korxonalar qo’nimsizlik darajasini quyidagi tadbirlar yordamida kamaytirishi mumkin: mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash, malakasiz va bir xil ishlarni qisqartirish, mehnat sharoitlarini sog’lomlashtirish, ish joylarida mehnat mazmuni ishchilar malakasiga, shaxsiy qobiliyatlariga va qiziqishlariga mos kelmasligining oldini olish, kadrlarning kasbiy o’sish va rivojlangan malaka oshirish tizimini tashkil qilish, turarjoy va maishiy sharoitlarini yaxshilash, mehnatga haq to’lash va rag’batlantirishni takomillashtirish.

Qo’nimsizlik motivlarini tahlil qilish ham muhimdir. Alohida ishlovchilarning va kasbga oid guruhlarning ishdan bo’shash sabablarini quyidagicha birlashtirish mumkin:


  • ishlab chiqarish-iqtisodiy sharoitlardan qoniqmaslik (mehnat sharoitlari va tashkil qilish, ish tartibi, oylik maosh miqdori, malaka va ma’lumotni oshirish imkoniyatlarining yo’qligi);

  • turarjoy va maishiy sharoitlardan qoniqmaslik (uy-joy, tibbiy xizmat, maktabgacha bolalar muassasalari bilan ta’minlanganlik, transport);

  • shaxsiy xarakterdagi motivlar (nikohdan o’tish, farzand tug’ilishi, boshqa uyga ko’chib o’tish);

  • boshqa sabablar.

Xodimlarqo’nimsizligiko’rsatkichiishlovchilarningo’zholichaishgachiqmaslikhollarisonibianhambog’liq. Absenteizmnihisoblashningstandartformulasiquyidagicha:

yoki (6.17)

Buerda: - Dn - tahlilqilinayotgandavrdaishjoyidaishchilarningyo’qligitufayliyo’qotilganishkunlari;

D - ishkunlarisoni;

N - ishchilarningro’yxatbo’yichao’rtachasoni;

Pn - ishlatilmagan soatlarning umumiy soni;

P - grafik bo’yicha ish soatlarining umumiy soni.

Absenteizm quyidagilarni o’z ichiga olgan holda anchagina xarajatlarga olib keladi: ishchining ish joyida haqiqatda borligidan qat’i nazar majburiy bo’lgan bir qator to’lovlar; yo’q ishchi o’rnida ishlayotgan ishchining ish vaqtidan tashqari ishlagani uchun haq to’lovi; uskunalarning to’xtab qolishi, mehnat unumdorligining pasayishi tufayli yo’qotishlar va h.k.lar.
3. Umuman olganda, stress tez-tez uchrab turadigan hodisadir. Unchalik ahamiyatga ega bo’lmagan stresslar muqarrar va zararsiz bo’lib, haddan tashqari ortib ketgan stress esa shaxs uchun ham, korxona va tashkilotlar uchun ham qiyinchiliklar, qo’yilgan maqsadlarni qo’lga kiritishda muammolar keltirib chiqaradi. Stress deganda, biz insonning atrofdagi stimullarga yoki stressorlarga jismoniy, kimyoviy va psixologik reaktsiyalarimajmuini tushunamiz. Bunda atrof-muhitdagi kuchlar insonning fiziologik va psixologik funktsiyalarini muvozanatdan chiqaradi.

Stress holatini jismoniy, psixologik omillar majmui, ya’ni stressorlar keltirib chiqaradi. Masalan, jismoniy omillar: ish borayotgan xonadagi haddan tashqari yuqori yoki haddan tashqari past harorat, o’tkir hidlar, yetarli darajada yoritilmaganlik, haddan tashqari shovqinlar majudligi va hokazolar.



Stressli vaziyatlar keltirib chiqaradigan psixologik omillarga misollar quyidagilardir:

  • xodimga yetarlidarajada topshiriq berilmasligi uning o’z malakasini to’liq ravishda namoyon qilishiga imkon bermaydi. Bunday vaziyat yetarli darajada tez-tez qisqartirilgan ish rejimiga o’tkazilgan va buyurtmachilarning pullarni o’z vaqtida to’lamasligi tufayli ishlar hajmini majburan qisqartirgan tashkilotlarda uchrab turadi;

  • xodimning ishlab chiqarish jarayonidagi, jamoasidagi o’z vazifasi va o’rnini unchalik aniq tushunib yetmasligi. Bunday vaziyat, odatda, mutaxassisning aniq belgilab qo’yilgan huquqlari va vazifalari yo’qligi, topshiriqning noaniqligi, o’sish istiqbollarining yo’qligi tufayli kelib chiqadi;

  • o’zaro bir-biri bilan bog’lanmagan va bir xilda shoshilinch bo’lgan xilma-xil topshiriqlarni bir vaqtda bajarish zarurligi. Bu xildagi sabab tashkilotdagi o’rta bo’g’in rahbarlari uchun xos bo’lib, bunda bo’linmalar bilan boshqaruv darajalari o’rtasida funktsiyalarning cheklab qo’yilmaganligi ta’sir qiladi;

  • xodimlarning firmani boshqarishda, uning faollik yo’nalishlari keskin o’zgargan sharoitda tashkilot faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan qarorlar qabul qilishda ishtirok etmasligi. Bunday ahvol ko’plab yirik korxona va tashkilotlar uchun xosdir, ularda Jamoada samarali ishlash tizimi yo’lga qo’yilmagan va oddiy xodimlar qarorlar ishlab chiqish jarayonidan ajralib qolgan bo’ladi. G’arbdagi ko’pgina firmalarda personalni firma ishlariga jalb qilishning butun-butun dasturlari ishlab chiqilgan. Xodimlar strategik qarorlar qabul qilishda, avvalo, ularni ishlab chiqishda, ayniqsa, ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilashda zaruratga qarab qatnashadilar.

  • Stress – bu, insonning atrofdagi stimullariga yoki stresslariga jismoniy, kimyoviy va psixologik reaktsiyalari majmuidir.


Download 24,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish