O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kaferdrasi



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/246
Sana22.06.2022
Hajmi2,66 Mb.
#690949
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   246
Bog'liq
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Sotsial geografiya

mustaqil fan bo’lib, ijtimoiy geografiya fanlari 
tarkibida yuqori ierarxik pog’onada joylashgani holda, ijtimoiy geografiyaning 
sinonimi hisoblanadi; sotsial (ijtimoiy) geografiya tarkibiga iqtisodiy geografiya 
xam kiradi. 
To’rtinchi yo’nalishga mansub fikrga ko’ra sotsial geografiyani barcha 
ijtimoiy munosabatlarni qamrab olgan fan sifatida tushunish mumkin. Bu yerda 
«sotsial» va «ijtimoiy» (obshestvennaya) tushunchalari. o’zaro mos va ular o’zaro 
sinonimlardir. Demak, bularga ko’ra sotsial geografiya (ijtimoiy geografiya) 
boshqa sotsial - geografik tarmoqlar (axoli geografiyasi, siyosiy geografiya, xarbiy 
geografiya, tarixiy geografiya va boshqalardan tashqari iqtisodiy geografiyani xam 
qamrab oladi. N.N.Baranskiy ham sotsial geografiyani shunday keng ma’noda 
tushungan va bunday tushunish mahalliy olimlarga (Soliyev A., Otamirzaev O va 
boshqalar) xam xos. 
Hozirgi vaqtda ko’pchilik mualliflar tomonidan «sotsial geografiya» terminini 
bir vaqtning o’zida tor va keng ma’noda tushunishning zarurati tug’ildi. 
U.Merestening fanlarni integratsiyalashuvi kontseptsiyasi bo’yicha, ijtimoiy 
geografiya (keng ma’nodagi sotsial) sotsial geografiyaning sinonimidir. Sotsial 
geografiya - 
barcha ijtimoiy ob’ektlar va ular o’rtasidagi sotsial va geografik 
munosabatlarni qamrab olgan sotsial geografik tizimlarni o’rganadi.
Falsafiy jihatdan tahlil qilinganda, agarda inson va uning turmush tarzi, 
mexnat qilishi, bilim va dam olishi, sog’lig’ini tiklashi, o’y
-hayollari, urf 

odatlari 
bilan bog’liq yoki bir so’z bilan aytganda keng ma’nodagi ijtimoiy voqea
-xodisalar 
makon va zamonda mavjud ekan, o’z navbatida ularni vujudga kelishi, shakllanishi 
va rivojlanishining xududiy qonuniyatlarini o
’rganish zaruriyatining tug’ilishi 
tabiiy va ushbu masala, fanlar mantiqiga ko’ra, avvalo geografiya fanining tadqiqot 
ob’ekti doirasiga kiradi, aniqrog’i u bilan sotsial geografiyaning shug’ullanishi 
maqsadga muvofiqdir (Nazarov M.,Tojiyeva Z. Ijtimoiy geografiya,2003). 


Sotsial yoki tor ma’nodagi ijtimoiy geografiyaning O’zbekistonda 
shakllanishi va rivojlanishiga maxalliy olimlar, xususan A.S.Soliyev, M.I.Nazarov, 
Z.Tojiyeva, N.Komilovalar o’z xissalarini qo’shdilar. Jumladan, A.S.Soliyev 
o’tgan asrning so’nggi o’n yilligida e’lon qilingan qator risola va o’quv 
qo’llanmalarida an’anaviy iqtisodiy geografiyaning rivojlanish yo’nalishlarini 
ochib bergan va shu o’rinda mazkur fanning sotsiallashuvi (ijtimoiylashuvi)ga 
alohida urg’u bergan. A.S.Soliyev fikricha, keng ma’nodagi ijtimoiy geografiya 
(iqtisodiy va sotsial geografiya) eng avvalo uch blok yoki tarkibiy qismdan iborat. 
Birinchi blokka u iqtisodiy geografiya, ya’ni ishlab chiqarish geografiyasini, 
ikkinchi blokka axoli bilan bog’liq sotsial—
iqtisodiy geografik fanlarni va, 
uchinchi blokka esa, tor ma’nodagi ijtimomiy geografiya yoki aniqrog’i sotsial 
geografiyani kiritadi. SHuningdek, A.S.Soliyev ayrim hollarda «sotsial» 
tushunchasi to’la «ijtimoiy» tushunchasiga mos kelmasligi ta’kidlab., birinchi 
atam
aning ham ba’zan ishlatilishini maqsadga muvofiq deb biladi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda sotsial geografiyaga bag’ishlangan qator 
ishlar amalga oshirildi. A.S.Soliyev rahbarligida M.Nazarov tomonidan axoliga 
tibbiy xizmat ko’rsatish muammolari bo’yicha yoqlangan dissertatsiya (1996) 
an’anaviy iqtisodiy geografiyadan sotsil geografiya tomon muhim bir qadam 
bo’ldi. Buning davomi sifatida keyinchalik fan, va ilmiy tadqiqotlar geografiyasi 
(Nazarova X., 1997), tibbiyot geografiyasi (Komilova N., 1999; 2012), 
jinoyatchilik geografiyasi (Qayumov A., 2006) bo’yicha dissertatsiyalari yoqlandi. 
Keyinroq tibbiyot geografiyasiga dahldor yana bir nechta dissertatsiyalar himoya 
qilindi. 
Shunday qilib, sotsial geografiya (keng ma’noda) 
- bu geografiya fanlari va 
ijtimoiy fanlar o’rtasidagi integratsiya jarayonlarida vujudga kelayotgan geografiya 
fanlari tizimidan iborat. Xozirgi davrda ushbu tizimda fanlarning uyg’unlashuvi 
(sintezi) ro’y bermoqda va isotsial jtimoiy geografiyaning umumiy nazariya
si tez 
shakllanmoqda. Demak, sotsial geografiya shakllanish bosqichini boshidan 
kechirmoqda va shuning uchun ham uning mustaqilligi va bir butunligi 
istiqbolidan dalolat beradi. 
Sotsial geografiyaning mustaqilligi birinchi navbatda, mazkur fan nazariyasini 
vujudga keltirilishi bilan va ikkinchidan, uning. atrofida integratsiyalashgan turli 
fanlarning shakllanishi bilan ta’minlanadi.
Sobiq Ittifoq davridan boshlab ijtimoiy geografiya uch asosiy yo’nalishlarda 
rivojlanmoqda. Birinchisi, bu ushbu fanning hozirga qadar shakllangan 
bo’limlarining (aholi geografiyasi, geodemografiya, aholiga xizmat ko’rsatish 
soxalari geografiyasi va ijtimoiy infrastruktura) rivojlanishini davom etishi. 
Ikkinchi yo’nalish yangi shakllanayotgan bo’limlarni o’z ichiga oladi
. Bularga tez 
rivojlanayotgan rekreatsiya geografiyasini, turmush tarzi geografiyasi, madaniyat 
gsografiyasi va boshqalar mansub. Uchinchisi, sekinlik bilan bo’lsada, ijtimoiy 
geografiyaning umumiy nazariyasini paydo bo’lishi bilan bog’liq (Nazarov 
M.,Tojiyeva Z. Ijtimoiy geografiya,2003). 
Sotsial geografiyaning muhim vazifalari quyidagilardan iborat: 
1) sotsial geografiyaning nazariy jihatlarini yanada kuchaytirish, uning 
yo’nalishlarni yanada tarkibigi kiruvchi y «tarmoq»larini rivojlantirish;


2) yirik, o’rta va mayda masshtabli sotsial 
- geografik tadqiqotlarni olib borish; 
3) sotsial geografiya borasida xorijiy mamlakatlarda olib boridayotgan 
tadqiqotlarni o’rganish va ular bilan ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish;
4) sotsial geografiyaning 
barcha yo’nalishlariga tegishli bo’lgan o’ziga xos
vazifasi, ya’ni ilmiy tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga tadbiqini kuchaytirish.
Sotsial geografiyaning muxim vazifalariga quyidagilar kiradi: 
1) ijtimoiy geografiya «tarmoq»larini rivojlantirish, ya’ni aholi geografiyasi 
va joylashuvi, xizmat ko’rsatish sohalari, iste’mol, rekreatsiya va boshqalar;
2) yirik masshtabli sotsial 

geografik tadqiqotlarni olib borish; 
3) ijtimoiy geografiyaning xorijiy mamlakatlarda rivojlanishini o’rganish;
4) ijtimo
iy geografiyaning barcha yo’nalishlariga tegishli bo’lgan
o’ziga xos vazifasi, ya’ni ilmiy tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga tadbiqini 
kuchaytirish. 
Hozirgi davrda sotsial geografiya shakllanish jarayonlarini boshidan 
kechirmoqda. SHu sababd
an, aynan shu davrga xos bo’lgan eng dolzarb 
muammolar jumlasiga quyidagilar kiritiladi: 
a)
ijtimoiy 

geografik rayonlashtirish (printsiplari, mezonlari, ko’rsatkichlar tizimi, 
tadqiqot usullari, iqtisodiy va boshqa turdagi rayonlashtirish turlari bilan nisbati); 
b)
aholining turmush tarzi va darajalaridagi, ijtimoiy tuzilmalar va ularning 
tadrijidagi, ijtimoiy sohalarni hududiy tashkil etishdagi rayonlararo tafovutlar); 
c)
umumlashtiruvchi va maxsus ijtimoiy 

geografik tipologiyalar (geodemografik 
vaziyat, shaharlar va aholi joylashuvi tizimlari, qishloq joylar va boshqalar); 
d)
tibbiy 

geografik tadqiqotlar va ularning dolzarbligini yetarlicha baholanmaslik 
va x.k. 
Mazkur muammolarning xar biri ijtimoiy geografiyani to’la shakllanishi va 
rivojlanishida muxim ahamiyattlar kasb etadi. 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish