17-MAVZU: TIBBIYOT GEOGRAFIYASI
Reja:
1.
Tibbiyot tizimi
–
tibbiyot geografiyasining tadqiqot ob’ekti sifatida.
2.
Tibbiyot geografiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni. Tadqiqot ob’ekti va
predmeti. Boshqa fanlar bilan aloqasi.
3.
Zamonaviy tibbiyot tizimining tuzilishi va rivojlanishi.
4.
Nozogeografiya.
5.
Aholining tibbiy xizmatga bo’lgan extiyojlari, uning turlari va qondirilishi darajasi.
Tayanch s
o’
z va iboralar
:
Tibbiyot geografiyasi, tabiiy va sotsial - iqtisodiy
omillarni tibbiy -geografik baholash, tibbiyot landshaftshunosligi; tibbiyot
mamlakatshunosligi; nozogeografiya (inson kasalliklari geografiyasi); tibbiyot
kartografiyasi. “tog’ kasalligi” “dengiz kasalligi” “o’rmon kasalligi” “cho’l
kasalligi”, Nozogeografiya. Nozoareallar
T
ibbiyot geografiyasi geografiya hamda tibbiyot fanlari oralig’ida vujudga
kelgan fandir. Uning rivojlanishi bilan iqtisodiy geografiyaning sotsiallashuvi
(ijtimoiylashuvi) jarayonlari yanada jadallashdi. Bularning natijasi o’laroq, tibbiyot
geografiyasi zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy (sotsial) geografiyaning sotsial
qanotidan o’rin olib, uni yanada rivojlantirdi.
Tibbiyot geografiyasi
- inson salomatligi va turli kasaliklarning vujudga
kelishiga ta’sir etuvchi omil va sharoitlar, ularning mamlakat hamda ray
onlarda
tarqalish qonuniyatlari va xususiyatlarini o’rganadi.
Ko’pchilik olimlar tibbiyot geografiyasini mustaqil fan tarmog’i sifatida
vujudga kelishi vaqtini XIX asrning o’rtalari deb hisoblaydilar. SHu davrdan
boshlab, to hozirga qadar tibbiyot geografi
yasining tadqiqot ob’ekti va predmeti
borasida olimlar tomonidan turli tuman fikrlar bildirildi va shunday qilib, mazkur
fanning predmeti muttasil takomillashib bordi.
Tibbiyot geografiyasining ob’ekti ko’p qirrali va murakkab bo’lishi bilan
birga, u o’z ichiga aholining salomatlik holati va uni o’zgarishlarini, kasalliklar
hamda sog’liqni saqlash sohasini qamrab oladi.
Tibbiyot geografiyasining ko’pchilikka tushunarli bo’lgan ta’rifini
A.A.Keller quyidagicha ifodalaydi: «Tibbiyot geografiyasi, geografik mu
hitning
kompleks tabiiy, ijtimoiy - iqtisodiy omillarini aholining salomatlik holatiga, inson
kasalliklarining vujudga kelishi va tarqalishiga ta’siri qonuniyatlarini o’rganadi».
Tibbiyot geografiyasining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqalari juda keng va
xilma xildir. U, avvalo iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning aholi geografiyasi
bilan chambarchas bog’langan, so’ngra demografiya, sotsiologiya, kartografiya,
mamlakatshunoslik,
etnografiya,
sotsial
statistika,
landshaftshunoslik,
iqlimshunoslik, ekologiya, biogeografiya, sotsial ekologiya, epidemiologiya,
parazitologiya, sotsial gigiena va sog’liqni saqlashni tashkil etish, kurortologiya,
zoogeografiya kabi fanlar bilan mustahkam aloqalarga ega.
Tibbiyot geografiyasining mustaqil fan sifatida tanilishi, gar
chi ko’pchilik
olimlar tomonidan XIX asrning o’rtalari deb hisoblansada, tibbiy
- geografik
tadqiqotlarga oid masalalar qadimgi SHarq va G’arb olimlarining (Ibn Sino,
Gippokrat) asarlarida yoritilgan. Ammo, hozirgi tushunishdagi tibbiyot
geografisiga oid b
o’lgan dastlabki yirik tadqiqot
-
«Obobshenie vseobshey
meditsinskoy prakticheskoy geografii» nemis olimi Finke tomonidan 1792 yilda
amalga oshirildi. Bunda, u tibbiyot geografiyasini joyning aholi salomatligi va
kasalliklariga ta’sirini o’rganuvchi fan de
b hisobladi.
Tibbiyot geografiyasining rivojlanishiga xorijiy olimlardan Finke, SHnurrer,
Buden, Rayt, Girsh, Fuks, Mey, Masako, Rattsel
ь
, Stemp, Bojyo-Garn
ь
e, Layt va
boshqalar o’z hissalarini qo’shdilar.
XX asr boshlariga qadar Rossiyada tibbiyot geografiyasining nazariy va
amaliy masalalari P.Z.Kondoidi, N.I.Toropov, N.I.Pirogov, I.M.Sechenov,
S.P.Botkin,
I.P.Pavlov,
E.X.Ikavitts,
N.I.Litunovskiy,
A.F.Zmeev,
P.I.Preobrajenskiy, D.V.Mertsalov, K.P.Andreev, P.A.Bursev, N.A.Korjavin,
K.S.Morkotun,
S.P.Lovsov,
G.I.Arxangelskiy,
P.A.Peskov,
I.A.Peskov,
N.I.Avgustovkiy, P.I.Shmakov, A.A.Bunge, Ye.V.Bek, V.L.Yakimov va
boshqalarning ishlarida yoritilgan.
Sobiq Ittifoqda tibbiyot geografiyasinint nazariy metodologik asoslari,
aholining salomatlik holati va nozogeografik tadqiqotlar, sog’liqni saqlashni
rivojlanishi, tibbiyot geografiyasi hamda tibbiy - geografik rayonlashtirish
masalalari D.K.Zabolotniy, A.A.Shoshin, A.P.Markovin, Ye.N.Pavlovskiy,
A.I.Vinogradov, A.V.Yakovlyev, A.A.Keller, A.V.Chaklin, Ye.I.Ignatyev,
B.B.Proxorov, V.P.Byakov, Ye.I.Veselov, B.V.Vershinskiy, V.Ya.Podolyan,
A.D.Lebedev,
A.G.Voronov,
A.P.Avtsin,
P.P.Reshetnikov,
Ye.L.Rayx,
A.P.Ayriyan,
A.A.Polovetskaya,
V.P.Pospelo,
S.I.Belov,
Ye.S.Feldman,
B.I.Xodjamberdiyev, T.E.Boldiryev, N.K.Sokolov, S.E.Shipelenya, O.P.Depin va
boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida ochib berilgan. Binobarin, B.B.Proxorov
tomonidan Baykal Amur magistrali qurilishi zonasi miqyosida ilk bor doktorlik
dissertatsiyasi darajasidagi tibbiy
—
geografik tadqiqot amalga oshirilgan.
O’zbekistonda esa aholining salomatligi, kasalliklar hamda sog’liqni saqlash
masalalari bevosita tibbiyot nuqtai nazaridan bajarilgan ishlar mavjud, Ammo,
ushbu masalalarni tibbiyot geografiyasi doirasida o’rganilgan maxsus tadqiqotlar
amalga oshirilmagan. Aholi o’limi bilan bog’liq demografik masalallar A.G’aniev
tomonidan ko’rib o’tilgan.
O’tgan asrning 90
-
yilldridan boshlab, O’z
bekiston va uning ayrim
regionlari bo’yicha tibbiyot muassasalarini hududiy tashkil etish masalalari
M.I.Nazarov (1996), nozogeografik vaziyat esa N.Komilovalar (1999) tomonidon
ilk bor o’rganilgan. Ta’kidlash joizki, O’zbekiston FA Geografiya bo’limi
tomonidan 90 -yillarda respublikaning tibbiy -geografik atlasiga oid ishlar olib
borilgan edi.
Tibbiyot geografiyasining predmeti turli davrlarda olimlar tomonidan
turlicha ifodalandi. Bunda, ko’pchilik tadqiqotchilar tabiiy
- geografik, ijtimoiy-
iqtisodly omillarga katta ahamiyat bergan holda, tibbiyot geografiyasini geografiya
fanlari qatoriga qo’shsa (E.I.Ignatyev, Ye.P.Pavlovskiy, B.B.Proxorov, Ye.L.Rayx)
boshqalari tibbiy omillarning ustuvorligini ta’kidlab, tibbiyot geografiyasini
tibbiyot fanining bir ta
rmog’i deb biladilar (D.K.Zabolotniy, A.I.Sisgin va b.).
Tibbiyot geografiyasining mohiyati va vazifalarini ilk bor o’rgangan
N.I.Toropov (1864): «Har qanday kasallikni yer yuzasi bo’yicha tarqalishi
masalalarini tibbiyot geografiyasi o’rganadi», deb ta’ki
dlagan. E.Ikavitts esa,
(1885) «Yer sharining turli mamlakatlari va xalqlari orasida hayot va o’lim,
salomatlik va kasalliklarning turli tuman hodisalari tibbiyot geografiyasining
predmetidir» degan xulosani bildiradi. Shuningdek, ba’zi bir olimlar, jumlad
an,
D.K.Zabolotniyga: «Tibbiyot geografiyasi tibbiyotning bir tarmog’i sifatida yer
yuzida turli kasalliklarning tarqalishini o’rganuvchi fan», deb tibbiy omillarni
ustun qo’ysa, Ye.I.Ignatyev «Tibbiyot geografiyasi geografik muhitning inson
tanasiga ta’sirini o’rganuvchi geografiyaning bir tarmog’idir» deb ta’kidlaydi.
Ye.P.Pavlovskiy (1955, s.89) ham geografiya fanining muxim tarmog’i bo’lgan
tibbiyot geografiyasi «Er yuzida. inson kasalliklarining tarqalishi sabablarini
o’rganadi» deb masalaninig geografik jihatlariga katta e’tibor beradi.
Tibbiyot geografiyasining hozirgi rivojlanish bosqichida olimlar tomonidan
uning nozogeografiya, salomatlik geografiyasi va sog’liqni saqlash geografiyasi
kabi bo’limlari ajratiladi. SHuningdek, V.P.Byakov va Ye.I.Vese
lovlar sobiq,
sovet tibbiyot geografiyasining quyidagi asosiy yo’nalishlarini ham ajratadilar:
tabiiy va sotsial - iqtisodiy omillarni tibbiy -geografik baholash;
tibbiyot landshaftshunosligi;
tibbiyot mamlakatshunosligi;
nozogeografiya (inson kasalliklari geografiyasi);
tibbiyot kartografiyasi.
Tibbiyot geografiyasining nazariy metodologik va amaliy masalalarini
o’rganishda sobiq Ittifoq olimlarining xizmatlarini ta’kidlash lozim. Jumdadan,
Ye.N.Pavlovskiyning kasalliklarni tabiiy o’choqlari va landshaft e
pidemiologiyasi
g’oyalari va ishlanmalari sobiq sovet tibbiyot geografiyasining fundamental
asoslaridan biridir. A.A.SHoshin va boshqa mualliflar tomonidan esa, tibbiy
geografiyasining nazariy - metodologik asoslari ishlab chiqildi (Osnovi
meditsinskoy geografii, M., L., 1962).
Zamonaviy tibbiy geografik tadqiqotlarga, avvalo mazkur fanga doir nazariy
- metodologik tadqiqotlarni tez rivojlanishi; tibbiy - geografik tadqiqotlarning
natijalarini amaliyotga qo’llanishini kuchaytirish; mintaqaviy tibbiy
-geografik
tadqiqotlarni avj olishi hamda tibbiyot kartografiyasini tez rivojlanayotganligi
xosdir.
Hozirgi tibbiy
geografik tadqiqotlarda rayonlashtirish masalalari tobora
ko’proq amalga oshirilmoqda.
Binobarin, uning ilmiy asoslari, tamoyillari
A.A.Keller tomonidan 1962 yildayoq ishlab chiqilgan edi. CHunonchi, tibbiy -
geografik rayonlashtirish bu kompleks tadqiqotlarning natijasi bo’lib, aholini
salomatlik holati, tabiiy va sotsial - iqtisodiy shart - sharoitlarni inson
salomatligiga ta’siri, inson kasallikla
rini vujudga kelishi va tarqalishi jarayonlarini
qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |